Ko’prik joylashgan hudud haqida ma’lumot


Maydoni: 334,8 km.kv. Aholi soni



Download 120,33 Kb.
bet2/9
Sana22.05.2023
Hajmi120,33 Kb.
#942235
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ko’prik joylashgan hudud haqida ma’lumot

Maydoni: 334,8 km.kv.
Aholi soni: 2 million 509 ming 900 kishidan ortiq (01.01.2019-yil).
Ichki bo`linishi: 11 ta tuman
Koordinatasi: 41°18′ sh.k. 69°16′ shq.uz
Iqlimi: kontinental
Dengiz sathidan balandligi: 455 metr
Geografik joylashishi:
Toshkent 2200 yildan ortiq tarixga ega. Bu davr ichida u mudofaa devori bilan oʻralgan qalʼadan jahondagi yirik shaharlardan biri, Oʻzbekiston Respublikasining poytaxtigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi. Asrlar davomida shahar oʻzining tinch hayotidagi muhim voqealarni va suronli jangu jadallarni, yuksalish va inqiroz davrlarini boshidan kechirdi. Necha bor shahar vayron boʻlib, qayta qad koʻtardi. Toshkent oʻrnidan necha bor siljib, nomi xam bir necha marta oʻzgardi. Xoja Ahror Valiy, Shayx Umar Bogʻistoniy, Abu Bakr Shoshiy, Abu Sulaymon Banokatiy, Hofiz Koʻhakiy kabi butok allomalar shu hududda yashab, ijod etganlar
Toshkent haqidagi dastlabki aniqroq maʼlumotlar mil.av.II asr — mil. V asrlarga mansub Xitoy manbalarida uchraydi. Ularda Toshkent viloyati qadimda Loyuyeni, Yuni, soʻngra Chjeshe, Chjechji, Chjesi va Shi deb nomlangan. Bu atamalar (avvalgi ikkitasidan tashqari) „Choch" soʻzining xitoycha talaffuz etilishi natijasida hosil boʻlib, hatto oxirgi „Shi" toponimi xitoychada „tosh" maʼnosini anglatgan.
Mil.av. III asrda qadimgi Choch viloyatida tashkil topib, milodning 3-asrlarigacha hukm surgan „Qangʻ" („Qangʻa" yoki „Qangʻxa") davlati Xitoy yozma manbalarida „Kangkiya" („Kanizyuy") nomlari bilan tilga olinadi. Qadimgi toxarlar tilida „qangʻ" soʻzi ham „tosh" maʼnosini anglatgan. Bu davlatning poytaxti — Bityan shahri boʻlib, u Iosha-Xasart daryosi (Sirdaryo) boʻyida joylashgan. Bityan shahri Davan (Fargʻona vodiysi)dan 1510 li (528 km) masofada boʻlgan. Bityan shahrining bizgacha saqlanib qolgan xarobalari mahalliy aholi oʻrtasida „Qanqatepa" nomi bilan mashhur. U Toshkentdan 70 km janubda — Sirdaryoga yaqin yerda, Ohangaron daryosining qurib qolgan qadimgi oʻzani boʻyida joylashgan. Arxeologik maʼlumotlardan maʼlum boʻlishicha, Qanqatepa mil. av. III asrdayoq atrofi mudofaa devori bilan oʻralgan hamda arkli katta shahar boʻlib, maydoni 160 gektarga teng boʻlgan. Qadimgi Qangʻ davlatining fuqarolari ham „qangʻar", „qanzar", keyinchalik „qanhi", „qangʻli" yoki „qaʼni" deb nomlangan. Ular (qanqalar) hindlarning qadimgi kitobi „Mahabharata"da saklar va toxarlar nomlari qatorida tilga olingan. Yozma manbalarda keltirilishicha, Toshkentning qadimgi nomi „Choch" boʻlgan. Toshkent arablar tasarrufiga oʻtgach, arab alifbosida „ch" harfining yoʻqligi bois arabiy asarlarda „Shosh" deb yuritilgan. Ilk oʻrta asrlarda u „Choch", „Shosh", „Shoshkent", „Madinat ash Shosh", „Binkat" va „Tarkan" deb nomlangan. Toshkent haqidagi dastlabki maʼlumotlar mahalliy olimlar (Xorazmiy) va tarixchi geograflardan Tabariy, Istahriy asarlarida uchraydi. Istahriyning „Kitob al masolik val mamolik" („Yoʻllar va mamlakatlar toʻgʻrisidagi kitob")ida Shoshning bosh shahri Binkat deb koʻrsatiladi. 10-asrda yozilgan (muallifi nomaʼlum) „Hudud ul Olam" („Olamning chegaralari") kitobida „Choch bu katta viloyat, xalqi jangovar va sahiydir. U yerda kamon va oʻqyoy yasaladi. Binkat Chochning poytaxti hisoblanadi. Bu katta shahar, ayni vaqtda podshoning qarorgohidir", deb taʼriflanadi. Firdavsiyning „Shohnoma" asarida Choch oʻzining kamoni Shoshiy (oʻqyoylari) bilan mashhurligi haqida misralar bor. Shahar „Toshkent" nomi bilan dastavval XI asrning mashhur allomalari — Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Qoshgʻariyning asarlarida tilga olinadi. Beruniy „Hindiston" asarida Toshkent nomining kelib chiqishi toʻgʻrisida soʻz yuritib, „Tosh" soʻzi asli turkcha boʻlib, Shosh koʻrinishini olgan. „Toshkand — toshli qishloq demakdir", deb izohlaydi. Mahmud Qoshgʻariyning maʼlumoti boʻyicha, Toshkent XI-XII asrlarda „Tarkan" deb ham yuritilgan. Zahiriddin Muhammad Bobur„Boburnoma"da Toshkent nomi ustida toʻxtalib, asarlarda Toshkent nomini Shosh, baʼzan Choch yozadilar" deb qayd etadi. Biroq XVI asr oxiri va XVII asr boshlarida Toshkent toponimi shuhrat topib, uning qadimgi Choch, Shosh va Binkat nomlari asta-sekin muomaladan tushib qoldi. XVII asrda yashagan tarixchi olim Mahmud ibn Vali shunday yozadi: „Shosh — Sayxun (Sirdaryo)ning u tomoniga joylashgan shahar va Turkiston (viloyat)ga qaraydi… Uni Choch ataydilar. Biroq hozirgi vaqtda u Toshkent nomi bilan mashhurdir". Toshkent vohasida shahar madaniyatining shaqllanib, shaharning qad koʻtarishi shu oʻlkada yashagan qadimgi chorvador va dehqonlarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotidagi ulkan tarixiy jarayon boʻlib, bu jarayon shubhasiz oʻlkaning oʻzlashtirilib, obod etilishi, ayniqsa, undachorvachilik va dehqonchilik xoʻjaliklarining tashkil topishi hamda hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning rivojlanish tarixi bilan uzviy bogʻliqdir. Bu jarayonning tarixiy manzarasi nihoyatda keng boʻlib, u yozma manbalarga nisbatan koʻproq arxeologik tadqiqotlar vositasi bilan tiklanmoqda. Shuning uchun ham Toshkent hududida olib borilgan arxeologik tadqiqotlarning natijalari qadimgi va oʻrta asrlarga oid manbalardagi maʼlumotlarni toʻldirib, ularga aniqlik kiritmoqda


IQLIMI
Toshkent iqlimi kontinental, yillik oʻrtacha harorati 13,3°, yanvarning oʻrtacha harorati —1,1°, eng past harorat —29°. Iyulning oʻrtacha trasi 27,5°, eng yuqori harorat 42°. Yiliga 360–390 mm yogʻin yogʻadi. Chirchiq daryosidan chiqarilgan va butun shahar boʻylab oʻtadigan Boʻzsuv, Salor, Anhor, Qorasuv, Oqqoʻrgʻon, Boʻrijar, Oqtepa, Qoraqamish va boshqa kanallar uning mikroiqlimiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Viloyat yerusti tuzilishi jihatidan, markaz tomon hamda sharqdan g‘arbga pasayib boradi. Atrofini o‘rab olgan adirlarning balandligi 600-1200 m bo‘lsa, Farg‘ona shahrida 578 m ga, Andijonda 496 m ga, Namanganda 449 m ga tushib qoladi. Viloyatning sharqida mutlaq balandlik (Uchqo‘rg‘onda) 500 m bo‘lsa, g‘arbidagi Qo‘qon shahrida 405 m ga, Xo‘jandda 320 m ga tushib qoladi.
Toshkent vohasi Tyan-Shanning g‘arbiy yonbag‘irlaridan boshlanib Sirdaryo etaklariga tushadigan keng tog‘oldi tekisligining bir qismida joylashgan. Sharqda u uchta — Ugom, Piskom va Chatqol tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan bo‘lib, bu tizmalarni shu nomlar bilan ataluvchi daryolar oqib o‘tuvchi daralar ajratib turadi. Bu daryolar qo‘shilibChirchiq daryosini hosil kiladi. Chirchiq daryosi Chorvoq havzasining tor darasidan o‘tib, G‘azalkentdan quyiroqqa tushganda kengligi baʼzi joylarda 20 kmdan oshadigan qadimiy tekislik bo‘ylab oqadi. G‘arbda Chirchiq vodiysiga Qizilqumning qaynoq nafasi uriladi. Bu qayirning bir qismini Chirchiq daryosining hozirgi o‘zani egallagan. Janubiy qismida esa vodiyga kirib boruvchi Ohangaron daryosi yastangan. Ushbu tekislik shimolida joylashgan Aris daryosining vodiysi bilan birga bu tabiiy suv tarmoqlari O‘rta Osiyo dehqonchilik vohalarining chekka mintaqasini tashkil etadi. Undan shimol tomonga qarab esa, yaylovlarga boy bo‘lgan poyonsiz cho‘l yastanib yotadi.

Download 120,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish