1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA–MATEMATIKA FAKULTETI
FIZIKA KAFEDRASI
181-GURUH TALABASI AMINOVA MEHRINISONING
ATOM YADROSI VA ELEMENTAR ZARRALAR FIZIKASI
FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU: “Yadrо kuchlarning mezon nazariyasi ”
Topshirdi Aminova .M
Ilmiy Rahbar Matyoqubov.H
Urganch- 2021
2
MUNDARIJA
I.KIRISH
…………………………………………………………………… 3
II.ASOSIY QISM
…………………………………………………………..4
2.1. Yadro kuchlarning umumiy tavsifi va xossalari………………………. 4
2.2 Yadro kuchlarning o’rganish metodlari… …………………………… 6
2.3. Yadroviy kuchlarning xususiyatlari…………………………………… 12
2.4. Yadroviy kuchlar mezon nazariyasi…………………………………… 13
2.5 Yadroviy kuchlarning izotopik invariantligi…………………………… 19
III. XULOSA
…………………………………………………................. 23
VI. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
…..………………….......... 24
3
I.
Kirish
Yadro fizikasi fizikaning atom yadrosi tuzilishini va ularning xossalarini,
radioaktiv yemirilish va yadro reaksiyasi mexanizmini oʻrganuvchi boʻlimi
hisoblanadi. "Yadro fizikasi " atamasiga umumiy maʼno berib, Yadro fizikasiga
koʻpincha elementar zarralar fizikasi ham kiritiladi. Baʼzan texnikaning mustaqil
tarmoqlariga aylangan tadqiqot yoʻnalishlarimas, tezlatish texnikasi, yadro
energetikasi ham Yadro fizikasi boʻlimlari hisoblanadi. Umuman Yadro fizikasi
atom yadrosi mavjudligi aniqlanishidan avval paydo boʻlgan. Yadro fizikasining
paydo boʻlishi radioaktivlik kashf qilingan vaqtdan hisoblanadi.
Zamonaviy Yadro fizikasi tor soha va yoʻnalishlarga aniq boʻlinmagan. Odatda past,
oraliq va yuqori energiyalar Yadro fizikasi farqlanadi. Past energiyalar Yadro
fizikasiga yadro tuzilishi masalalari, yadrolarning radioaktiv yemirilishini oʻrganish,
shuningdek, energiyasi 200 MeV gacha boʻlgan zarralar keltirib chiqaradigan yadro
reaksiyalarini oʻrganish kiradi. Energiyasi 200 MeV dan 1 GeV gacha boʻlgan
energiyalar oraliq energiyalar deb, 1 GeV dan katta energiyalar yuqori energiyalar
deb ataladi. Bunday boʻlinish shartli boʻlib, tezlatish texnikasining rivojlanishi tarixi
bilan bogʻliq. Hozirgi zamon Yadro fizikasida yadro strukturasi yuqori energiyali
zarralar yordamida tekshiriladi. Elementar zarralarning fundamental xossalari esa
yadrolarning radioaktiv yemirilishini tadqiq qilish natijasida aniqlanadi.
Past energiyalar Yadro fizikasining tarkibiy qismi sekin neytronlarning modda bilan
oʻzaro taʼsirini va neytronlar taʼsirida boradigan yadro reaksiyalarini tadqiq qiluvchi
neytron fizikasidan iborat. Yadro fizikasining yangi sohasi koʻp zaryadli ionlar
taʼsirida sodir boʻladigan yadro reaksiyalarini oʻrganishdir. Yadrolarning elektronlar
va fotonlar bilan oʻzaro taʼsirini oʻrganish Yadro fizikasining alohida yoʻnalishini
tashkil qiladi. Yadro fizikasining eksperimental vositalari majmui turlituman va
murakkabdir. Uning asosini zaryadlangan zarralar tezlatkichlari, yadro reaktorlari,
yadro nurlanish detektorlari tashkil etadi. Yadro fizikasining amaliy ahamiyati ham
juda katta: yadro qurolini yaratish va yadro energetikasida, tibbiyotda (diagnostika
va davolashda) keng qoʻllanadi. Oʻzbekiston Atom Yadro fizikasi institutit Yadro
4
fizikasiga doir ilmiy tekshirish ishlari olib boriladi. Oʻzbekistonda Yadro fizikasini
taraqqiy ettirishda; U.O. Orifov, S.A.Azimov, R..Bekjonov, S.Yoʻldoshev,
M.S.Yunoʻsov, P.Q. Habibullayev va boshqalar olimlarning hissasi kata.
Do'stlaringiz bilan baham: |