Ko’paytirish jadvalini rasmlar, o’yinlar, hatto barmoqlar yordamida tez va quvnoqlikda yod olamiz


Sonlar kvadratlari 0 1 4 9 16 25 36 49... Farqlari 1, 3, 5, 7, 9, 11, 13



Download 152,79 Kb.
bet2/3
Sana26.02.2022
Hajmi152,79 Kb.
#468154
1   2   3
Bog'liq
kopaytirish jadvali 1

Sonlar kvadratlari 0 1 4 9 16 25 36 49...
Farqlari 1, 3, 5, 7, 9, 11, 13

Demak sonlar kvadratlari va toq sonlar orasida ajoyib bog’lanish borligini aniqladik.
Ko’paytirish jadvali 5 va 10 ga ko’paytirish
Birinchi va eng oson ko’paytirish 10 ga ko’paytirishdir: 10, 20, 30, 40...
Bundan tashqari bolalar 5 ga ko’paytirishni ham oson o’zlashtiradilar, chunki ularning qo’l va oyoq barmoqlarining 5 tadan ekanligi va ulardan foydalanish ularga katta yordam beradi.
Bundan tashqar 5 ga ko’paytirish natijalari hamisha 5 yoki 0 bilan tugaydi. (Shunga asosan masalan: 3 451 254 947 815 soni 5 ga ko’paytirish jadvalida borligini aniq ayta olamiz.)

Ko’paytirish jadvali 2, 4 va 8 ga ko’paytirish


Bolalar sonlarni oson ikkilantira oladilar.Balki bu har ikkala qo’limizda behtadan barmoqlarimiz borligi uchundir. Ammo bolalar har doim ham ikkilantirishni ikkiga ko’paytirish bilan bog’lay olishavermaydi. Bola 6 ni ikkilantirsak 12 bo’lishini bilishi mumkin, lekin undan 6 karra 2 ni so’rasangiz u odatda quyidagicha hisoblaydi: 2, 4, 6, 8, 10, 12. U holda bolaga 2 karra 6 – bu 6 karra 2 ekanligini va 6 ni ikkilantirish lozimligini uqtiramiz.
Shunday qilib agar bola ikkilantirishni oson bajara olsa, demak u ikkiga ko’paytirishni bajarishda qiynalmaydi. Ammo undan foydalanib 4 ga ko’paytirishni ham oson bajarish mumkinligini bilmaydi. Buning uchun sonni ikkilantirish va yana bir marta ikkilantirish kifoya.

Bu usulni 8 ga ko’paytirishda ham qo’llash mumkin. 8 karra 3 ni topish uchun 3 ni ikkilantirish (6), yana bir marta ikkilantirish (12) va yana bir marta ikkilantirish (24) kerak bo’ladi.

Ikki karra” o’yini.
Kubik tashlab o’ynaladigan har qanday o’yinni tushgan sonni ikkilantirish o’yiniga aylantirish mumkin. Bir tomondan kubikda tushgan songa qaraganda ikki marta ko’p ballga ega bo’lish bolalarga yoqadi, ikkinchi tomondan ular asta sekin ikkiga ko’paytirish jadvalini yodlab boradilar.

Ko’paytirish jadvali 9 ga ko’paytirish: kompensatsiya usuli.


To’qqizga ko’paytirishni osonlashtirishning bir usuli, avval o’nga ko’paytirib keyin ortiqchasini olib tashlash hisoblanadi.
7 karra 9 qancha bo’ladi? 7 karra 10 — bu 70, 7 ni ayirib tashlaymiz, 63 qoladi.
7 × 9 = (7 × 10) — 7 = 63
Buni massiv yordamida chizib ko’rsatsangiz bu usulni bolaning o’zlashtirishi yanada osonlashadi.
Agar siz 9 ga ko’paytirishni “9 karra 10” gacha yodlagan bo’lsangiz, 9 karra 25 sizga qiyin tuyiladi. Ammo 10 karra 25 bu 250 bo’ladi, 25 ni ayirib tashlaymiz 225 qoladi. 9 × 25 = 225.

Download 152,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish