Ko’payish xillari Ko’payish



Download 19,75 Kb.
bet2/2
Sana28.04.2022
Hajmi19,75 Kb.
#588904
1   2
Bog'liq
Ko’payish xillari

Seleksiya (lot. selectio — tanlash, saralash) — yuqori mahsuldor o’simliklar navlari va duragaylarini, hayvonlar zotlarini va mikroorganizmlar shtammlarini yaratish nazariyasi va amaliyoti. S.ning ilmiynazariy bazasi genetika hisoblanadi. O’simliklar S.si botanika, sitologiya, embriologiya, gistologiya, fiziologiya, fitopatologiya, entomologiya, ekologiya, biokimyo, o’simlikshunoslik va q. x. mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi bilan chambarchas bog’liq. Ibtidoiy S. ko’rinishlari (beixtiyor tanlash) dehqonchilik paydo bo’lgan davrlardan boshlangan. Bunday S. astasekin muayyan maqsadli yo’nalishlarda olib borilgan.
Xalq seleksiyasi O’rta Osiyoda ham rivojlanib, g’o’za, zig’ir, don, beda, sabzavotpoliz ekinlari, tok va mevali daraxtlarning qimmatli navlari yaratilgan. 3—4-asrlarda afrikaosiyo g’o’zasining qattiq quruq iqlimga moslashgan ertapishar shakllari chiqarilgan. Yumshoq bug’doyning Qizil bug’doy, Tuyatish navlari hosildorligi, qurg’oqchilik va kasalliklarga chidamliligi hamda donining sifati bilan mashqurdir. Tok (Soyaki, Sohibi, Parkent va boshqa navlari), o’rik (Ko’rsodiq, Obinovvot), arpa (Toshkallak), sholi (Arpa sholi, Xo’jaahmad, Qozoqi), jo’xori (Xo’raki, Kattabosh), qovun (Jo’jaburun), tarvuz (Qo’zivoy), sabzi (Mirzoi, Mushak), piyoz (Oq piyoz) va boshqalarning sifatli mahsulot beradigan, mevasi uzoq saqlanadigan ko’pchilik navlari hozir ham ekiladi. Beda seleksiyasi sohasida, ayniqsa, katta yutuqlarga erishilgan. Xorazm va Samarqand bedalari butun dunyoga mashhur bo’lib, hozir ham juda qimmatli navlar hisoblanadi. Chorvachilikda uzoq tanlash yo’li bilan qorako’l, hisori qo’y zotlari, qorabayir, laqay ot zotlari va boshqa yaratildi. Keyinchalik ko’pgina muhim xo’jalik xususiyatlarga ega bo’lgan bu navlar va zotlardan S. ishlarida qimmatli boshlang’ich material sifatida foydalanildi.
CH. Darvin o’zining "Turlarning kelib chiqishi" (1859) asari bilan S.ning ilmiy asosini yaratdi (qarang Evolyusion ta’limot), hayvonlar va o’simliklar dunyosida yangi shakllarning paydo bo’lishida tanlaitit ahamiyatini ko’rsatib berdi.
S.ning keyingi rivojlanish bosqichlarida irsiyat qonunlarining kashf etilishi katta ahamiyatga ega bo’ldi. Shuningdek, S.ning rivojlanishida I.V. Michurinnit ishlari ham muhim rol o’ynadi. Irsiy o’zgaruvchanlikning gomologik katorlar qonuni hamda madaniy o’simliklarning kelib chiqish markazlari to’g’risidagi ta’limot muallifi N. I. Vavilov S.ning rivojiga katta hissa qo’shdi.
Yevropa va Amerikada S. 19-asrda rivojlana boshladi. Fransiyada L. Vilmoren ko’p marta tanlash yo’li bilan qand lavlagining tanlab olingan shakllari qandliligini 3 hissa oshirishga erishdi. Shved seleksioneri G. NilsonEle o’zidan changlanuvchi o’simliklarda yakka tanlash usulini qo’llab, sulining qimmatli navini yaratdi. AQShdaL. Byorbank duragaylashni qat’iy tanlash bilan qo’shgan holda mevali o’simliklar va boshqa ekinlarning eng yaxshi navlarini yaratdi. Rossiyada S. ishlari 19-asr oxiridan rivojlana boshladi.
O’zbekistonda ilmiy S.ning boshlanishi 20-asr boshlariga to’g’ri keladi. Rossiya imperiyasi sanoatining paxta xom ashyosiga bo’lgan katta ehtiyojlari ta’sirida dastlab g’o’za S.si bilan shug’ullanadigan muassasalar tashkil etildi. 1898-yilda ish boshlagan Turkiston qishloq xo’jaligi tajriba st-yasida (hozirgi Shreder nomidagi Bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik i.t. instituti) R. R. Shreder qishloq xo’jaligi sohasida ko’p qirrali ilmiy faoliyat bilan birga g’o’za, g’alla, sholi S. ishlariga asos soldi. 1899-yilda Andijon tajriba dalasi. 1900-yilda Mirzacho’l tajriba dalasi, 1913-yilda Namangan sh. yaqinidagi Paxtaliko’lda g’o’za bo’yicha maxsus Farg’ona seleksiya st-yasi tashkil etildi. M.M. Bushuyev, G. S. Zaysev, Ye. L. Navrotskiy kabi olimlar g’o’za, g’alla ekinlari, qoramolchilik bo’yicha S. ishlarini faol olib borishdi va g’o’zaning yangi mahalliy 169 (Dehqon), 182 (Oq jo’ra), Amerikadan keltirilgan Rusel navidan "Navrotskiy", Triumf navidan "Navrotskiy zafari" navlari, Bushuyev koramol zoti yaratildi.
20-asrning 20y.laridan boshlab O’zbekistonda o’simlikshunoslik, chorvachilik, yilqichilik, qorako’lchilik, pillachilik va boshqa yo’nalishlarida tajriba va S. st-yalari, i.t. muassasalari tashkil etila boshladi. 1922-yilda Turkiston seleksiya st-yasi (1965-yildan Butunittifoq g’o’za seleksiya va urug’chiligi i.t. instituti), 1924-yilda Butunittifoq o’simlikshunoslik institutining O’rta Osiyo tajriba st-yasi, 1925-yilda Milyutin (hozirgi G’allaorol g’alla ekinlari) tajriba st-yasi, 1927-yilda O’rta Osiyo ipakchilik instituti, 1929-yilda Butunittifoq paxtachilik instituti (SoyuzNIXI), 1932-yilda O’zbekiston sholichilik tajriba st-yasi, 1934-yilda O’zbekiston sabzavot va kartoshka ekinlari tajriba st-yasi, 1935-yilda Butunittifoq qorako’lchilik instituti, 1940-yilda O’zbekiston chorvachilik instituti va ularning respublikaning turli zonalarida joylashgan keng tarmokli styalari ish boshladi.
Chorvachilikda S. mollarning mahsuldorlik va mahsulotlari sifati, kasalliklarga bardoshi, sharoitlarga moslashishi, yem-xashakdan samarali foydalanishi bo’yicha olib boriladi. Yalpi, yakka, yakkaqarindoshlik, guruhliqarindoshlik belgilari majmui bo’yicha tanlash S.ning asosi hisoblanadi (qarang Duragaylash, Naslchilik, Saralash).
O’simliklar S.da navning asosiy yaroqlilik belgisi uning hosildorligi va hosili tarkibida ko’zlangan zarur moddalar (mas, bug’doyda oqsil, kartoshkada kraxmal)ning ko’pligi hisoblanadi. Shuningdek, tanlashda o’simliklarning noqulay omillarga (qurg’oqchilik, sovuqqa chidamlilik, kasalliklar va zararkunandalarga) bardoshlik, mexanizatsiya bilan ishlov berishga qulaylik, agrotexnologiyaga moyilligi ham muhim belgilar hisoblanadi.
O’simliklar S.si boshlang’ich material yaratish yoki tanlashdan boshlanadi. Ular tabiiy va duragay populyasiyalar, ilgari yaratilgan navlar, o’zidan changlangan liniyalar, poliploidlar, mutantlar bo’lishi mumkin. Boshlang’ich materialdan tanlab olingan o’simliklar avlodi dastlabki baholash, ba’zan qayta tanlash uchun seleksion ko’chatzorlarga ekiladi. Ularning eng yaxshilari nav sinash uchun (dastlabki, stansion, konkurs) tanlab olinadi. So’ngra ular yakuniy baholash va r-nlashtirish uchun Davlat sinoviga o’tkaziladi (qarang Davlat nav sinash tarmog’i, Nav). Makkajo’xori S.da geterozisi yuqori bo’lgan liniyalararo va nav liniyalari duragaylari yaratiladi. Qand lavlagining yuqori geterozisli shakllarini yaratish uchun diploidlar tetraploidlar bilan chatishtiriladi. Sorgo, pomidor, garmdori, piyoz, poliz va boshqa ekinlar. S.sida ham geterozis duragaylari chiqariladi.
G’o’za S.si yalpi tanlash, yakka tanlash usullari bilan serhosil va tezpishar navlar yaratish yo’nalishida olib boriladi. Bunda navlarning sifat belgilariga (kasallik va zararkunandalarga, qurg’oqchilikka, sho’rga chidamliligi, tola chiqishi, mashinada terishga qulayligi va boshqalar) e’tibor beriladi. Boshlang’ich material sifatida chet el S. navlaridan, tur ichida va turlararo madaniy, yovvoyi, yarim yovvoyi nusxalarni va turlarni chatishtirish yo’li bilan olingan populyasiyalardan, radioaktiv nurlanishlar va kimyoviy mutagenlar ta’sirida chiqarilgan populyasiyalardan foydalaniladi. Bir qancha mamlakatlarda geterozis samaradorligidan yoki turlararo va tur ichidagi duragaylar birinchi bo’g’inining yuqori biologikxo’jalik mahsuldorligidan foydalaniladi. G’o’za S.sida oddiy yoki juft, pog’onali, duragaylar ichida, duragaylararo, takroriy (bekkross), murakkab chatishtirish usullari qo’llaniladi.
20-asrda O’zbekiston olimlari S.ning nazariy va amaliy masalalarini ishlab chiqishga munosib hissa qo’shdilar. G’o’za S. sida S. S. Kanash, A. I. Avtonomov, L. V. Rumshevich, A. Dadaboyev, S. S. Sodiqov, S. M. Mirahmedov, O. Jalilovvab., mevalar va tok S.sida M. Mirzayev, M. S. Juravel, A. M. Negrul, subtropik ekinlar (limon) S.sida 3. Faxriddinov, sabzavot, poliz ekinlari kartoshka S.sida D. Abdukarimov, A. Obidov, K. Yusupov, Ye. V. Yermolova, A. S. Hakimov va boshqa, krramolchilik S.sida U. Nosirov, parranda (tovuq) S.sida S. G’. Azimov, qo’ychilik S.sida I.N.Dyachkov, ipak qurtining yangi zotlari va duragaylarini yaratishda B.L.Astaurov, V.A. Strunnikov, U. Nasrillayev va boshqalarning xizmatlari katta.
O’zbekistonda S. ishlari O’zbekiston FA Genetika va o’simliklar eksperimental biologiyasi instituti, O’zbekiston Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi huzuridagi ilmiyishlab chiqarish Markazining paxtachilik; g’o’za seleksiyasi va urug’chiligi; o’rmon xo’jaligi; sholichilik; o’simlikshunoslik; bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik; sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik; sug’oriladigan yerlarda don va dukkakli ekinlar; chorvachilik; krrako’lchilik; ipakchilik i.t. intlarida; lub ekinlari tajriba st-yasida; K,oraqalpog’iston dehqonchilik i.t. institutida; Toshkent agrar universiteti, Andijon, Samarqand qishloq xo’jaligi intlari S. kafedralarida olib boriladi. O’zbekistonda S. amaliyoti, uni tashkil etish va S. yutuqlari (o’simliklar navi, hayvonlar zoti)ga doir huquqiy munosabatlarO’zbekiston Respublikasining "Seleksiya yutuqlari to’g’risida" qonuni (1996-yil 30 avg .) bilan tartibga solinadi.
Chet el mamlakatlarida S. ishlarini davlat seleksiyatajriba muassasalari va xususiy urug’chilik firmalari amalga oshiradi. Meksikada yaratilgan kalta poyali bahori bug’doy navi (Sonora 63, Lerma Roxo va boshqalar) boshqa mamlakatlarda bahori bug’doy S.sida foydalaniladi. Bunday navlarni yaratish burdoy hosildorligini ancha oshirish imkoniyatini berdi. Makkajo’xorining (AQSH) yuqori hosilli duragaylari, qand lavlagining liniyalararo duragaylari (AQSH, Shvetsiya), kalta poyali javdarbug’doy amfidiploidlari (Kanada), serkraxmal kartoshka navlari (Gollandiya, GFR, Polsha), uy parrandalari inbred liniyalari (AQSH) muhim o’rinda turadi.
Download 19,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish