Aim.uz
Ko`p tomlik «O`zbekiston xalqlari tarixi»ning nashrlari
Ko`p tomlik O`zbekiston xalqlari tarixi asarining yaratilishi uchun zaruriyat sezila boshladi. Sababi, sho`rolar tizimining butun siyosiy tarixini bilish, mana shu oqibatlarni ochib berar edi. Bu davrda ilmiy – tadqiqot ishlarini muvoffiqlashtirishni SSSR fanlar akademiyasining 1990 yilda tashkil etilgan O`zbekiston filiali (O`z FAN) amalga oshirdi. 1943 yil noyabrda O`z FAN bazasida respublika Fanlar akademiyasi tashkil topdi. 1944 yilda O`zFA tarkibida 818 nafar ilmiy va ilmiy texnik xodimlar bor edi. Oliy ta`lim tizimida ham olimlarning, xususan tarixchilarning yirik otryadi ishlar edi.
Tarixchilar kommunistik mafkura doirasida bo`lsada, o`z oldilariga urush davri qo`ygan vazifalarning mas`uliyatliligi va muhimligini tushungan holda ijodiy kuch-g`ayratini fashizm mafkurasiga qarshi kurashga, gitlerchilarning bosqinchilik siyosatini fosh qilishga, xalqimizning uyksak vatanparvarlik tuyg`ularini tarbiyalashga qaratdilar.
Respublika tarixchilari «O`zbekiston xalqlari tarixi» -ikki jildlik fundamental asarni yaratishga kirishdilar.
Bu asarni yozishda olimlardan Y.G`.G`ulomov, T.N.Qori Niyozov, S.P.Tolstov, M.E.Voronets, E.SH.Rajabov, A.YAkubovskiy, V.I.Zohidov, V.A.Shashkin, K.B.Trever va boshqalar qatnashdilar. Lekin birinchi bor yaratilgan bu fundamental asar kommunistik mafkura asosida yozilgan bo`lib, unda tarixiy voqealiklar soxtalashtirilgan, g`oyaviy jihatdan noxolis ilmiy xulosalar qilingan edi.
Shu bilan bir qatorda sharqshunos olimlar o`zbek xalqining boy madaniy merosini o`rganishga katta e`tibor berdilar. A.Rasulov, V.Zohidjonov, E.Muhamedxo`jaev, A.A.Semyonov, D.T.Voronovskiy va boshqalar qadimgi qo`lyozmalarni o`rganish va ilmiy izohlash ishlari bilan samarali shug`ullandilar.1
Haqiqatdan ham 1944 yilda Respublika davlat kutubxonasining Sharq qo`lyozmalari bo`limi bazasida O`z FA Sharqshunoslik instituti ochilib, uning birinchi direktori vazifasini professor A.A.Seynov tayinlangan edi.
Jamiyatshunoslik olimlarning tadqiqotlarida O`zbekiston xalqlarining ijtimoiy-falsafiy (I.M.Mo`minov) va tabiiy-ilmiy tafakkuri tarixi masalalari muhim o`rin egalladi. Bir qator falsafa tarixiga oid asarlar e`lon qilindi, ularda fashizmning irqchilik g`oyalari, jahonga hukmronlik qilish da`volari fosh etildi.2
Urush davri qiyinchiliklariga qaramasdan, oliy maktab rivojlanib bordi. 1945 yilda O`zbekistondagi oliy o`quv uyrtlarining soni faqat tiklanib qolmasdan, shu bilan birga urushdan oldingi davrga nisbatan 3 taga ko`paydi. Markazdan ko`chirib keltirilgan institutlar hisobiga, talabalar soni 19.061 madal 21.195 tagi etdi.
Mustabid tuzum 40-yillar oxiri 50-yillar boshlarida respublikada siyosiy kompaniyalar o`tkazib, 1952 yil 21-22 fevralda bo`lib o`tgan O`zKP (b) MQning X plenumini o`tkazdi. Tarixchi A.X.Boboxo`jaev panturizmni targ`ib qilishda ayblandi.
Plenumda, ayniqsa, O`zbekiston xalqlari tarixini yoritish masalasida jiddiy tanqidiy fikrlar bildirildi. Ushbu plenum «O`zbekiston va O`rta Osiyo Rossiyaga qo`shilgan», ko`p tomlik «O`zbekiston xalqlari tarixi» ikkinchi jildida «Temur davlati madaniyati oshirib uyborilgan» va «1898 yilgi Andijon qo`zg`oloni reaktsion harakat» - degan, aslida haqiqatni inkor etuvchi kommunistik mafkura nuqtai nazaridan baholar berildi.3
Xullas, 40-yillar oxiri 50-yillar boshlari stalinizm davrida mustabid tuzum o`z xalqiga qarshi o`tkazgan ommaviy qatag`onlarning navbatdagi bosqichi bo`ldi. Bu qatag`onlarga uchragan ziyolilar orasida taniqli tarixchi olimlar ham bor edi.
Asossiz qatag`on qilinganlarni oqlash «xalqlar otasi» vafotidan keyin boshlandi. Ammo, Stalinning vafotidan keyin ham boshqacha fikrlovchilarga nisbatan ta`qib qilishlar to`xtamadi. Bu esa o`z navbatida ko`plab ko`p tomlik O`zbekiston xalqlari tarixi asarlarning rus va o`zbek tillarida qaytadan yozilishi hollariga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |