Ko’p qutbli, multisivilizasiyaviy dunyo. Reja Etnik siyosat, global siyosat esa sivilizasiyalar siyosati


Madaniy omillar tufayli shakllangan sivilizasiyalar



Download 299,23 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana14.06.2022
Hajmi299,23 Kb.
#667187
1   2
Bog'liq
Снимок экрана 2022—04—08 в 05.35.18

Madaniy omillar tufayli shakllangan sivilizasiyalar.
Madaniy omillar tufayli shakllangan hamda turli sivilizasiyalar guruhlari va
davlatlarning o’zaro munosabatlarini o’z ichiga olgan dunyo siyosatining Sovuq
urushdan keyingi ushbu manzarasi ancha soddalashgan. Negaki, bunda ko’plab
omillar hisobga olinmaydi, ba’zi narsalar buzib talqin etilsa, boshqalari noaniq
bo’lib qoladi. Shunday bo’lsa ham dunyodagi vaziyatni chuqur tahlil qilish va
unga samarali ta’sir ko’rsatish uchun qandaydir soddalashtirilgan reallik xaritasi,
qanaqadir nazariya, konsepsiya, model yoki namuna zarur bo’ladi. Bunday o’ylab
topilgan nazariyalarsiz, Uilyam Jeyms aytganidek, “chalkash alg’ov-dalg’ovlik”
saqlanib qoladi. Tomas Kun o’zining klassik asari “Ilmiy inqiloblar strukturasi”da
ko’rsatgan ilmiy va intellektual rivojlanish yangi yoki qaytadan kashf etilgan
faktlarni izohlashga ancha yaroqsiz bo’lgan bir paradigma(namuna)ning shunday
faktlarni qoniqarliroq ko’rinishda bayon etadigan boshqa paradigmaga
almashishini o’zida mujassam etgan. “Paradigma sifatida qabul qilinishi
uchun, - yozadi Kun, - nazariya o’zining muqobillaridan ustunroq bo’lishi
kerak, ammo u qiyinchilik tug’dira oladigan barcha faktlarni ham izohlashi shart
emas va umuman buni amalga oshira olmaydi ham”. “Notanish joydan o’tish
uchun, - zukkolik bilan izohlaydi Jon Lyuis Geddis, - odatda kishiga qandaydir
xarita kerak bo’ladi. Kartografiya, o’zini anglatganiga binoan bizga
qayerdaligimiz va qayoqqa bora olishimiz mumkinligini ko’rishga imkon
beradigan zarur soddalashtirish hisoblanadi”. Uning tasvirlashicha, Sovuq urush
davridagi superqudratli davlatlar o’rtasidagi raqobat timsoli 1-marta Garri Truman
tomonidan ifodalab berilgan “hamma tushuna oladigan xalqaro landshaftni
tasvirlaydigan va shu tariqa tiyib turishning yaqin orada yuz beradigan murakkab
strategiyasiga zamin tayyorlaydigan geosiyosiy kartografiya usuli” kabi edi.
Dunyoqarashlar va sababiy nazariyalar xalqaro siyosatning ajralmas
mo’ljallari sanaladi. 40 yil mobaynida xalqaro munosabatlar tadqiqotchi va
izlanuvchilari dunyodagi vaziyatning juda soddalashgan, ammo ancha foydali
bo’lgan Sovuq urush paradigmasi asosida o’ylashdi va harakat qilishdi. Bu
paradigma dunyo siyosatida sodir bo’lgan barcha narsani izohlay olmadi. Kun
ta’biri bilan aytganda, bu holatda ko’plab anomaliyalar bo’lgan va ushbu
paradigma o’z davrida olimlar, davlat arboblarining xitoy-sovet qarama-
qarshiligi kabi muhim hodisalardan ko’z yumishiga olib kelgan. Shunday bo’lsa
ham, global siyosatning oddiy modeli sifatida u ko’proq muhim bo’lgan
hodisalarni o’zining boshqa muqobil raqiblaridan ko’ra batafsilroq izohlay olgan.
U xalqaro vaziyat haqida fikrlash uchun asosiy boshlanish nuqtasi bo’lgan,
deyarli hamma joyda qabul qilingan va ikki avlod dunyo siyosati haqida fikr
yuritishni shakllantirgan. Soddalashgan paradigmalar yoki xaritalar inson o’ylari
va harakatlari uchun muhim sanaladi. Bir tomondan, biz nazariya va modellarni
ravonlik bilan shakllantirishimiz va ularni ongli ravishda xatti-harakatlarimizga
yo’l ko’rsatuvchi sifatida qabul qilishimiz mumkin.
Har qanday model yoxud xarita mavhumlik hisoblanib, faqat bitta maqsadda
boshqalariga qaraganda ko’proq foydali bo’ladi. Yo’l xaritasi bizga A nuqtadan B
nuqtagacha avtomobilda qanday borish mumkinligini ko’rsata oladi. Ammo biz
samolyot boshqarayotganda havo hududida belgilangan xarita, radiosignallar,
uchish yo’nalishlari va topografiyaga muhtoj bo’lgan paytimizda u foyda
bermaydi. Ammo xaritasiz adashib qolish mumkin. Xarita qanchalik mufassal
bo’lsa, u shunchalik reallikni o’zida aks ettiradi. Biroq juda mukammal,
to’ldirilgan xarita ko’p maqsadlar uchun foydali bo’lmaydi. Agar bir yirik
shahardan ikkinchisiga yirik magistral orqali borishni xohlasak, biz umuman
transport tizimiga aloqasi bo’lmagan va yirik yo’llar ikkilamchi to’rida aralashib
ketgan ko’p ma’lumotli xaritaga ehtiyoj sezmaymiz. Boshqa tarafdan, faqatgina
yirik avtomagistral tasvirlangan xarita yirik avtohalokat holatlari va undan kelib
chiqqan tirbandlik vaziyatlarida bizning muqobil yo’lni izlash imkoniyatlarimizni
cheklab qo’yadi. Qisqa qilib aytganda, bizga reallikni tasvirlaydigan va bizning
maqsadimizga eng muvofiq tarzda soddalashtirilgan xarita zarurdir. Sovuq urush


so’ngida dunyo siyosatining bir nechta xarita yoki paradigmalari ishlab chiqilgan.
Ko’p tilga olingan bir paradigma Sovuq urushning tugashi dunyo siyosatidagi
keng qamrovli ziddiyatning yakunini va nisbatan hamjihat dunyoning paydo
bo’lishini anglatadi, farazga asoslangan. Ushbu paradigmaning eng keng
muhokama qilingan ta’rifi Frensis Fukuyama tomonidan ilgari surilgan “tarixning
yakuni” nazariyasi edi. “Shuning guvohi bo’lishimiz mumkinki, - ishora qiladi
Fukuyama, - tarixning yakuni – odamzot mafkuraviy evolyusiyasining yakuniy
nuqtasi va insoniyat boshqaruvining so’nggi shakli sifatidagi G’arbiy liberal-
demokratiyaning universallashuvini anglatadi. Albatta, qayerdadir Uchinchi
dunyoda ziddiyatli hududlar bo’lishi mumkin, ammo global ziddiyatlar ortda qoldi
va bu faqatgina Yevropada ham emas. Aynan Yevropadan tashqari dunyoda, eng
avvalo, Xitoy va Sovet Ittifoqida ulkan o’zarishlar yuz berdi. G’oyalar urushi
nihoyasiga yetdi. Marksizm-leninizm tarafdorlari hali ham Managua, Pxenyan va
Massachusetsning Kembridj shahri kabi hududlarda uchrashi mumkin, lekin,
umuman olganda, liberal-demokratiya zafar qozondi. Kelajak g’oyalar ortidagi
buyuk kurashlarga emas, balki hyech kimning qiziqishini jalb etmaydigan
iqtisodiy va texnik muammolarni hal qilishga bag’ishlanadigan bo’ldi va
shubhasiz, bularning bari anchagina zerikarli bo’lishi mumkin”.
Hamjihatlik xomxayoliga berilish keng avj olgan edi. Siyosatchilar va ziyoli
qatlam vakillari o’xshash qarashlarni rivojlantirishdi. Berlin devori quladi,
kommunistik tuzumlar barham topdi, BMT yangicha ahamiyatga ega bo’lgan
tashkilotga aylandi, Sovuq urushdagi sobiq raqiblar “hamkorlik” va “buyuk
bitim”ga jalb etildilar, tinchliksevarlik va tinchlik o’rnatish kun tartibidan joy oldi.
Dunyoning yetakchi mamlakati prezidenti “yangi dunyo tartibi”ni tantanali
ravishda e’lon qildi. Dunyoning oldi universiteti prezidenti xavfsizlik bo’yicha
izlanish olib boradigan professor xizmatidan voz kechdi, negaki bunga ehtiyoj
qolmagan edi. Hallelujah (Ura)!!! Biz ortiq urushni o’rganmaymiz, boisi, bundan
buyog’iga urush bo’lmaydi”.
Sovuq urush tugallanishidagi eyforiya vaqti keyinchalik tezda sarob ekanligi
ayon bo’lgan hamjihatlik xomxayolini yuzaga keltirdi. 90-yillar boshida dunyo
avvalgidan o’zgacha bo’ldi, ammo doimiy tinch saqlanmadi.
O’zgarishlar bo’lishi muqarrar, rivojlanish esa aksincha. XX asrning har bir
yirik ziddiyati so’ngidagi hamjihatlikning o’xshash xomxayoli uzoqqa bormadi. I
jahon urushi “urushga yakun yasovchi urush” edi va u dunyoda demokratiyani
o’rnatishi kerak edi. Franklin Ruzvelt ifoda etganidek, “Bir tomonlama harakat
tizimi, bir-birini inkor etuvchi ittifoqlar, kuch-qudratdagi qarama- qarshiliklarni
tugallashi kerak bo’lgan II jahon urushi va bir necha asrlar davomida amalga
oshirilgan harakatlar hyech qanday natija bermadi”. Buning o’rniga biz
“tinchliksevar mamlakatlar” ning “umumjahon tashkiloti” ni va “doimiy tinchlik
tuzilmasi”ning asosini yaratishimiz kerak. I jahon urushi, aksincha, kommunizm,
fashizmni olib keldi, demokratiya sari qaratilgan yuz yillik harakatni teskari
tomonga burib yubordi. II jahon urushi haqiqatda global bo’lgan Sovuq urushni
keltirib chiqardi. Sovuq urush so’ngidagi hamjihatlik xomxayoli tez orada etnik
ziddiyatlar va “etnik tozalash” ning rivojlanishi, qonun va intizomning buzilishi
davlatlar o’rtasidagi ziddiyatlar va ittifoqlarning yangi namunalari paydo bo’lishi,
neo-kommunist va neo-fashist harakatlarining yuzaga kelishi, diniy
fundamentalizmning chuqurlashishi, Rossiyaning G’arb bilan munosabatlarida
“tabassum diplomatiyasi” va “Ha! siyosati”ning barham topishi, BMT va AQSh
ning mahalliy qonli ziddiyatlarni bostrishga qobiliyatsizligi, Xitoydan o’zib
ketishga bo’lgan o’z-o’ziga ishonchning ortishi tufayli ko’zdan g’oyib bo’ldi.
Berlin devori qulaganidan 5 yil o’tib, “genotsid” atamasi Sovuq urushning har
qachongi 5 yilligidan ko’ra ko’proq quloqqa chalindi. Sovuq urushdan keyingi
foydali ko’rsatkich bo’lishi mumkin bo’lgan hamjihat dunyo paradigmasi
haqiqatdan ancha yiroq edi.
Yirik ziddiyatlar yakunidagi yagona dunyo umidlari yuzaga kelgan bir paytda
insoniyat tarixi mobaynida ikkita dunyo asosida fikrlashga moyillik qayta-qayta
takrorlanadi. Odamlar doimo o’zlarini “biz” va “ular”ga, “guruh a’zolari” va
“o’zgalar”ga, “bizning sivilizasiya” va “varvarlar”ga ajratishga moyildirlar.
Olimlar dunyoni Sharq va G’arb, Shimol va Janub, markaz va tashqari (periferiya)


juftliklari bo’yicha tahlil qilishgan. Musulmonlarda an’anaviy ravishda “dar ul-
islom” va “dar ul-G’arb”, tinchlik manzili va urush manzili kabi bo’linish mavjud.
Bu tafovutlar Sovuq urush so’ngida dunyoni “tinchlik zonasi” va “tartibsizlik
zonasi” kabi zonalarga bo’lgan amerikalik olimlar tomonidan aks ettirilgan va
qaysidir ma’noda teskari burib yuborilgan. Birinchisi G’arb va Yaponiyani –
dunyo aholisining 15% ini o’z ichiga olgan, ikkinchisi esa qolgan aholini qamrab
olgan.
Bu qismlarning qanday aniqlanishiga bog’liq ravishda dunyoning ikki
qismdan iborat manzarasi qaysidir me’yorga binoan reallik bilan mos kelishi
mumkin. Turli xil nomlar ostida keladigan eng keng tarqalgan bo’linish boy
(zamonaviy, rivojlangan) va kambag’al (an’anaviy, rivojlanmagan yoki
rivojlanayotgan) mamlakatlar o’rtasida. Ushbu iqtisodiy bo’linish bilan tarixiy
jihatdan moslik iqtisodiy farovonlikdagi kamroq farqlar va yashash tarzi,
qadriyatlar va falsafiy yondashuvlardagi ko’proq farqlarga ega G’arb va Sharq
o’rtasidagi madaniy bo’linish hisoblanadi. Ushbu namunalarning har biri
reallikning bir nechta elementlarini aks ettiradi, ammo ba’zi cheklovlar bois
oqsaydi. Boy va rivojlangan mamlakatlar o’ziga xos xususiyatlari bilan boshqa
xususiyatlarga ega kambag’al davlatlardan ajralib turadilar. Boylikdagi tafovutlar
jamiyatlar o’rtasida ziddiyatlarni keltirib chiqaradi, ammo dalillar shuni
ko’rsatadiki, bu, birinchi navbatda, boy va ko’proq qudratli jamiyatlar nisbatan
kambag’al ibtidoiy jamiyatlarni zabt etish va mustamlaka qilishga uringan
paytlarida yuz beradi. G’arb buni 400 yillar mobaynida amalga oshirdi, so’ngra bir
qancha mustamlaka ostidagi davlatlar mustamlakachi davlat o’z imperiyasini
qo’llab-quvvatlash imkoniyatini boy bergan bir paytda ularga qarshi ozodlik uchun
qo’zg’olonlar ko’tarishdi. Bugungi kunda dekolonizasiya (mustamlakadan
chiqarish) amalga oshgan va mustamlaka hukumatga qarshi ozodlik kurashlari
o’rniga mustaqil jamiyatlar o’rtasida o’zaro nizolar yuz bermoqda.
Boylar va kambag’allar orasida ancha yuqori darajadagi ziddiyatlarning
ehtimoli kam, chunki alohida vaziyatlarni hisobga olmaganda, boy davlatlarga
qarshi turish uchun kambag’al mamlakatlarda siyosiy uyushganlik ham,
iqtisodiy qudrat ham, harbiy imkoniyat ham yetarli emas. Osiyo va Lotin
Amerikasining iqtisodiy rivojlanishi oddiygina «egaman» va «ega emasman»
tafovutlarini xiralashtiradi. Boy davlatlar bir-birlari bilan savdo urushlarida
kurashishlari, kambag’al davlatlar esa o’zaro zo’ravonlik urushlari asosida
kurashishlari mumkin, ammo qashshoq Janub va boy Shimol o’rtasidagi
xalqaro ahamiyatdagi urush yagona baxtli hamjihat dunyoda sodir bo’lgani
bilan deyarli haqiqatdan yiroqdir. Dunyoning madaniy belgilar bo’yicha ikki
qismga bo’linishi hali ham kam ahamiyatga ega. Qaysidir darajada G’arb
yagona sanaladi. Ammo, g’arb bo’lmagan jamiyatlarda, ular g’arb emas degan
faktdan tashqari yana qanday mushtaraklik bor? Yapon, xitoy, hinduiy,
musulmon va afrikaliklar sivilizasiyalari din, ijtimoiy tuzilmalar, jamiyat
tashkilotlari va mushtarak qadriyatlar borasida ancha kam umumiylikka
egadirlar. G’arb bo’lmaganlar birligi va G’arb-Sharq qarama- qarshiligi
g’arbliklar tomonidan o’ylab topilgan afsonalardir. Bunday afsonalar
"o’zimiznikilar (Yevropa, G’arb, biz) va begonalar (Sharq, ular) orasidagi
farqlar"ning targ’ibot qilinishi va azaldan avvalgisi keyingisidan ustunligining
iddao qilinishi Eduard Sed tomonidan haqqoniy tanqid qilingan sharqshunoslik
kamchiliklaridan zarar ko’radi. Sovuq urush davrida dunyo siyosiy ko’lam
bo’yicha anchagina yuqori darajada qutblarga ajralgan edi. Ammo yagona
madaniy ko’lam mavjud emasdi. G’arb va Sharq kabi qutblarga bo’linish, keng
tarqalgan, ammo noto’g’ri tushuncha – Yevropa va G’arb sivilizasiyalarining
bir xil qabul qilinishini taxmin qiladi. "G’arb va Sharq"ning o’rniga juda ko’p
G’arbdan boshqalar mavjudligini nazarda tutuvchi "G’arb va boshqalar"
deyilishi qo’llash uchun juda mos. Dunyo juda murakkab, uni iqtisodiy jihatdan
tasavvur qilish uchun Shimol va Janubga, madaniy tomondan tasavvur qilish
uchun G’arb va Sharqqa ajratiladi.
Sovuq urushdan keyingi uchinchi xarita odatda "realistik" nazariya deb
ataladigan xalqaro munosabatlar nazariyasidan kelib chiqqan. Bu nazariyaga
ko’ra davlatlar dunyo sahnasida asosiy, hatto yagona o’yinchilar hisoblanib,
ular o’rtasidagi munosabatlar - anarxiya, shu sababli o’zlarining tirikliklari va
xavfsizliklarini mustahkamlash maqsadida doimo mamlakatlar o’z qudratlarini


oshirishga harakat qiladilar. Mabodo bir davlat ikkinchi davlatning qudrati
oshayotgani va buning vositasida ehtimoliy tahdid yuzaga kelayotganini ko’rsa,
u mamlakat o’z qudratini oshirish va/yoki boshqa mamlakatlar bilan ittifoqqa
qo’shilish orqali o’z xavfsizligini himoyalashga harakat qiladi. Ushbu farazlar
orqali Sovuq urushdan keyingi deyarli 184 ta mamlakatning qiziqishlari va
sa’y- harakatlarini oldindan aytish mumkin.

Download 299,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish