Bola doim iliq turayotganiga e’tibor bering.
Agar havo sovuq bo‘lsa,
bolaga qo‘shimcha ust-bosh kiydirib boshini o‘rab qo‘ying.
♦ Siz dam olayotgan yoki cho‘milayotganingizda otasi yoki boshqa oila
a’zosi bolani bag‘riga bosib tursin.
♦ Bolani tibbiyot xodimining oldiga tez-tez olib borib turing. U barcha em
-
dorilarini olayotganiga e’tibor bering (273 -bet).
♦ Bolaga temir moddasi bo‘lgan mahsulotlardan, vitaminlardan, ayniqsa,
D vitaminidan (706-bet) berib turing.
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
547
BOSHQA BOBLARDA MUHOKAMA QILINGAN MUA-
MMOLARNI BOLALAR SOG‘LIG‘I NUQTAI NAZARIDAN
QAYTA KO‘RIB CHIQISH
Kitobning boshqa boblarida aytib o‘tilgan ko‘plab kasalliklar bo-
lalarda ham topiladi. Quyida tez-tez uchrab turadigan kasalliklar qisqa-
cha qilib berilgan. Har bir muammo haqida ko‘proq ma’lumot olmoqchi
bo‘lsangiz, ko‘rsatilgan betlarga qarang.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning muammolari va ularga beriladigan max-
sus e’tibor haqida ma’lumot olish uchun 491- dan 500-betgacha, 546,
742-betlarga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |