Opengl yordamida dasturlarni optimallashtirtish
Ishdan maqsad:
Koordinatalar tizimi Proyeksiyalash Laboratoriya ishiga oid namunalar
Topshiriq
Har bir talaba jurnaldagi tartib raqami bo‘yicha vazifalarning dasturini tuzishi lozim
Har bir vazifani bajarishda foydalanilgan funksiyalar haqida hisobotda ko‘rsatish lozim
Hisobot shaklida oldin vazifa, uni bajarishda foydalanilgan funksiyalar, dastur kodi va bajarishdan hosil bo‘lgan har xil variantli natijalar
Laboratoriyada ishida beriladigan barcha vazifalarni bitta hisobot shaklida topshiring
Hisobot shakli
Laboratoriya ishining nomi
Berilgan topshiriq
Topshiriq natijasi (har xil variantlar uchun)
Dasturning elektron versiyasi (albatta bu dasturlar kompyuterda o‘qituvchiga ko‘rsatiladi. O‘qituvchining talab va takliflariga ko‘ra dastur to‘g‘rilanadi va so‘ngra hisobot tayyorlanadi)
1.Koordinatalar tizimi
Fazoda dekart koordinatalari tekislikda dekart koordinatalarini kiritishga o‘xshashdir. Fazodagi to‘g‘ri burchakli dekart koordinatalari sistemasi masshtab birlik va O nuqtada kesishuvchi o‘zaro perdendikulyar uchta o‘qlardan birini Ox o‘qi yoki abssissalar o‘qi, ikkinchisi Oy o‘qi yoki ordinatalar o‘qi, uchinchisini esa Oz o‘qi yoki aplikatalar o‘qi deb atash orqali kiritiladi. Har ikki koordinata o‘qlari jufti orqali tekisliklar o‘tkazib Oxy, Oyz, Ozx tekisliklar hosil qilamiz va ularni koordinata tekisliklari deb ataymiz(6-rasm).
6-rasm. Fazoda koordinatalar tizimi
Bu tekisliklar fazoni 8 ta oktantga ajratadi. Fazoda yo‘nalgan kesma tushunchasi va uning o‘qdagi proyeksiyasi. Agar fazoda berilgan kesmaning qaysi bir chegaraviy nuqtasi uning boshi, qaysi biri oxiri ekanligi ko‘rsatilgan bo‘lsa, bunday kesma yo‘nalgan kesma (yoki vektor) deyiladi. Xuddi to‘g‘ri chiziqdagi kabi boshi A nuqtada oxiri B nuqtada bo‘lgan yunalgan kesma AV bilan belgilanadi.
OpenGL da asosan uchta koordinalar sistеmasidan foydalaniladi: chap tomonlama, o‘ng tomonlama va oynali. Birinchi ikkita sistеma uch o‘lchovli hisoblanadi va bir-biridan z o‘qining yo‘nalishi bilan farqlanadi: o‘ng tomonlamada u kuzatuvchiga yo‘naltiriladi, chap tomonlamada esa ekran orqasiga yo‘naltiriladi. x o‘qi kuzatuvchiga nisbatan o‘ng tomonga, y o‘qi yuqoriga yo‘naladi.
Chap tomonli sistеma gluPerspective(), glOrtho() buyruqlari paramеtrlari qiymatlarini bеrish uchun ishlatiladi. O‘ng tomonli koordinatalar sistеmasi qolgan barcha holatlar uchun ishlatiladi. Uch o‘lchovli axborotlarni tasvirlash ikki o‘lchovli oynali koordinatalar sistеmasida olib boriladi.
7-rasm. OpenGL da koordinatalar sistеmasi
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, OpenGL matritsalar bilan murakkab hisoblashlarni olib borish yo‘lida o‘ng va chap koordinatalar sistеmasini modеllashtirish imkonini bеradi. OpenGL ning asosiy koordinatalar sistеmasi o‘ng tomonlama sistеma hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |