KOORDINATA BURCHAGI. NUQTA KOORDINATASI..
REJA:
1. Koordinata burchagi. Nuqta koordinatasi tushunchalari bilan tanishtirish
2. Ko‘pyoq. To‘g‘ri burchakli parallelepiped. Fazoviy shakllar. Kub va uning elementlari tushunchalari bilan tanishtirish.
Koordinatalar (lot. so - birgalikda, ordinatus — tartiblangan, aniqlangan) — nuqtaning toʻgʻri chiziq, tekislik, fazo va turli yuzalardagi holatini aniqlovchi sonlar.
Fazoviy – Perspektiva (lot. perspicio — aniq koʻraman) — 1) mavjud borliqni inson idrok etganidek biror tekis yuza (qogʻoz, taxta, devor va boshqalar) da fazoviy holati va ularning boʻlaklarini kuzatish nuqtasidan uzokdashuvini tasvirlash tizimi.
Geometrik material – nuqta, kesma, burchak, ko’pburchak, ..........
Kesma – Toʻgʻri chiziqning A va V nuqtalari orasidagi va shu nuqtalarni qoʻshib hisoblagandagi qismi kesma deyiladi
Ko’pyoq - Sirti chekli miqdordagi yassi tekisliklardan iborat jism
Ko`pyoq yoqlarinig tomonlari uning qirralari, uchlari esa ko`pyoqning uchlari deyiladi
1-reja: Koordinata burchagi. Nuqta koordinatasi tushunchalari bilan tanishtirish
Koordinatalar (lot. so - birgalikda, ordinatus — tartiblangan, aniqlangan) — nuqtaning toʻgʻri chiziq, tekislik, fazo va turli yuzalardagi holatini aniqlovchi sonlar. Mas, geografiyada maʼlum nuqta joylashgan kenglik va uzunlikni koʻrsatuvchi sonlar; astronomiyada yoritqichning osmon sferasidagi holatini belgilovchi sonlar. Nuqtaning koordinatalari biror koordinata sistemasida aniqlanadi. Mas, bir nuqtadan oʻtuvchi oʻzaro tik uch toʻgʻri chiziq fazoda K. sistemasini tashqil qiladi. Bunda M nuqtaning koordinatalari x= OA, u = OB, z= OS boʻladi
Biz sizlar bilan sonlar nurida nuqtalarning koordinatalarini topishni bilamiz.
Sonlar nurida koordinatalari bilan belgilangan nuqtalarni ayting.
”O`ylab toping “ o`yini.Rasmga qarang.Quyon tomoshabinlar dan qaysilarining o`rtasida o`tiribdi?Maymuncha va sherning chiptalarida qanday raqamlar bo`ladi?
Biror narsaning joylashgan o`rnini aniq aytish uchun uning koordinatalar to`ridagi koordinatalari ko`rsatiladi.
Koordinatalar to`ri quyidagicha chiziladi. O nuqta (koordinata boshi)tanlanadi va undan o`zaro perpendicular ikki ox hamda oy sonli nurlar o`tkaziladi.Bu nurlar koordinata o`qlari deb ataladi. Har qanday nuqtaning joylashish o`rni ikki koordinata bilan aniqlanadi:birinchi koordinata ox gorizontal o`q bo`yicha,ikkinchisi oy vertikal o`q bo`yicha.
Masalan, A nuqtaning birinchi koordinatasi 2, ikkinchi koordinatasi 4.Bu quyidagicha yoziladi: A (2;4)
K nuqta (3; 0), M nuqta (0;0)koordinatalarga ega. Qolgan nuqtalarning koordinatalarini o`qing.
1)ikki qishloqdan bir vaqtda bir-biriga qarab ikki piyoda yo`lga chiqdi va 3 soatdan keyin uchrashdi.Ulardan biri 3km/soat tezlik bilan yurdi. Ikkinchisi 4km/soat tezlik bilan yurdi. Qishloqlar orasidagi masofa qancha?
Do'stlaringiz bilan baham: |