qiyin ishlanuvchan (austenit sinfiga oid yuqori legirlangan konstruksion poiatlar, issiqbardosh va kislotabardosh maxsus nikel-ferritli va nikelli qotishmalar, qiyin eruvchan qotishmalar).
Mexanik xossalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar, xususan, qattiqlik va mustahkamlik chegarasining ortishi bilan metallning kesuvchi asbobga ko‘rsatadigan qarshiligi ham o‘sadi. Shu sababdan bu ko‘rsatkichlar kesish rejimini ifodalovchi parametrlar hisoblanadi.
Po‘latdan tayyorlangan prokat mahsulotlari bilan birga yuboriladigan sertifikatlarda metallning qattiqligi HB va cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi B ko‘rsatiladi. Har xil markali po‘latlar uchun B = k*HB munosabat o‘rinli bo‘lib, undagi proporsionallik koeffitsiyenti k quyidagilarga teng: uglerodli konstruksion po‘latlar uchun k =0,27; kam legirlangan konstruksion po‘latlar uchun k =0,31; yuqori legirlangan konstruksion po‘latlar uchun k =0,41.
Asbobsozlik materiallari
Metall kesuvchi asboblarning kesish xususiyatlari asboblarning konstruksion metallarni kesib ishlay oluvchanligini belgilaydi. Kesish xususiyatlarining asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib asbobning ekspluatatsion resursi xizmat qiladi
Asboblarning resursi quyidagi omillar majmuasiga bog‘liq bo‘ladi:
- asbob materialining xossalari (kimyoviy tarkibi, struktura holati, qattiqligi, b , s eg ga, yuqori temperatura va ishqalanishga chidamliligi);
- asbobning konstruksiyasi (kesuvchi qismining shakli, bikirligi, tayyorlanish aniqligi);
- kesish rejimi (v, s va t, MSTM, qabul qilingan yedirilish mezoni);
- metail kesuvchi stanokning holati (stanok va texnologik jihozlarning bikirligi, vibratsiyaga qarshilik ko‘rsata olishi va boshqalar).
Agar metall kesuvchi asbobning ishchi qismi faqat ma'lum fizik-mexanik xossalar majmuasiga ega bo‘lgan materialdan tayyorlangan bo‘lsagina, uning ishlay olish qobiliyati ta'minlangan va kafolatlangan bo‘ladi. Asbobsozlik materiallarining asosiy fizik-mexanik xossalarini ko‘rib chiqamiz:
1.1-rasm. Qattiqlik va temperatura orasidagi munosabat
- Qattiqligi (asbobsozlik po‘latlari uchun HRC 63...64).
- Mustahkamligi eg / R =1,3…1,6 (asbobsozlik po‘latlari uchun s / r =1,6…2,0
- Yuqori temperaturaga bardoshliligi. Qattiqlik va temperature orasidagi munosabat quyidagicha (1.1 -rasm). Qk-kritik temperatura. Turli asbobsozlik materiallari uchun Q k– 220~1800 °C oralig‘ida bo‘ladi.
- Issiqlik o‘tkazuvchanligi , J/sm×s×°C Legirlovchi elementlardan W va V issiqlik o‘tkazuvchanlikni pasaytirsa, Ti, Mo, Co esa ko‘taradi.
- Ishqalanish koeffitsiyenti ishqalanishga chidamlilik B=A/m va yedirilish intensivligi J.=dm/dL ga ta'sir ko‘rsatadi: bunda A-ishqalanish kuchlarinirig bajargan ishi; m-yedirilish mahsulotlari massasi; L-o‘zaro sirpanish yo‘li) ishqalanuvchi materiallar juftining bir-biriga nisbatan sirpanish tezligi Vsr va kontakt yuzalardagi normal kuchlanishga bog‘liq).
Do'stlaringiz bilan baham: |