Yechish. Zanjir uchta tugun va beshta tarmoqdan iborat. Shuning uchun tarmoqlardagi toklarni topish uchun no‘malum toklar uchun beshta tenglamadan iborat sistema tuzish va uni yechish zarur.
(2.12) ifodaga kursatilganidek sistemadagi tenglamalar soni Kirxgofning birinchi qonuniga asosan tuzilib, ikkita bo‘lishi zarur. Mustaqil konturlar uchun qolgan uchta tenglama Kirxgofning ikkinchi qonuniga asosan tuziladi.
Mustaqil I, II va III konturlar hamda 1 va 2 tugunlar uchun EYUK, tok va kuchlanishlarining shartli musbat yunalishlari, hamda keltirilgan konturni aylanish yunalishlarida tenglama quyidagi kurinishni oladi
1 tugun uchun I1+ I2 – I3 =0
2 tugun uchun I3 – I4 – I5 =0
I kontur uchun R01I1 – R02I2 =E1 –E2
II kontur uchun R02I2+ R3I3+ R4I4 =E2
III kontur uchun –R4I4 + R5I5 =0
Tenglamalar sistemasini tarmoqlardagi toklarga nisbatan yechib
I1=-7,93 A; I2=11,03 A; I3=3,1 A; I4 =I5=1,55A
qiymatlarni hosil qilamiz.
Hisoblash natijasida I1 tok manfiy qiymatga ega bo‘ldi, bu narsa ushbu tarmoqdagi tokning haqiqiy yunalishi, tanlab olingan yunalishga qarama-qarshi ekanligidan dalolat beradi.
Elektr zanjiri elementlaridagi kuchlanish Om qonuniga asosan
U3=R3I3=23,1=6,2 V; U4=R4I4=41,55=6,2 V; U5=R5I5=41,55=6,2 V.
Kirxgofning ikkinchi qonunidan foydalangan holda 1 va 3 tugunlar orasidagi kuchlanishni topamiz. Konturni soat mili yunalishida aylanib
E2=U02+U13; U13=E2-U02=E2-R02I2=13,5-0,111=12,4 V
Elektr sxemadan kurinadiki 1 va 3 tugunlarga nisbatan parallel ulangan E1 va E2 EYUK manbalari qismalaridagi kuchlanish bir xil bo‘lib U13 kuchlanishga teng.
E2 EYUK manbasining quvvati P2=E2I2=13,511=148,5 Vt.
Iste’molchi quvvati P3=R2I22 = U3I3=6,23,1=19,2 Vt.
E1 EYUK manbasida tok va EYUK qarama-qarshi yunalgan. Bu narsa masala shartidagi zanjir parametrlari elektr energiyasini iste’mol qilishini bildiradi. Bu hodisa avtomobil transpotiga xos bo‘lib, E1 EYUK manbasi bo‘lsa, E2 EYUK manbasi generator hisoblanadi. Avtomobil harakatlanganda E2E1 bo‘lib, akkumulyator zaryadlanib boradi.
Ushbu holat uchun quvvatlar balansi tenglamasi (1.6) ifodaga asosan quyidagicha bo‘ladi
E1I1+E2I2=R01I12+ R02I22+ R3I32+ R4I42+ R5I52
E1 EYUK manbasi elektr energiya iste’molchisi rejimida ishlayotganligi, ya’ni iste’molchi bo‘lganligi sababli, quvvatlar balansini quyidagicha yozish mumkin
E2I2=E1I1+R01I12+ R02I22+ R3I32+ R4I42+ R5I52
Oxirgi ifodaga barcha qiymatlarni quyib, elektr energiya manbasi quvvatii va barcha elektr iste’molchilar quvvatlari yig‘indisi teng ekanligiga ishonch hosil qilamiz
13,511=127,9+0,057,92+0,1112+23,12+41,552
ya’ni 148,5 Vt =148,5 Vt
Bu narsa energiyaning saqlanish qonuniga mos keladi va hisoblashlar tug‘ri ekanligini kursatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |