9-MA’RUZA
Kontaktsiz elektron elektr apparatlari. Reja
1. Kontaktsiz kommutatsiya
2. Gibridli kommutatorlar
Tayanch so‘zlar va iboralar
YArim o‘tkazgichli (kontaktsiz) pribor; tiristor; tiristor elektrodlari; boshqarish toki; gibridli kommutator; bosh kontaktlar; yarim o‘tkazgichli diodlar; stabilitronlar; musbat ishorali boshqarish signali.
13.28-rasm. a,b
Ma’lumki, soatiga ko‘p miqdordagi kommutatsiya va bunday kommutatsiya elektr yoyi ‘osil bo‘lishi bilan sodir etilishi kontaktlarni tez emirilishiga olib keladi. Bunday kamchiliklardan ‘oli bo‘lish maqsadida, imkoniyat bo‘lgan ‘ollarda yarim o‘tkazgichli (kontaktsiz) priborlar, ya’ni tiristorlar, tranzistorlar va diodlardan foydalaniladi.
Tiristor – boshqariluvchan yarim o‘tkazgichli ventilp hisoblanadi.
13.28,a-rasmda tiristorning shartli ko‘rinishi tasvirlangan, bu erda A-anod; K-katod va U-boshqaruvchi elektrod. Boshqaruvchi elektrod katodga nisbatan musbat potensialga ulanadi.
13.28-rasm. в,г
13.28,b-rasmda ikki tiristorning o‘zgaruvchan tok manbasiga ulangan sxemasi ko‘rsatilgan. Boshqarish toki (Iu) boshqarish elektrodiga uzatiladi. Boshqarish signali yo‘q, ya’ni Iu=0 va Umaxt.max bo‘lganda tiristor o‘zidan katta qarshilikni ifodalaydi va yuklamadan juda kichik miqdordagi tok oqib o‘tadi. Ushbu ‘olat xarakteristikada quyidagi ko‘rinishga ega (13.28,g-rasm, 1-egri chiziq).
Agar Umax>Ut.max bo‘lsa, bunda tiristor ochiladi va yuklamadan uning qarshiligi bilan aniqlanadigan In toki oqadi. Boshqarish tokining nominal qiymatida, ya’ni Iu=Iu,n bo‘lganda, tok 2-egri chizig‘i bo‘yicha o‘zgaradi, bunda Iu ning o‘zgarish qonuniyati xarakteristikaning shtrixlangan qismidan boshlanadi.
SHunday qilib, Iu=0 bo‘lganda tiristor o‘zidan juda katta miqdordagi aktiv qarshilikni ifodalaydi va Iu=Iu.n bo‘lganda esa, tiristor o‘zidan juda kichik miqdordagi qarshilikni ifodalaydi. O‘zgaruvchan tok o‘zining nolp qiymatidan o‘tganda tiristor o‘zining ventilplik xususiyatini tiklaydi, tok zanjiri uziladi.
, v- rasmda tiristor negizida yasalgan rele elementining sxemasi keltirilgan. Kalit K ning uzilgan ‘olatida tiristor VS yopiq bo‘lib yuklama toki nolpga teng. Kalit K ulanganda tiristorning boshqarish elektrodiga musbat ishoradagi boshqarish toki Iu uzatiladi va tiristor ochiladi. YUklamadan In toki oqa boshlaydi. Sinusoida davrining ikkinchi yarmida (Iu=-Iu) tiristor yopiladi va In=0. Diod VD tiristorni manfiy boshqarish toki uzatilishidan ximoya qiladi.
Xozirgi paytda tiristorlar asosida bajarilgan gibridli kommutatorlardan foydalanilmoqda.
13.29-rasm.
Nominal tok va qisqa tutashuv tokini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan bosh kontaktlar GK, qarama-qarshi sxema bo‘yicha ulangan VS1 va VS2 tiristorlar yordamida shuntlangan. Bosh kontakt GK zanjiriga tok transformatori TA ulangan. TA ning ikkilamchi cho‘lg‘amlari VD1 va VD2 diodlar orqali tiristorlarning (VS1 va VS2) boshqarish elektrodiga ulangan. Tiristorlarning boshqarish elektrodlariga katodga nisbatan faqat musbat signal uzatilishi kerak. Signalni cheklash maqsadida sxemaning ‘ar bir elkasiga VD3-VD6 stabilitronlari ulangan. Kondensator SZ bilan rezistor R4 lar esa tiristor kuchlanishining tiklanish sharoitini yaxshilash uchun xizmat qiladilar.
Apparatning ulangan xolatida bosh kontaktlar GK ulangan bo‘lib tok transformatori TA ning ikkilamchi cho‘lg‘amlarida boshqaruvchi signal mavjud bo‘ladi. Aytaylik, mazkur musbat yarim davrda musbat boshqarish signali VS1 tiristorining boshqarish elektrodiga uzatilmoqda va ushbu tiristor ochilishga tayyorlanmoqda. Bu vaqtda VS2 tiristori yopiq bo‘ladi, chunki uning boshqarish elektrodiga manfiy signal uzatilgan (ma’lumki, tiristor ochilishi uchun uning boshqarish elektrodiga katodga nisbatan musbat signal uzatilishi kerak). Lekin VD2 diodi tufayli ushbu manfiy boshqarish signali VS2 tiristorning boshqarish elektrodigacha etib bormaydi. Tiristordan tok oqib o‘tishi uchun katod bilan anod o‘rtasidagi kuchlanish 1-2V dan kam bo‘lmasligi kerak. Bosh kontaktlar GK ning o‘tish qarshiligi juda ‘am kichik va shunga ko‘ra bosh kontaktlarda tushayotgan kuchlanish va TA transformatorining birlamchi cho‘lg‘amida tushayotgan kuchlanishlar bir volptning qandaydir ulushinigina ‘osil qiladi. SHuning uchun VS1 tiristor, uning boshqarish elektrodiga musbat signal berilganiga qaramay, ochilmagan bo‘ladi. GK kontakti uzilganda ‘osil bo‘lgan yoy kuchlanishi VS1 tiristorining ochilishi uchun etarli bo‘ladi va tok uning zanjiriga o‘tadi. SHuning bilan birga GK uzilishi bilan TA transformatori orqali o‘tayotgan tok to‘xtaydi va VS1 tiristorini ochish signali nolpga teng bo‘ladi. Lekin tiristordan o‘zining nolp qiymatiga qarab kamayayotgan tok oqib turadi. Tok nolpga teng bo‘lganda tiristor yopiladi va zanjirni uzish jarayoni yakunlanadi. VS2 tiristor zanjiri ‘am xuddi shu tartibda ishlaydi (uning boshqarish elektrodiga musbat signal uzatilgan yarim davr mobaynida).
Do'stlaringiz bilan baham: |