Konsultativ psixologiya va psixokorreksiya


Ota-ona ma’naviyati bola tarbiyasining omili sifatida



Download 0,53 Mb.
bet4/9
Sana13.06.2022
Hajmi0,53 Mb.
#663586
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Далиева

1.2.Ota-ona ma’naviyati bola tarbiyasining omili sifatida
Inson o’z hayotini oilasiz tasavvur qilolmaydi va aynan mana shu oilada u jamiyat a’zosi sifatida tarbiya topadi. Oiladagi tarbiya muhiti esa oilada ayol va unga bo’lgan muomala darajasidan, ayolga muomala mavqiedan boshlanadi.
Oila deganda biz qadim-qadimlardan odamlar orasida juftlik yashashini va bu sharoitda ushbu oilaning davomchilari, farzandlarning dunyoga kelishini ko’zda tutamiz. Oilaning muqaddasligi – bu er bilan ayolning qonuniy nikohdan o’tib, birgalikda baxtli hayot kechirishlari bilangina chegaralanib qolmaydi, balki ular nasl-nasabning davomchisi bo’lgan farzandlar, ularning tarbiyasi, xalq va davlat uchun foydali inson bo’lib voyaga etishi ham bevosita oilaga bog’liqdir.
Qadim donishmandlar oiladagilar xotin harakatiga ergashurlar, deb oilada ayolning o’rnini yuqori baholaganlar. Darvoqe, xotinlarning o’rni va mavqie, yurish-turishi va o’zlarining tuta bilishlari faqatoilaga emas, hatto butun bir xalqqa ta’sir etishi ham mumkin. Shuning uchun ayollari tarbiyali bo’lgshan xalq tarbiyali, ojizalari tarbiyasiz bo’lgan xalq-tarbiyasiz, ojizalari tarbiyasiz bo’lgan xalq-tarbiyasiz, ayollari tirishqoq va tadbirkor bo’lgan xalq boy badavlat, ayollari isrofgar yalqov bo’lgan xalq faqirdir degan xikmatli gaplar bekorga aytilmagan.
Buyuk bobokalonimiz Amur Temur oilaga davlat ishlaridek munosabatda bo’lganliklari bejiz emas.
Masalan, Sohibqiron farzandlari va nabiralariga kelin tanlashda bo’lg’usi kelinning etti nasl-nasabini surishtirgan. Chunki u kishi shunday qilganda oila ildizlari baquvvat bo’lib, sog’lom avlod dunyoga keladi deb bilganlar.
Davlatimiz onalik va bolalik qonun himoya qilingan. Nikoh yoshiga etmaganlar bilan nikoxdan o’tish mumkin emas. 17 yoshda nikohdan o’tgan qizlar 18 yoshga to’lmasdan avval er nikohni bekor qilish haqida ish qo’zg’atolmaydi. Bunday qoidalar tug’iladigan bolaning hamda yosh otaning, ong-shuuri to’la shakllanib ulgurmagan qizlarning haq-huquqlarini himoyalashga qaratilgan.
Xalqimiz birinchi o’rinda onamizning bizni ilk ko’rib boqishdan, dadamizning “qani bizning asal qizimiz katta qiz bo’lib qolipti-ku”, degan iliq so’zlardan shakllanib dilimizga singib boradi. Ona allasi orqali go’dakning diliga oila ruhi, ota-ona mehri, vatan tuyg’uchi va muxabbatini singib boradi. Ota-ona ruhini, mehrini diliga jo qilmagan bola ruhan mayib bo’lib o’sadi va umrbod shunday qoladi.
Tabiat sirlarining mohiyatiga etmoqchi bo’lgan har bir inson atrofdan go’zallik izlaydi. Bu go’zallik gul, rang, nur, joziba va boshqa ko’rinishlarda ko’p hollarda alohida uchrasa, ularning hammasi mujassai bo’lgan brgina mavjudot bu ayoldir! Gul tabiatda qanchalik nafis, nozik bo’lsa unga muomala ham shunchalik nozik, ehtiyotkorona bo’ladi. Ammo oilada ayol zotiga, yosh qizaloqqa ko’pincha o’g’il boladan butunlay farq qiladigan muomala lozimligini esda tutmaymiz.
Onalar farzandlariga farzand rolini, birinchi o’rinda qizlarga qiz farzandlik rolini o’rgatishlari kerak. Shu o’rinda oilaning boshqa a’zolirini ham qiz bolaga qanday muomalada bo’lishi o’rgatish onalar vazifasi. Eng asosiysi, ona qiz bolaga bolalikni, beklikni va shunga o’xshash minglab murakkab xususiyatlarni yoshlikdan jo qilib borishi kerak.
Ona qizga singdirayotgan bu xislat, fazilat va xususiyatlar nafaqat xozirgi ota-ona oilasi ruhiy muhitni sog’lomlashtiradi. Eng asosiysi, qiz bolani kelgusida o’z oilasida sog’lom muhit tashkilotchisiga aylanadi. Shuning uchun, qiz bolaning o’g’il bolaga nisbatan bolalikdan o’smirlikka o’tish davri ilgariroq boshlanishini ko’zdan qochirmaslik kerak.
Qizalog’ni qo’g’irchoq o’ynayotgan paytda bir kuzating-a u jonsiz qo’g’irchoqqa jonli insondek muomilada bo’ladi. O’zicha u bilan gaplashadi, uni ovqatlantiradi, so’ng o’z karovatiga olib borib uxlatadi, “uxlamasa” alla ham aytadi. Uning mana shu jajji vujudida onalik tuyg’usi uyg’onayotir. Shu qizalog’ingiz erta-indin kichkina peshbandcha taqib oshxonada o’ralashsa yoki dadasining ro’molchasini tezgina yuvib qo’ysa, quvoning. Bordi-yu ovqatga tuzni biroz ko’proq solib qo’ygan bo’lsa aslo koyimang. Aksincha, yoniga borib, uning qilgan ishlarini maqtang, “mana bunday qilsang yana ham shirin bo’ladi” deng. Chunki, siz onasiz, u sizning har bir nigohingizdan nimanidir kutib, sizdan o’rganib, sizga suyanib yashaydi. Buni hech qachon unutmang. Qizni turmushga tayyorlashning oson yo’li ham shunda.
Hamma odab va axloq kitoblarida bitilganiday, qiz bola ona-ona oilasida asira, mehmon. Unga yumshoq muomalada bo’lish, bor imkoniyatlardan birinchi o’rinda qiz bolani manfaatdor qilish lozim. Shunday ekan, odob, tarbiya qiz bola uchun eng qimmat baho meros va sep bo’lishini unutmaslik kerak.
Oila a’zolarini ona yoki singilga mehribon qilib tarbiyalash va opa yoki singlini oila a’zolariga mehribonlikka o’rgatish birinchi o’rinda ota-ona, butun oila a’zolarining zimmasida bo’ladi. Ammo oiladagi muhit qiz bola bilan bog’liq xollarda onaning o’rnini bosadigan shaxs topilmaydi. Chunki qiz bola hayotidagi har xil jismoniy o’zgarishlarni faqat onalargina yaxshi biladi.
Bugungi kunda har bir rossiyalik oilani muvaffaqiyatsizlar qatoriga qo’shish mumkin. Uzoq cho’zilgan iqtisodiy krizis ko’p oilalarni kambag’al yoki kam ta’minlanganlar qatoriga qo’shib qo’ydi. Hozirgi statistika bo’yicha bolalar o’limi ko’paygan. Nikohsiz bolalar soni ko’paymoqda. Alkogolizm, narkomaniya oqibatida ajralishlar ko’paymoqda. Bular hammasi ota-ona va bolalar munosabatlariga ta’sir etmoqda.
Hozirgi haqiqat shuki, dadalarni, onalarni shaxsiy hayotini tiklash evaziga bolalar o’z layoqati, qayg’u-alamlari bilan tovon to’lashmoqda. Bolalar mast otalar kasiriga, jahldor akalar ta’siriga tushib qolmoqdalar, ularni o’z otalari, o’gay otalari yoki bolalar uyi tarbiyachilari zo’rlashmoqdalar.
N.G.Pomyalovskiy ruhiy ocherkida o’zini qahramoni haqida shunday deydi-“U aqlli, baxtli bo’ladimi?-Xudo biladi!...Agar uni boshiga urishsa ahmoq bo’ladi; Agar uni raqqos tarbiyalasa-undan yaxshi qo’ng’iroq chiqadi. O’g’irlangan pul bilan boqishsa-o’g’ri bo’ladi”. Xudo biladi enaganing axmoq yuzi kirlangan so’rg’ich, tamaki xidi, aka-opalarini baqir-chaqir, shularga mos uy sharoiti hamma narsaga befarq, uy egalari bolalarga qanday ta’sir qiladi. Bular barchasi insonni badbashara qiladi.
45-49% oilalarda ota-ona berahmligi, qattiqqo’lligi birinchi o’rinda turadi. Ota-ona va bolalar munosabatidagi berahimlik, zo’rovonlik hozirgi kunda dunyoda muammoga aylangan.
AQShda bolalarni himoyasi uchun kecha-yu kunduz telefon linyalari ishlab turadi. Xozirgi kunda bolalar nafaqat ota-ona ta’siri ostida ulg’aymoqda, balki, jamiyat ta’sirida ham. Hozirgi kunda kino, tilivideniya, kompyuterlar, bolalar, ota-onalar o’rnini bosmoqda. Masalan, AQShda mutaxassislar aniqlashicha maktab yoshigacha bolalar 1 kunda o’rtacha 4 soat telivizor ko’radi. Maktab davrida esa yoshlar ekran oldida bir kunda 15 soat vaqtni o’tkazadilar. U davr ichida ular 9000 ta zo’rovonlik saxnasini ko’radilar. Ko’p olimlar ta’kidlashicha bolalarning agresivligi sahnadagi zo’rovonlikka juda o’xshashdir.
Afsuski, o’zimizni kino va televideniyadagilar ham chet elnikida qolishmaydi. Yana bunga xar xil ovqatlar, avariyalar, teraktlar xaqida xabarlarni qo’shisak, o’zini qanchalik ximoyasiz sezadi o’sayotgan odam. Dunyo umuman bolaga, insonga dushmandek go’yo, qo’rqinch uning zamirida mujassam. Shunday ekan insonni barcha tashvishlardan oiladagi yaxshi tarbiya qutqara oladi. Agar inson bolasi mexr muxabbat o’zaro ishonch muxiti xukumron bo’lgan oilada ulg’aysa qo’rqinch va tashvishlar kutiladi.
Oilaviy tarbiya metodologiyasi va metodikasi uchun eng muhimi uning aloqador tomonlarini, ya’ni tarbiyaviy vazifalarni bir maromga solish, oilaning o’ziga xos xususiyatlarini va mavjud imkoniyatlarini aniqlash katta ahamiyat kasb etadi. Oilaning tuzilishi va vazifalarini tahlil etishda u jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy o’zagi ekanligi yana bir bor ayon bo’lmoqda. Shu sababli oilaning aniq, bir maqomi, asosi bo’lishi kerak va u kishilar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solishi, yoshlarda ahloqiy fazilatlarni, jismoniy kamolotni, aqliy ziyraklikni shakllantirishi zarur. Oilaviy tarbiyaning o’ziga xosligi shundaki, u bolalarga ota-onalarning ota-onalik, qon-qarindoshlik xislatlarini uzatib, shaxsning umumiy va hissiy rivojlanishinigina ta’minlab qolmay, balki shaxsning mavjud imkoniyatlarini va ahloqiy kamolotini ham o’stiradi. Shu sababli oilaviy tarbiya doimo mavjudligi, ko’rsatmaliligi va serjiloligi bilan ajralib turadi. Unda asosiy vazifani xalq, odobga doir tadbirlarni bolaga to’g’ri o’rgatish, maslahat berish, kattalar tajribasigina emas, balki oilaning yashash tarzi, muhiti, ota-onalarning kasb-hunari, oila a’zolarining ma’naviy-ruhiy munosabatlari o’ynaydi.
Oila va oilaviy tarbiya muammolari bilan shug’ullanuvchi olimlarning tadqotlarida asosiy e’tibor oila bo’yicha amaldagi bo’linishga va bolalar tarbiyasida ota-onalarning faol darajasiga qaratiladi. Shuningdek, ota-onalarning, bolalarning hamda ayollarning bandligi va ularning bolalar tarbiyasiga bo’lgan ta’siri oilaning moddiy imkoniyatlari va turar joylariga bog’lab o’rganiladi.
Oilaviy tarbiyada muhim ahamiyat kasb etuvchi ob’ektiv va sub’ektiv omillarni bilmoq lozim. Ob’ektiv omillarga oilaning moddiy farovonligi, daromadlarning turlari, o’ziga xosligi va saviyasi, uy-joy bilan ta’minlanish darajasi, maktabgacha muassasalardan foydalanish, shuningdek, oila a’zolarining soni, tarkibi va boshqalarni kiritish mumkin.
Hozirgi zamon oilalari mavjud jamiyat bilan uzviy bog’langandir. Shaharlarning o’sish, yashash sharoilarining yaxshilanishi, xalqning moddiy va madaniy turmush saviyasining oshishi yoshlarni barkamol inson qilib tarbiyalashga ta’sir qiladi.
Oilaviy tarbiyaning maqsadi va mazmuni barcha regionlar bo’yicha olganda bir –biridan ma’lum darajada farqlanadi. Bu farqlar milatlarning turmush tarzi, urf – odatlari, demografik, ijtimoiy – tarbiyaviy va mahalliy sharoitlar bilan belgilanadi. Chunki mamlakatimizdagi xalq va elatlarning tarixiy – ijtimoiy taraqiyt bosqichi, oilaviy turmushning tarixan tarkibi topganligi, bu borvda dinning salmoqli hissasi o’ziga xoslikni vujudga keltirgandir. Masalan, O’zbekiston Jumhuryatining milliy aholisi (jumhuriyatida yashovchi musulmon millatiga mansub aholi tabaqasi ham kiradi) oilalari uchun xos bo’lgan xususiyatlaridan biri ko’p bolalikdir.
Hozirgi zamon o’zbek oilalarining tarbiya jabxalaridagi umumiy va xususiy tomonlarini, vazifalarini bilish nixoyatda ahamiyatlidir. Chunki biz bolalarning bog’cha va maktabda olayotgan bilimlarini, aqliyqiziqishlarini hisobga olganimizdagina oilaviy tarbiya ishi samaradorligi ta’minlashimiz mumkin. Biz tarbiyaviy vazifalarimiz xususiyatlaridan kelib chiqib, bolalar kamolatiga yakka xolda yondashish, aqliy, axloqiy, mehnat, jinsiy ateistik tarbiya extiyojini shakilantirish, o’z –o’ziga xizmat ko’rsatish malakasi, maishiy mehnat, ijtimoi mehnatga ma’naviy – ruhiy tayorlash kabi mezon va qoydalarni xisobga olib ish tutishimiz maqsadga muvofiqdir. Buziz tarbiya jarayonini ijobiy xal qila olmamiz. Bolalar tarbiyasi oilaning insoni bunyod etuvchi tabiy va ijtimoiy mohiyati bilan uzviy bog’liqdir. Xuddi shu ma’noda tarbiya o’z mohiyatiga ko’ra shunday bir jarayonki, u tarbiyalanuvchining biologik, ijtimoiy ehtiyoj turlarini, o’zining qadri, qiziqish va g’oyalarini jamiyat talablariga bo’ysundirish namayon bo’ladi.
Bola oilada, maktabda, ota – onalar bilan munosabatda, jamoat joylarida, katta
Bola odatda, ko’p vaqtini oilasi davrasida o’tkazadi va kattalarning qiliqlari, o’ziga xos xususiyatlarni osonlik bilan qabul qiladi.
Jamiyatning maqsadi va intilishlari o’zaro bir butunlikni tashkil etadi. Ota-onalarning umumiy, madaniy, ma’lumot saviyalarining kutarilishi va ijtimoiy faollik karor topishi maktab va oila alokalari xususiyatining o’zgarishiga sabab bo’ldi. Agar maktab oila tarbiyashunosligiga xurmat bilan munosabatda bulsa, uning boyliklaridan, ya’ni ota-onalar obrusi, shaxsiy namunasi, ijobiy xissiyotlar asosida tarbiyalashlapidan foydalana olsa, u xolda ota-onalar otaligi katta kuchga, tarbiya samaradorligini ta’minlovchi mezonga aylanadi.
Xozirgi zamon oilalari mavjud jamiyat bilan uzviy bog’langandir. Shaxarlarning usishi, yashash sharoitlarinnng yaxshilanishi, xalkning moddiy va madaniy turmush saviyasining oshishi yoshlarni barkamol inson knlib tarbiyalashga ta’sir kiladi.
Oilaviy tarbiyaning maqsadi va mazmuni barcha regionlar bo’yicha olganda bir-biridan ma’lum darajada farqlanadi. Bu farqlar millatlarning turmush" tarzi, urf-odatlari, demografik, ijtimoiy-tarbiyaviy va mahalliy sharoitlar bilan belgilanadi. Chunki mamlakatimizdagi xalqva elatlarning tarixiy-ijtimoiy taraqiyoti bosqichi, oilaviy turmushning tarixan tarkib topganligi, bu borada dinning salmoqli xissasi uziga xoslikni vujudga keltirgandir. Masalan, O’zbekiston Jumhuriyatining milliy aholisi (jumhuriyatda yashovchi musulmon millatnga mansub axoli tabaqasi xam kiradi) oilalari uchun xos bo’lgan xususiyatlaridan biri ko’p bolalikdir.
Tarbiya masalasiga yondashadigan bulsak, kam boda­li oilalarga nisbatan kup. bolali oilalarda bolalar tarbiyasi ancha eigil kuchadi. Chunki kup bolali oila-lardagi bolalar ota-onalarining xatti xarakatlarini, aka va opalarining ular tugrisidagi gamxurlik-yaarini, ayniksa, bir-birlariga bulgan dustona muno-sabatlarini, uydagi xar xil vazifalarni sidkidildan bajarishlarini, kicho’klarning kattalarga odob bilan munosabatda bulishlarini tabniy xolda kuradilar, kuzatadilar. Uzlarida xam ana shunday axlok.iy sifatlarni shakllantirih istagi vujudga keladi. Shu sababli bir k.ancha bolalari bulgan oilada ota-onalar-ning g’amxurliklari uziga xos xususiyat kasb etadi. .Bunday gamxurlik teng taqsimlangan buladi.
Xotin-qizlarimiznig ijtimoiy erkinligi ham yangi ko’rinishdagi o’zbek oilalarining shakllanishiga sabab bo’lmoqda. Ota-onalarga bolalar tarbiyasi borasidagi chin insoniy munosabatlarining shaklla­nishiga imkoniyat tug’dirmoqda. Bolalariga birimchinavbatda bilim berishni, ularni biror bir kasbga yo’llashni, bo’lajak ijtimoiy hayotga tayyorlashni o’zlarining burchlari deb hisoblamoqdalar.
Hozirgi davrning salmoqli ta’siri natijasida oilalarning ijtimoiy tarkibi ham o’zgarmoqda, bu esa.o’z navbatida oila tarkibida, turmushi va uning qiyofasida jiddiy o’zgarishlarni vujudga keltirmoqda,
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o’zbek oilalarida bunday tarkibiy o’zgarish, yangicha munosabatlar tarixiy tarkib topgan milliy o’ziga xoslikni yo’qotishga emas, balki oilalardagi munosabatlarning xar tomonlama rivojlanishiga, ko’p millatli respublikamizni aholisi urf-odatlari, an’analarining uyg’onishiga, mazmunan boyishiga sabab bo’lmoqda, Kattalarga hurmat vabo’ysunish o’zbek oilalaridagi a’anaviy tarbiya uslublaridan biridir. Oilada bolalarnito’g’ri tarbiyalash, ota-onalarning va katta yoshdagi barcha kishilarning namunasi bola shaxsini shakllantiruvchi, uning dunyoqarashiga, xulq.-atvoriga, jamoa orasida o’zini tuta bilishiga tayyorlovchi omildir. Aynan oila bolani qadam qo’ydiradi, uning o’ziga xos xususiyati va ma’naviy qiyofasining shakllanishiga asos soladi. yosh avlodning qiziqish va tirishqoqligi, mehnatsevarligi birinchi navbatda oila va undagi tarbiyaviy xolatlarga bog’likdir.
Bolalar.kamoloti borasida davlat tomonidan ko’rsatilayotgan tibbiy xizmati, bepul ta’lim berish, o’quv qurollarining bepulligi, lagerlar uchun yo’llanmalar, kasaba uyushmalari tomonidan ko’rsatilayotgan g’amho’rlik haqida ham o’ylab ko’rilsa yomon bo’lmaydi. Oila, jamoat.tashkilotlari va davlat tomonidan ko’r­satilayotgan g’amxo’rlik va moddiy yordamlarning hammasi barkamol insonni tarbiyalashga qaratilgandir. Shu sababli ularning o’zaro hamkorligini turli ko’­rinishdagi tarbiyaga qaratish, oila bilan aloqalarni amaliy shakllantirish xozirgi kunning dolzarb vazifalaridandir.
Axloqiy tarbiyani izchil tartibli amalga oshirishda oila muhiti g’oyat muhim rol o’ynaydi. Inson axloqiy, ma’naviy va ruhiy qiyofasining poydevori oilada qo’yiladi. Shuning uchun ham shu masalaga bag’ishlab qator qimmatli asarlar yozishgan. Dono xalqimiz “Bola-boshidan, nihol-yoshidan” degan naqlni bejiz aytmagan. Madomiki shunday ekan, yosh avlodni tarkib toptirish, tarbiyalash ishini yoshliqdan, oilada boshlash kerak. Binobarin, oiladagi tarbiya jarayonida har bir daqiqa va fursatni qo’ldan boy berish orqali ota-onalar keyinchalik ko’pgina qiyinchiliklarga duch keladilar. Axir, noto’g’ri tarbiya tufayli nafas balosi o’qiga giriftor bo’lgan, o’n gulidan bir guli ham ochilmay turib umri xazon bo’lgan yoshlar kammi? Donishmand tili bilan aytganda, “Qarg’a ochlik, tashnalikning qiyinchiligini sezsa, muzni teshadi; bekinib turgan ovchini ko’rmay, uning tuzog’idagi donlar uchun parvo qilmay kiraveradi”1.
Ma’lumki, yosh avlodga maqsadga muvofiq tarbiya berish uchun ota-onalar ham tarbiyaning vazifasi, maqsadi, vositalari, shart-sharoitlari yuzasidan har tamonlama bilimga ega bo’lishlari, farzandlarining yoshi va o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ish yuritishlari lozim.
Oilaning ma’naivy dunyosini takomillashtirish uchun unda zarur ruhiy xotirjamlik, ibratli ruhiy munosabat, o’zaro munosabatda hotirjamlik, mehr-oqibat, o’zaro hurmat, shirinsuhanlik, bir-biriga g’amxo’rlik mavjud bo’lsa, bunday muomala-munosabat bola tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiladi. Ular o’z farzandiga chinakam baxt, quvonch hadya etadilar.
O’zbek oilalarining aksariyati o’zining serfarzandligi bilan ajralib turadi. Shunga ko’ra, ota-onaning xoh o’g’il, xoh qiz, xoh to’ng’ich, xoh kenja farzand bo’lmasin, ularga teng va odil munosabatda bo’lishi, erkalatmasligi, kattalar namunasi orqali kichiklarni tarbiyalash ijobiy hodisadir.
Kam bolali oilalarda ota-onalar farzandlarini ortiqcha erkalaydilar-bola oilaning tanho ovunchog’iga aylanib qoladi. Natijada shunday o’g’il yoki qizlar erka, o’jar, tantiq, shaxsiyatparast bo’lib voyaga etishi mumkin.
O’zbek farzandlariga ajoyib, go’zal, orzu qilguday tarbiya berish imkoniyatiga ega bo’lgan ota-onalar umrlarini rohat va farog’atda o’tkazadilar, bolalaridan hamisha olijanoblik, mehribonlik, yaxshilik ko’rsatadilar, dillari aslo jarohat azobini sezmaydi; o’qishni hissiga duchor bo’lmaydilar. Shu to’g’rida o’zbek xalqining qator maqollari yaratilgan: “Toy ulg’aysa, ot tinadi (ya’ni ot minishdan qutqariladi), o’g’il o’ssa, ota tinadi (ya’ni bola topgan hosil otani tindiradi)”1.
Oilada kelajagimiz vorislari bo’lmish yosh avlod shakllanadi. O’zbekiston Prezidenti I.Karimov “Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir” mavzusidagi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasida “Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma'naviy sog’lom o’sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo’lgan, uyg’un rivojlangan insonlar bo’lib, XX1 asr talablariga to’liq javob beradigan barkamol avlod bo’lib, voyaga etishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o’z oldimizga maqsadqilibqo’yganmiz”, - degan edi. Darhaqiqat bolalarning sog’lom, baquvvat o’sishi, ma'naviy komillikka erishuvi uchun mamlakatimizda barcha imkoniyatlar yaratilgan. Lekin bu imkoniyatlardan to’la va maqsadli foydalanishda oilaning o’rni juda katta.
Oilada bolalarga juda kichik yoshdan boshlab barkamollik sifatlari tarbiyalanib boradi. Bola avvalo oila muhiti asosida tarbiyalanib, shakllanib boradi. Shuning uchun ham oilada bolaning har bir harakati, uning do’stlari, odamlarga muomilasi kabilar kuzatilib, undagi o’zgarishlar, xulqidagi kamchiliklar bartaraf etilib borishi lozim. Bolani yosh niholga o’xshatish mumkin. Yosh niholni o’stirishda uning ortiqcha shoxlarini kesib, tinimsiz parvarishlab borsangiz u ko’rkam daraxtga aylanadi. Bola kichikligida juda shirin harakatlari va qiliqlari bilan ota-ona va atrofdagilar diqqatini jalb qiladi. Shunday davrda uning barcha injiqliklari va talablarini ota-ona bekami ko’st bajaradi. Bu esa bolada xudbinlikni tarbiyalaydi. Tarbiyada mayda-chuyda bo’lmaydi. har bir kichkina harakatga ham berilgan to’g’ri yoki noto’g’ri baho o’z natijasini ko’rsatadi.
Insonda barkamollik sifatlari birdaniga shakllanib qolmaydi. U qadamba-qadam bola qalbiga singdirib boriladi. Bolaning sog’lom, baquvvat bo’lib o’sishi, bilimli zukko, ma'nan yuksak bo’lib o’sishiga dastlab oilada zamin yaratiladi. Keyin maktabgacha ta'lim muassasalari, maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida bunday sifatlarni shakllantirish davom ettiriladi. Prezidentimiz yosh avlodni ma'nan yuksak bo’lib o’sishi uchun tinimsiz hamxo’rlik qilmoqda. Bolalar sportini rivojlantirish, bolalar ta'lim oladigan muassasalarning moddiy texnik ba'zasini mustahkamlash kabi sohalardagi tadbirlar shular jumlasidandir. Lekin mana shu imkoniyatlardan to’laqonli foydalanish uchun ham oila ma'naviyatining o’rni beqiyos.
Oilada bolaning sog’lom o’sishi, qiziqishi bo’yicha sport, musiqa va boshqa to’garaklarga qatnashini tashkil etish, kitob o’qishi o’qituvchining topshiriqlari asosida mustaqil ishlashi uchun imkoniyatlar yaratilishi va kun maromini mazmunli o’tishiga sharoit yaratish zarur. Ota-onalar, oiladagi bobo va buvilarning bolalar bilan tez-tez suhbatlashishlari, nasihat qilishlari, ularga turli ertaklar, rivoyatlar va hikoyatlarni aytib berishlari bolaning ma'naviy shakllanishiga samarali ta'sir ko’rsatadi.
Shuningdek, bolalarni muhitning salbiy ta'sirlaridan asrash hammuhima hamiyatga ega. Mamlakatimizga axborot texnologiyalarining kirib kelishi, bolalarning kompyuterlarda bemalol ishlay olishlari, internetda ishlashi, albatta, ularda intellektual salohiyatning o’sishiga samarali ta'sir ko’rsatadi Lekin axborot texnologiyalarining buzg’unchig’oyalarni tarqatishga imkoniyat berishi bugungi kunda hech kimga sir emas. Bolalarning internetda turli buzg’unchig’oyalar bilash ishlashlari, ular bilan aloqa bog’lashlaridan xabardor bo’lish va ularning insoniyat uchun zararli oqibatlarini bolalarga tushuntirish bugungi kunda tarbiyachilar va ota-onalarning muhim vazifalari hisoblanadi. Shuningdek, turli disklar va mobil telefonlarning keng tarqalishi oqibatida ham turli salbiy oqibatlar ko’zga tashlanmoqda. Mobil telefonlar, birinchidan, bolalarning sog’ligiga salbiy ta'sir ko’rsatsa, ikkinchidan, ularning ma'naviy sifatlarining ojizlashuviga sabab bo’lishi mumkin. Chunki mobil telefonlardagi turli parnografik xabarlar bola axloqining buzilishiga sabab bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham yosh bolalarning telefon ishlatishlari unchalik maqsadga muvofiq emas deb o’ylaymiz. Bu masalaga ota-onalar diqqatini haratish ham bugungi kunda zarur masalalardan biriga aylanib bormoqda.
Sog’lom muhit shakllangan oilada o’sgan bolalar bunday ta'sirlarga tez berilmaydilar, ularda mustahkam e’tiqod, ma'naviy komillik shakllangan bo’ladi. harqanday buzg’unchi ta'sirlarga harshi tura bilish immuniteti shakllangan bo’ladi. Bunday bolalarni o’z e'tiqodidan qaytarish oson bo’lmaydi. Shuning uchun ham oila muhitining sog’lom bo’lishi, bolaning har tomonlama rivojlanishi uchun imkoniyatlarni ishga solinishi jamiyatimiz kelajagi poydevorining mustahkam bo’lishi kafolatidir.
Oilada bola ma'naviyatining shakllanishiga ta'sir etuvchi omillar quyidagilar:

  • oilada kattalar o’rtasidagi muomala madaniyati, ya'ni sog’lom oila muhiti;

  • oiladagi er-xotin o’rtasidagi munosabatdagi o’zaro hurmat;

  • bola tarbiyasiga keksa bobo va buvilar ishtiroki;

  • oilaning mahalla va qo’ni-qo’shnilar bilan aqil munosabati;

  • oilada ilmga, kitobga, ma'naviy merosimizni o’rganishga bo’lgan munosabat;

  • bola tarbiyasiga mas'uliyatning yuqoriligi; bolalarda yuksak ma'naviyat va keng dunyoqarash, mustahkam g’oyaviy e’tiqodni tarbiyalash;

  • o’g’il va qiz bolalar tarbiyasida o’ziga xoslikni e'tiborga olish (gender yondoshuv);

  • tarbiyada oila mahalla, ta'lim muassasalari hamkorligi;

  • oila xo’jaligining oqilona tashkil etilishi bolani mustaqil hayotga tayyorlash;

Oila va oilaviy munosabatlar, ayniqsa, ota-ona va farzandlar o’zaro aloqalari, jamiyat yuzaga kelgan ilk davrlardan buyon eng muhim muammolardan biri bo’lib kelgan. Jamiyat rivojlanib borgan sari bu muammoning ahamiyati yanada ortib boraveradi. Chunki insoniyat tomonidan erishilgan yutuqlar aynan oila muhitida ota-ona va farzandlar munosabatlari tizimida boshqa harqanday ijtimoiy insititutlar orasidagi uzviylik sifatida olib qaralganda ko’proq darajada o’zlashtiradi va an'ana ma'naviy meros tarzida avloddan avlodga o’tadi. Shunday ekan, u yoki bu jamiyat xalq va millatning istiqboli ko’p jihatdan shu munosabatlarning holatiga bog’liq. Buning uchun esa oiladagi ichki muhitning har tomonlama sog’lom, ma'naviy mustahkam bo’lishiga erishish lozim.
Oilada bola tarbiyasi masalasi Abu Bakr Muhammad ibn Al-Abbos Al-Xorazmiy qarashlarida ham mavjud. Uning aytishicha, ota-onalar ikki xil tug’ilish otasi va ta'lim berish otasi: birinchisi jismoniy hayot sababli ikkinchisi ruhiy hayot sababli. Shunga ko’ra, ularni uzviy birlikda olib qarash tarbiya ishida muhim ahamiyatga molikdir. Uning quyidagi so’zlari ibratlidir: “Zamondan yaxshiroq muallimni insondan yaxshiroq ta'lim oladigan o’quvchini ko’rmadim”. Uning bu so’zlaridan bir tomondan ijtimoiy muhitni bola tarbiyasi uchun hal qiluvchi ta'sirini anglasak, ikkinchi tomondan inson shaxsi ta'lim natijasida kamolotga erishib borishi mumkinligini sezamiz.
Ibn Sino oilada bola tarbiyasi ancha murakkab va nozik bo’lib, uni bolaning yoshligidan boshlash va izchillik bilan olib borish lozimligini uqtiradi. U ona allasining tarbiyaviy ahamiyati haqida to’xtalib “Alla” ikki vazifani bajaradi deydi. Birinchisi uni tebratish orqali bolaga jismoniy orom ba?ishlanadi; ikkinchisi beshikni bir maromda tebratishdan onaning mehri jo’sh uradi, bolasiga bo’lgan muhabbatidan onaning orzu umidi yurak to’ridan silqib chiqadi. Bu o’ziga xos qo’shiq bolasiga qasidadek yangraydi va u farzandining murg’ak qalbiga butun shuuriga singib boradi.
Oilaviy tarbiyaning mohiyatini to’g’ri tushunish, uni bir qator psixologik jihatlarini tadqiq etish imkoniyatlarini ochib beradi. hozirgi kunda psixologlar, sotsiologlar va keng jamoatchilik tomonidan oila va oilaviy tarbiya muammosi dolzarb masala sifatida e'tirof etib kelinmoqda. Jumladan, V.M.Karimovaning “Yoshlarda o’zbek oilasi haqidagi ijtimoiy tasavvurlar” deb nomlangan ilmiy ishida o’zbek oilasidagi ijtimoiy tasavvurlarning turli guruhlarda namoyon bo’lishini empirik jihatlariga asoslanib tadbiq etiladi va oila to’g’risidagi ijtimoiy tasavvurlar shaxsning oilaviy munosabatlar doirasidagi xulq-atvorni boshharuvchi va aniq sharoitlarga moslashtiruvchi vazifalarni bajarishini ilmiy asoslab berishga harakat qiladi. N.Soqinov Q.Usmonov va B.Umarovlar oilaviy janjal va nizolarning oqibatlarini o’rganib, ular oxir oqibat nafaqat er-xotin o’rtasidagi balki ota-onalar va bolalar qarindosh urug’lar o’rtasidagi munosabatlarni ham buzilishi, nikohdan qoniqmaslikka olib kelishi hollari, ayollar o’rtasida o’z joniga qasd qilishlar eng achinarlisi bu jarayon o’smir va bolalar o’rtasidagi sutsidial hulq-atvorning ham sababi bo’lib qolishini ta'kidlaydilar. Albatta bunday oiladagi kelishmovchiliklar bola tarbiyasiga salbiy ta'sir ko’rsatadi.
Oila bolani o’rab turgan ijtimoiy muhitning eng muhim bo’g’inidir. Uning bola shaxsi shakllanishiga ko’rsatadigan tasiri benig’oya kattadir, Bolaning mustaqilligi nisbiy bo’lib, u ko’p jihatdan kattalar qaramog’i va yordamiga muhtoj bo’ladi. Ota-onaning fikri va munosabati bu davrda shunchalik katta undovchi kuchga ega bo’ladiki, u xulq-atvorning regulyatori va psixik rivojlanishining stimulyatori bo’lib xizmat qiladi.
Albatta, har bir oiladagi munosabatlar o’ziga xos hamda takrorlanmasdir. Biroq ota-ona va bola munosabatlarining umumiy jihatlari ham mavjuddir. Ota-onalar bolalar xulq-atvorini boshqarishda qanday usullardan foydalanishlariga ko’ra o’rtadagi munosabatlar ko’pincha "demokratik" va "avtoritar" nazorat qiluvchi kabilarga ajratiladi.
Bolalarga oilaviy ta'sir etishning "demokratik" shakli uchun quyidagilar xos: bolaga ko’p narsaga ruxsat beriladi, bola bilan ko’p aloqa va munosabatda bo’lish, unda ishonch va hurmat bilan munosabatda bo’linadi, ota-onalar bo’lar-bo’lmas ta'qiblarini qo’ymaslikka harakat qiladilar, buning o’rniga ular bolalarga oiladagi tartib qoidalarni tushuntirishga intiladilar. Iloji boricha bolalarining savollariga javob berishga, ularning qiziquvchanliklarini qondirishga harakat qiladilar.
Oiladagi "avtoritar" muhit bolalarga nisbatan haddan tashhari qattiqqullik bilan xarakterlanadi. "hukmron" ota-onalar boladan to’liq buysunishini talab qiladilar. Bunday oilalarda bolalarga xulq-atvor qoidalarini tushuntirishga qaratilgan muloqot kamdan-kam o’tkaziladi.
Shu narsa aniqlanganki, "avtoritar" va "demokratik" oilalarda tarbiyalanuvchi bolalarning shaxsiy xususiyatlarida muayyan farq mavjud bo’ladi. "Demokratik" oilalarning farzandlari ijodkorlikka moyil tashabbuskor, liderlikka intiluvchan, konformizmni (fikrga tobe bo’lishni) inkor etuvchi ijtimoiy munosabatlarida ko’proq emotsiyalarni his etuvchi bo’ladilar.
Maqsadga muvofiq muhit ota-onalar bolalari bilan noto’g’ri munosabatda bo’lmaydigan, bir-birlarini tushunadigan, hurmat qiladigan, bolalarning to’g’ri tarbiyalanishini doimo nazorat qiladigan hamda bolalariga shaxsiy namuna bo’la oladigan oilalarda tashkil topadi. Bolalarga ota-onalarning xatti-harakatlarigina emas, balki gapirayotgan gaplari, o’zaro savol-javoblari, uyga kelgan kishilar va qo’shnilar bilan bo’ladigan muomalasi ham bevosita ta'sir ko’rsatadi.
So’z qudratli kuchga ega. “Yumshoq, mehribonlik bilan aytilgan so’z, shunday qudratli kuchki, uning bilan hech qanday jazo tenglasha olmaydi”, - degan P. F. Lestgaft.
Oiladagi totuvlik, o’zaro hurmat, mehr-muhabbat, kelishuvchilik kabilar ota-onalar obro’sini oshiradi, ota-onalar bilan bolalar o’rtasida ruhiy muhitni yaxshiligiga va ularning kamolotiga ijobiy ta'sir ko’rsatadi.Bolalar bilan munosabatda bosiqlik, xulosa chiharishda shoshmaslik, rag’batlantirish va jazolashda o’ylab ish tutish, ota-onalar obro’sida muhimahamiyatga ega. To’g’ri, bolalarni ba'zan jazolash kerak, lekin bunda ularga axloq, odob mezonlari haqida tushuncha berish va ularni so’zsiz bajarish lozimligini ota-onalar talab qilsagina, ota-onaning obro’si bo’ladi. Ba'zi ota-onalar o’z bolalaridan talab qila olmaydi, natijada obro’ham bo’lmaydi.
Maqsadga muvofiq o’zaro munosabatlar va ota-onalarning bolalari bilan ma'naviy yaqinligi, bolalarning ichki dunyosini sezish, qiziqish va intilishlarini oldindan bilishi, g’amxo’rlik qilishi kabilar ota-onalarning obro’sini oshiradi.
Hozirgi ba'zi oilalarda ota-onalarning bolalar tarbiyasidagi bosiqligi, vazminligi ularga bo’lgan hurmati, diqqat-e'tibori kam bo’ladi, natijada ota-onalar bilan bolalar munosabatlarida ko’ngilsiz voqealar sodir bo’ladi, oqibatda oilada ota-onalar obro’si pasayadi. Agar oilada ota-ona bilan bolalar o’rtasida o’zaro muloqot uchun qulay sharoit yaratilsa, ota-onalar obro’si bo’lsa, tarbiya uslublaridan o’rinli foydalana olsa, bunday oilada bolalar to’g’ri tarbiyalanadi va o’z fikr-mulohazalarini ro’y-rost aytishdan qo’rqmaydilar.
Oilada ota-onalarning bolalar oldida obro’qozonishi juda murakkab masaladir. Oilada ota-onalar buning uchun o’zlari to’g’ri, halol va adolatli bo’lishi shart. Ota-onalar o’zlarining xatti-harakatlari, bildirayotgan fikri, muomalasi hatto o’ziga mos ijobiy odatlari bilan bolalarini ishontira olishi ular obro’sining oshishida asosiy rol o’ynaydi. Ota-onalar bolalarining o’qishi, ishi, xulq-atvori yoki ba'zi yutuqlari uchun va'da qilsalar uni bajarishi kerak. Agar va'dani bajarish imkoniyati bo’lmasa, uning sabablarini bolaga dalillar asosida isbotlab bersalargina o’z obro’sini saqlab qolishi mumkin. Eng avvalo bo’lar-bo’lmasga va'da bermasligi ma'qul.
Oilada ota-onalar obro’si bo’lish uchun (ovqatda, kiyintirishda) ota-onalar hamma bolalarini teng ko’rishi lozim. Yana ota-onalar oilada kichik yoki nochor boalalarini katta bolalar tan jazosidan himoya qilishi va ma'naviy jihatdan ularni quvvatlashlari maqsadga muvofiq.
Yuqorida ta'kidlanganidek, hayotda ko’plab namunali va obro’li ota-onalarimiz ko’p. Agar ota-ona halol mehnat bilan mashg’ul bo’lsa, bola ularni hurmatlashga majburdir. Ba'zan esa ishda juda yaxshi mutaxassis bo’lgan ota-onalar bolalariga namuna bo’la olmaydi. Natijada ular bilmagan holda shunday oilalarda ishyoqmas ko’cha bezori, erkatoylar etishadi. Nazarimizda bolalari bilan do’st, ularga diqqat-e'tibor bilan qaraydigan, qayg’ulariga hamdard, xursandchiliklariga sherik bo’luvchi bolalarga ma'naviy ko’maklashuvchi ota-onalargina haqiqiy ma'noda namuna bo’la oladi.
Bizningcha, ota-onalar o’zlarida quyidagi sifatlar bilan o’z farzandlariga namuna bo’lishlari lozim:
1. Ota-onalarning axloqiy jihatdan shaxsan namuna bo’lishlari;
2. O’zlariga topshirgan ishni ma'suliyat bilan bajarishlari;
3.Bolalar tarbiyasidagi ma'suliyat va burchini his qilishlar;
4. Mehnatda shaxsan namuna ko’rsatishlari;
5. Barcha farzandlarini teng ko’rishi;
6. Farzandlarining xarakter xususiyatlarini yaxshi bilishi;
7. Bolalarga tarbiyaviy ta'sir ko’rsatishning turli, usul va vositalarni yaxshi bilishi hamda ulardan oqilona foydalana olishi;
8. O’z obro’sini oilada doimo saqlashi;
9. Farzandlarini doimo foydali mashg’ulotlar bilan band qilishlar;
10. Oila xo’jaligini mohirlik bilan boshqara olishlari;
11. Oila tarbiyasini ijtimoiy-iqtisodiy tarbiya bilan bog’lab olib borishi;
12. Ota va ona talablarida birlikning bo’lishi;
Oila, tarbiyaning asosi, makoni va poydevoridir. Bolaning kim bo’lib yetishishi, asosan, oiladagi muhitga – tarbiyaviy ta'sirga bog’liq. Oila tarbiyasining samarasi bevosita oilada ota-onalar obro’si va shaxsan namuna ko’rsatishlariga bog’liq. Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u-bilig” asarida oilaviy tarbiya-bolalarning axloqiy qiyofasini shakllantirishda eng asosiy narsa ekanligini alohida ta'kidlaydi. “Mabodo, bolalarning xulq-atvori yomon bo’lsa, bunda gap bolada emas ota aybdor”, - deydi. Bu fikrdan har bir oilada ota-onalar o’z farzandlariga doimo barcha sohalarda namuna bo’lishlari shart degan g’oyani uqish mumkin. Haqiqatdan ham, oila tarbiyasida ota-onalar obro’si va namunasi bolalarni to’g’ri tarbiyalashning manbai hisoblanadi.
Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub” asarida ayolning oila turmushdagi hissasiga va shaxsiy namunasiga quyidagicha to’xtaladi: “Yaxshi xotin-oilaning davlati va baxti. Uyning ozodaligi undan, uy egasining xotirjam va osoyishtaligi undan. Husnli bo’lsa-ko’ngul ozig’i, xushmuomala bo’lsa, -jon ozig’idir. Oqila bo’lsa, ro’zg’orda tartib-intizom bo’ladi, asbob-anjomlar pokiza va saranjom turadi.
Yuqorida bildirilgan fikrlardan ma'lumki, ayol oila turmushida erning haqiqiy sodiq yo’ldoshi, bola tarbiyasida yaxshi va yomon sifatlarining tarbiyaviy ta'siri beqiyosligi o’ziga xos tarzda ifodalangan. Xulosa qilib aytganda ota-onalar farzandlariga yaxshi xulqlari bilan namuna, ibrat bo’lishlari pedagogik asoslangan.
Zero oila har qanday jamiyatning eng katta boyligi hisoblanadi. Faqat rivojlangan va taraqqiy etgan jamiyatgina yosh avlodni asrab-avaylab, uning har qanday tomonlama barkamol inson bo’lib etishmog’i uchun barcha moddiy, ma'naviy va maishiy shart-sharoitlarni yaratib bera oladi. Ana shunday holdagina yosh avlod o’z jamiyatini va o’z yurtini yuksaltirish uchun qudratli omil bo’lib xizmat qila oladi. Yosh avlod qadrlanmagan ijtimoiy jamiyat hech qachon mukammal va tez rivojlana olmaydi.
Kelajakni ishonib topshirish uchun yosh avlodning ma'naviy barkamolligi ta'minlanishi, u har tomonlama sog’lom qilib tarbiyalanishi lozim. Agarda bola har tomonlama sog’lomoilada, sog’lom ijtimoiy muhitda o’sib, sog’lomtarbiyachining qo’lida tarbiyalanmasa, u o’z elining munosib farzandi bo’lib voyaga yetadi. hozirgi kunda yosh avlodni tarbiyalashda oilaning hissasi kattaligini hisobga olsak, hech ikkilanmasdan aytish mumkinki, oilalarda qadriyatarning borligi ham katta ahamiyatga ega.


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish