Metall va qotishmalarning ichki tuzilishi bilan tarkibi va xossalarini o’zaro
bog’langan
holda
o’rganuvchi
fan
"Materialshunoslik"
deyiladi.
«Materialshunoslik» metall va qotishmalarni termik va kimyoviy – termik
ishlashning, quyish ishi, bosim bilan ishlash, kesib ishlash va payvandlashning
nazariy asosidir. Materialshunoslikni bilmay turib, xilma-xil xossali qotishmalar
hosil qilish, bu qotishmalardan tayyorlangan detal, asbob va boshqalarning
xossalarini zarur tomonga o’zgartirish mumkin bo’lmaydi.
Qadim-qadim zamonlarda odamlar tosh, suyak kabi materiallarni ish quroli
sifatida ishlatishgan. Bu materiallarni qayta ishlab, yerga ishlov berishda va ov
qurollari yasashda foydalanganlar. Asta-sekin yog’och, teri va loy kabi
materiallardan foydalanish o’zlashtirilgan. Bronza davrida metallurgiya sanoati
paydo bo’ldi. Metall qotishmalarining tarkibini o’zgartirib, ularning xossalarini
boshqarish mumkinligi ma’lum bo’ldi va bu amaliyotda ishlatila boshladi. Temir
davriga kelib, Osiyoda, O’rta Yer dengizi atrofida va Xitoy hududlarida ilk bor
metallarni qayta ishlaydigan korxonalar vujudga kela boshladi. Suv va havoning
ishlatilishi metallshunoslik sanoatida yangi bosqichning rivojlanishida asos bo’ldi.
Metallni eritib, uni tozalash, puflash uchun havodan foydalanish suyuqlantirilgan
metallar haroratini oshirishga imkon yaratdi.
"Materialshunoslik" fani XIX asrning oxirida og’ir sanoatning turli tarmoqlari
jo’shqin rivojlanayotgan yillarda fan tariqasida vujudga keladi. "Materialshunoslik"
fani fizika, kimyo kabi aniq fanlarga asoslanadi, o’zi esa texnologik fanlarga asos
bo’ladi. "Materialshunoslik" fani faqat metall va qotishmalarning ichki tuzilishi
bilan tarkibi va xossalarini bir biriga bog’lagan holda ko’rib ular xossalarining
o’zgarish sabablarini tushuntirish bilangina chegaralanmay, balki xossalarini
ehtiyojga ko’ra o’zgartirish mumkin bo’lgan yo’llarini ham o’rgatadi.
Materialshunoslik fani asoslari XIX asrning ikkinchi yarmida yaratilgan
bo’lishiga qaramay, hozirda ham fan yangiliklariga asoslanib, keng rivojlanmoqda.
Rus olimi M.V. Lomonosov (1711-1765) metallarning o’ziga xos
xususiyatlarini birinchi bo’lib tasvirlab berdi va talab etilgan xossali qotishmalar
hosil qilish yo’lini ko’rsatdi. Metallarning xossalari ularning atom kristall tuzilishiga
qarab o’zgaradi, elementlarning D.I. Mendeleyev (1834-1907) kashf etgan davriy
sistemasi ana shu qonuniyat sabablarini izohlashga imkon berdi. Rus olimi Ye.S.
Fyodorov (1853- 1919) kristallarda ion, atom va molekulalarning joylanish
qonunlarini topdi. Rus olimi P.P. Anosov (1797-1871) po’lat strukturasini o’rganish
uchun mikroskopdan jahonda birinchi bo’lib foydalandi. «Materialshunoslik»ning
ilmiy asoslarini ulug’ rus olimi D.K. Chernov (1839-1921) yaratdi. D.K. Chernov
po’latning xossalari uning kimyoviy tarkibigagina emas, balki tuzilishiga ham
bog’liq ekanligini ko’rsatdi. U kritik nuqtalar vaziyatining po’lat tarkibidagi uglerod
miqdoriga bog’liq ekanligini aniqlab, temir – uglerod qotishmalari holat
diagrammasini tuzish uchun asos yaratib berdi. Тemir – uglerod diagrammasi bir
qator olimlarning: R. Austen, F. Osmond, A. Le-Shatele va boshqalarning ishlariga
asoslanib, XIX asrning oxirida tuzib chiqildi. Rus olimi N.S. Kurnakov (1860-1941)
metallarning kimyoviy tarkibi, tuzilishi va fizikaviy xossalari orasida bog’lanish
borligini topdi va jahonda birinchi bo’lib, tarkib – xossa diagrammalarini tuzdi.
Uning qotishmalar nazariyasiga oid ishlari ham katta ahamiyatga ega.
Hozirgi vaqtda "Materialshunoslik" da davlatimiz olimlarining ham xissalari
bor. Shulardan V.A. Mirboboyev va I. Nosirovlarni misol qila olish mumkin. Bo’lar
Respublikamizning mustaqillik vaqtida "Materialshunoslik" fanidan qator ilmiy
izlanishlar va adabiyotlar yaratdilar.
Тabiatda hozir ma’lum bo’lgan 108 elementning taxminan ¾ qismi metallardir.
Metallar metall yaltiroqligiga ega bo’lgan plastik moddalardir. Ular o’zidan
issiqlikni va elektr tokini yaxshi o’tkazadi. Metall atomlarining sirtqi qavatidagi
elektronlar soni, odatda, 1-2 ta bo’lib, ular bu elektronlarini ma’lum sharoitda
boshqa elementlarga osongina beradida, musbat zaryadlangan ionlarga aylanadi
(bunday xossalar metallmas elementlarda bo’lmaydi). Hatto juda kichik potensiallar
ayirmasi hosil qilindi deguncha metallarning atomlaridagi elektronlari tartibli
harakatga kelib, musbat qutb tomon boradi, natijada elektr toki paydo bo’ladi.
Metallarning elektr tokini yaxshi o’tqizishiga sabab ham ana shu.
Do'stlaringiz bilan baham: |