8. Betonning siqilishga qarshiligini qanday oshirish mumkin?
Beton prizmaning buzilishi bo‘ylama darz hosil qiluvchi
ko‘ndalang deformatsiya natijasida ro‘y beradi (7-a rasm). Agar
prizmaga ko‘ndalang xomutlar joylashtirilsa, ko‘ndalang defor-
matsiyalar kamayadi, bo‘ylama darzlar kechroq hosil bo‘ladi,
buzilish ham yuqoriroq yukda sodir bo‘ladi. Tashqi xomutlar
vazifasini to‘r yoki spiral ko‘rinishidagi ko‘ndalang (bilvosita) ar-
matura ham bajarishi mumkin. Betonning ko‘ndalang deformat-
siyasi ta’sirida armatura cho‘zilib, qarshilik ko‘rsatadi va uni o‘zi
betonga ko‘ndalang yo‘nalishdagi to‘plangan siquvchi kuch sifa-
tida ta’sir qiladi (7-b rasm).
a
b
Do'stlaringiz bilan baham: |