Payvandlash vaqtida relslar 150-200 mm uzunlikda
yassi elektrodlar bilan
qisib qo‘yiladi va tok ikki tomondan beriladi. Relslarni payvandlashning
murakkabligi ularning shakli bilan bog‘lik, bo‘lib, bu relslarning uchlaribir
tekis qizishini va metali deformatsiyalanishini qiyinlashtiradi.
Payvandlash
sifati cho‘ktirish oldidan eritishni jadallashtirish orqali oshiriladi. Buning
uchun odatda V
ya.erish.
= 0,9-1,2 mm/sek gacha oshiriladi.
Payvand
birikmalarning xossalarini yaxshilash maqsadida, payvandlab bo‘lingandan
keyin normallash yoki bo‘shatish amalga oshiriladi.
6.
Zanjir bo‘g‘inlarini payvandlash.
Uchida chiqig‘i
bo‘lgan 20 mm
gacha diametrli zanjir bo‘g‘inlari qarshilik bilan payvandlanadi; chiqig‘i
bo‘lmaganlari
esa maxsus avtomatlarda, qizdirgan holda eritib
payvandlanadi, bu avtomatlar tanavorlarni kesib olnadi,
bukadi va
payvandlaydi. Katta kalibrli zanjirlar avtomat mashinalarda uzluksiz eritib
payvandlanadi. Zanjirning bo‘g‘ini ikkita yarimbo‘g‘indan payvandlansa
(bir io‘la ikkita uchma-uch birikish joyi payvandlanadi) sifati yaxshi va bip
jinsli bo‘ladi. Bu holda tok shuntlarlanmaydi va cho‘kitishda
deformatsiya
yuz
bermaydi.
7.
Asboblar tanavorini (zagotovkasini) payvandlash.
Sifatli
acbobsozlik po‘latini tejash maksadida undan asbobning ish qismi
tayyorlanadi, quyruq kismi esa arzon uglerodli po‘latdan ishlanadi.
Payvandlash eritib yoki qizdirgan holda eritib amalga oshiriladi. Payvandlash
texnologiyasi asosan ana shu po‘latlarning xossalari bilan belgilanadi.
Asbobsozlik po‘latning issiqlik va elektr o‘tkazuvchanligi pastligi
payvandlash paytida uglerodli po‘latdan yasalgan tanavorning o‘rnatish
uzunligini oshirish (30-50
%
)
orqali qoplanadi; po‘latning jadal toblanish
qobiliyati tufayli darz ketishga moyilligi payvandlab bo‘lingandan so‘ng
sekin
sovitish va keyin yumshatish yo‘li bilan kamaytiriladi; po‘latning
uta qizib
mo‘rt tuzilmali qismlar paydo bo‘lishga sezgirligi o‘ta qizigan metallni
cho‘ktirish bosimini oshirib yo‘qotish orqali bartaraf etiladi.
Payvandlash rejimi va keyin termik ishlov berish parametrlari
foydalaniladigan
asbobsozlik
po‘latining
xossalariga
qarab
oydinlashtiriladi.
Tekshirish uchun savollar
1.
Kam uglerodli po‘latni uchma-uch payvandlashning o‘ziga xos
xususiyatlarini aytib bering.
2.
Ko‘p legirlangan po‘latni uchma-uch payvandlashning o‘ziga xos
xususiyatlari qanday?
3. Titan qotishmalarini uchma-uch payvandlash qanday o‘ziga xos
xususiyatlarga ega?
4.
Sterjenlar va simni uchma-uch payvandlashning o‘ziga xos
xususiyatlarini so‘zlab bering.
5.
Asbob
tanavorini
uchma-uch
payvandlashning
o‘ziga xos
xususiyatlari nimalardan iborat?