Konstitutsiyaviy


XXVI bob.  O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati



Download 5,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/286
Sana13.01.2022
Hajmi5,93 Mb.
#356914
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   286
Bog'liq
11.Konstitusiyaviy huquq lotin

XXVI bob.  O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati

1-§.  Sud  davlat  hokimiyatining  mustaqil  tarmog‘i. 

Sud-huquq islohotlari

Sud hokimiyatning alohida tarmog‘i sifatida barcha demokra

-

tik mamlakatlarda e’tirof etilgan. Sobiq tuzumda sud sotsialistik 



tuzum  himoyachisi  sifatida  namoyon  bo‘lib,  undan  har  qanday 

demokratik chiqish va harakatlarni jazolash vositasi sifatida foy

-

dalanilgan.



Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab, 

sudlarni  alohida  mustaqil  hokimiyat  tarmog‘i  sifatida  vujudga 

keltirish uchun harakatlar boshlandi.

“Sud hokimiyati isloh qilinmoqda, u qonunlar ustunligini, bar-

cha fuqarolarning qonun oldida tengligini ta’minlashi lozim”

 1

 – 



deb mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlarida e’tirof et

-

gan edi Respublika Prezidenti.



O‘zbekiston Konstitutsiyasi loyihasini tayyorlashda sud hoki-

miyatini  mustaqil  hokimiyat  sifatida  o‘rnatishga  alohida  e’tibor 

berildi. Jahon mamlakatlari tajribasi o‘rganildi. Sud hokimiyatini 

tashkil etish davlat hokimiyatini tashkil etishning ajralmas qismi 

deb qaraldi.

“Davlat hokimiyatining tashkil etilishi va faoliyat tartibi va

-

kolatlarning taqsimlanish prinsipi asosida amalga oshiriladi. Qo



-

nun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati – davlatning uchta 

asosiy tayanchidir”

 2

 – degan g‘oya Konstitutsiyaning 11-modda-



sida asosiy prinsip sifatida mustahkamlab qo‘yildi.

O‘zbekiston mustaqilligi, davlat hokimiyatining jahon tajriba-

sida qo‘llab kelingan prinsiplarini qo‘llash natijasida Konstitutsi

-

yada sudni totalitar tuzum, undagi hukmron partiya manfaatiga 



xizmat  qiluvchi  vositadan  fuqarolarning  huquqlarini  himoya  qi

-

luvchi,  huquqiy  davlatning  muhim  vositasiga  aylantirish  uchun 



imkoniyat vujudga keldi va Konstitutsiyada mustahkamlandi.

1 Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. – T.: O‘zbekiston, 1992. 

– 5-bet.

2 Karimov I.A. O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat. – T.: O‘zbekiston, 1992. – 41-bet.




484

Lekin Konstitutsiya yoki boshqa qonunlarda masalani belgi

-

lashning o‘zi muammoni hal qilmas edi. Sudning haqiqiy hokimi



-

yat  organiga,  mustaqilligiga,  fuqarolarning  huquqlari  himoya

-

chisiga aylanishi uchun katta ishlarni amalga oshirish zarur edi. 



Buning uchun sud-huquq sohasini isloh qilish zarurligi belgilandi 

va  bosqichma-bosqich  islohotlar  amalga  oshirib  borildi.  Uning 

natijasida  sud  hokimiyatining  nazariy  asoslari,  huquqiy  asoslari 

shakllanib, kuchayib bordi.

Eng  avval  sud  hokimiyati  o‘zi  nima,  degan  savolga  javob 

berish  lozim  edi,  chunki,  shu  asosda  sudning  hokimiyat  tizi

-

midagi  o‘rnini  aniqlash,  u  haqda  aniqroq  tasavvur  hosil  qilish 



mumkin edi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumlarining birida sud 

hokimiyati tushunchasiga quyidagicha ta’rif berildi: “Sud hokimi

-

yati  –  bu  sudlarning  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi 



va  qonunlari  ustuvorligi  prinsipiga  so‘zsiz  rioya  qilish  asosida 

jinoiy,  fuqarolik,  xo‘jalik  ishlarini  va  ma’muriy  huquqbuzarlik 

to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish bo‘yicha vakolatidir”

 1

.



Bu  ta’rif  to‘la  sud  hokimiyati  vazifalarini  qamrab  olmagan 

bo‘lsa-da, dastlabki urinishlardan bo‘lganligi uchun uni ijobiy ba

-

holash mumkin. Albatta, sud hokimiyatiga ta’rif berishda (Konsti



-

tutsiyaviy sud) qonunlarning Konstitutsiyaga mos kelishi (Kons-

titutsiya  himoyasini),  fuqarolar  huquqi,  sha’ni,  qadr-qimmatini 

himoya qilish sudlarning asosiy vazifasi ekanligi e’tiborga olinishi 

kerak.

Sud  hokimiyatining  shakllanishida  1993-yil  6-mayda  qabul 



qilingan  “O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyaviy  sudi 

to‘g‘risida”gi, 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Sudlar to‘g‘-

risida”gi qonunlar muhim rol o‘ynadi.

Sud  hokimiyatini  mustahkamlash,  uning  mustaqilligini  ta’-

minlash masalasi doimiy ravishda davlat boshlig‘ining e’tiborida 

bo‘ldi.  Deyarli  barcha  asosiy  ma’ruzalarida  davlat  boshlig‘i  bu 

masala xususida to‘xtalib o‘tdi.

1 O‘zbekiston Oliy Sudi Plenumi qarorlari to‘plami. 1991–1997. – T.: Sharq, 1997. – 

5–6-betlar.



485

1996-yil 29-avgustdagi Oliy Majlis sessiyasidagi ma’ruzasida 

Prezident sud islohotlariga alohida to‘xtalib, shu munosabat bilan 

nimalar qilish kerakligini ochiq ko‘rsatib berdi

 1

.

Islohotlar  doirasida  olib  borilgan  ishlar  natijasida  sudlarning



 

huquqiy  asoslari  takomillashdi,  qonunlar  yangi  tahrirda  qabul 

qilindi.

Sudlarning mustaqilligini ta’minlash borasida tashkiliy ishlar 

ham amalga oshirildi.

1997-yil  12-sentabrda  Prezident  tashabbusi  bilan  O‘zbekis-

tonda  sudyalar  qurultoyi  chaqirilib,  unda  O‘zbekiston  sudyalari 

Assotsiatsiyasi ta’sis etildi va nizomi tasdiqlandi. Unda Assotsia-

tsiyaning  eng  muhim  vazifasi  Respublikada  sud  hokimiyatining 

haqiqiy mustaqilligini ta’minlash, deb belgilab qo‘yildi. Bu uyush-

ma tashkil bo‘lganidan boshlab sud islohoti bo‘yicha ko‘plab ishlar 

amalga oshirildi

 2

.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 14-avgust



-

dagi  “O‘zbekiston  Respublikasi  sudlar  tizimini  takomillashtirish 

to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan sudlar ixtisoslashtirildi. Fuqarolik 

sudlari vujudga keldi. Bu ham sud hokimiyatini mustahkamlash, 

ularning mustaqilligini ta’minlash yo‘lidagi katta tadbir bo‘ldi.

Sudlarning mustaqilligini ta’minlash maqsadida Adliya vazir-

ligining  sudyalikka  kadrlar  tayyorlash,  tavsiya  qilish  vakolatiga 

barham  berildi.  Sudyalarning  mustaqilligini  ta’minlash  maqsa

-

dida 1999-yil 30-iyundagi Prezident farmoyishi bilan O‘zbekiston 



Respublikasi Prezidenti huzurida sudyalarni tayinlash va lavozi

-

midan ozod qilish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha 



komissiya tashkil qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 4-maydagi 

Farmoniga ko‘ra, bu komissiya “O‘zbekiston Respublikasi Prezi

-

denti huzuridagi sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish 



bo‘yicha Oliy Malaka Komissiyasi”ga aylantirildi

 3

.



1 Qarang: Karimov I.A. Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish-

ning muhim vazifalari. – T.: O‘zbekiston, 1996. – 34–36-betlar.

2 Bu haqda qarang: O‘zbekistonda sud hokimiyati: islohotlar davri. – T.: Adolat, 2002. 

– 19–20-betlar.

3 O‘sha manba.



486

Sudyalar mustaqilligini ta’minlashda 2001-yil 22-sentabrda hu

-

kumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzu



-

rida Sud qarorlari va boshqa organlar qarorlarini ijro etish, sudlar 

faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash Departa

-

mentining tashkil etilishi muhim voqea bo‘ldi. Bu sudlarning iqtisodiy 



tomondan mahalliy davlat organlariga qaramligiga barham berdi.

Prezident  1999-yil  14-apreldagi  Oliy  Majlis  sessiyasidagi 

ma’ruzasida sud-huquq sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish

 ma-


salasiga alohida to‘xtaldi va shu maqsadda advokaturani kuchayti

-

rish, uning maqomini prokuraturaga tenglashtirish, sud jarayoni



-

da prokuror bilan advokatning teng asosda ishtirokini ta’minlash, 

sudyalar  har  ishda  tomonlarning  fikrini  xolisona  baholab,  qaror 

chiqarishi  zarurligi,  shundagina  kishilar  sudni  jazolovchi  organ 

emas,  fuqaro  manfaatlarini  himoya  qiluvchi  organ,  deb  qarashi 

mumkinligini bayon qildi

 1

.

2000-yil 22-yanvarda Oliy Majlis sessiyasida so‘zlagan ma’ru-



zasida Prezident mamlakatimizda olib borilishi kerak bo‘lgan yetti 

muhim vazifani (yo‘nalishni) ko‘rsatar ekan, beshinchi vazifa sifatida 

“Sud-huquq sohasida qilinadigan ishlarni ko‘rsatib berdi”

 2

. Bu yerda 



sud  islohotlari,  amaldagi  kodekslar,  qonunlar,  me’yoriy  hujjatlarni 

takomillashtirish bilan qo‘shib olib borilishi zarurligi ko‘rsatildi.

Shundan  so‘ng,  jinoyat  qonuniga,  ma’muriy  qonunchilikka, 

protsessual  qonunchilikka  ko‘pgina  o‘zgartirishlar  kiritildi.  Jazo 

tizimi erkinlashtirildi.

Oliy Majlisning 2002-yil 29-avgustda bo‘lib o‘tgan sessiyasi

-

da  Prezident  mamlakatimizda  olib  boriladigan  eng  muhim  islo



-

hotlarni belgilab berar ekan, oltinchi ustuvor yo‘nalish – bu sud-

huquq  sohasini  isloh  qilish  bo‘yicha  boshlangan  ishlarni  davom 

ettirishdan iborat, deya ta’kidlab, qilinishi zarur bo‘lgan ishlarni 

aniq ko‘rsatib berib, qayerda sud mustaqil bo‘lmas ekan, shu yer

da 


qonun talablari va adolat buzilishi muqarrar

 3

ligini, qayd qilgan edi.



1 Qarang: Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. – T.: O‘zbekiston, 1999. 

– 29–30-betlar.

2  Qarang:  Karimov  I.A.  Ozod  va  obod  Vatan,  erkin  va  farovon  hayot  –  pirovard 

maqsadimiz. – T.: O‘zbekiston, 2000, 29–30-betlar.

3  Karimov  I.A.  O‘zbekistonda  demokratik  o‘zgarishlarni  yanada  chuqurlashtirish  va 

fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari. – T.: O‘zbekiston. 

2002, – 13, 14, 28, 29-betlar.



487

Prezidentning  2005-yilda  bo‘lib  o‘tgan  Oliy  Majlis  palatala-

rining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida bayon qilingan ko‘rsatma-

larning sud-huquq sohasini isloh qilish, fuqarolarning huquqlarini 

himoya qilishdagi ahamiyati kattadir.

Ma’ruzada sud-huquq tizimini isloh qilish va liberallashtirish

-

ga alohida e’tibor berish qayd qilinar ekan, o‘tgan yillar davomida 



sud-huquq tizimi qurilmasining mutlaqo yangi Konstitutsiyasi 

amalda joriy qilinganligi e’tirof etildi. Sud-huquq sohasidagi islo

-

hotlar natijasida:



-  sudlarning ixtisoslashuvi amalga oshirilganligi;

-  sud ishlarini apellatsiya va kassatsiya tarzida ko‘rish insti

-

tutlarining joriy etilganligi;



-  tergov-surishtiruv va kishilarni hibsda saqlash muddatlari-

ning qisqarganligi, ishlarni sudda ko‘rib chiqishning qat’iy mud

-

datlari belgilanganligi;



-  sud sohasida kadrlarni tanlash va tasdiqlashning samarali 

va demokratik mexanizmi yaratilganligi;

-  sud qarorlarining ijrosi kuchayganligi (bunda departament

-

ning roli);



-  prokuratura organlarining sud jarayoniga aralashuvini chek-

lash bo‘yicha qonun normalariga o‘zgartirishlar kiritilganligi;

-  sud jarayonida prokuror va advokat huquqlarining tenglash-

tirilganligi alohida qayd etildi.

Shu bilan birga, sudlarning vakolatini kengaytirish, mustaqil

-

ligini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.



Jumladan:

-  prokuratura vakolatlarining bir qismini sudga o‘tkazish;

-  shaxsni  ushlab  turish,  hibsga  olish,  shuningdek  boshqa 

protsessual  majburiy  choralarni  qo‘llash  uchun  sanksiya  berish 

huquqlarini sudlarga o‘tkazish kerakligi;

-  jazolash tizimidan o‘lim jazosini chiqarib tashlash zarurligi 

va boshqalar

 1

.



1 Qarang: Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va 

yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. – T.: O‘zbekiston, 2005. – 

43–49-betlar.



488

Bularning  hammasi  qonunchilikda  o‘z  ifodasini  topdi.  Nati

-

jada fuqarolarni ushlab turish, hibsga olishga sanksiya berish va



-

kolati sudlarga o‘tkazildi, jazolar tizimidan o‘lim jazosi butunlay 

chiqarib tashlandi.

Sudya  kadrlarni  tanlash,  tavsiya  qilish  masalasini  yana

-

da  takomillashtirish  uchun  2006-yil  17-martda  Prezidentning 



“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tan

-

lash  va  lavozimlarga  tavsiya  etish  bo‘yicha  malaka  komissiyasi 



faoliyatini  takomillashtirish  to‘g‘risida”gi  Farmoni  qabul  qilindi. 

 

2012-yil  2-avgustda  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining



 

“Sud  tizimi  xodimlarini  ijtimoiy  muhofaza  qilishni  tubdan  yax

-

shilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va 2012-yil 29-de-



kabrda  “O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi  Sud-

yalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka 

komissiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoyishi 

qabul qilindi. Bu esa, sud tizimi xodimlarining lavozimiga tayin

-

lanishi va ularni ijtimoiy muhofaza tizimini takomillashishiga olib 



keldi. Jumladan, sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlana

-

digan nomzodlar zaxirasini shakllantirish ishlari Komissiya tomo



-

nidan adliya, prokuratura, sud va ichki ishlar organlari ishtirokida 

amalga oshiriladi.

Sudyalik  lavozimlariga  birinchi  marta  tayinlanadigan  nom

-

zodlar  zaxirasiga  tayyorgarlik  ko‘rgan,  katta  hayotiy  tajribaga, 



benuqson  obro‘-e’tiborga  ega  yuqori  malakali  yuristlar  orasidan 

o‘ttiz yoshdan kichik bo‘lmagan, oliy yuridik ma’lumotli, yuridik 

ixtisosligi bo‘yicha ish staji kamida besh yil bo‘lgan O‘zbekiston 

Respublikasining fuqarolari kiritilishi belgilandi.

Mamlakat  Prezidentining  “Mamlakatimizda  demokratik  is

-

lohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivoj-



lantirish  konsepsiyasi”  sud-huquq  tizimini  isloh  etishni  yanada 

chuqurlashtirish yo‘llarini, chora-tadbirlarini belgilab berdi. Kon

-

sepsiyada olib borilgan tadbirlar sud tizimini ijro etuvchi hokimi



-

yat organlari nazorat va ta’siridan chiqarish imkonini berganligi 

alohida ta’kidlandi.

Islohotlar natijasida fuqarolarning sud orqali himoyalanish ka

-

folatlari jiddiy tarzda kuchaytirildi, ushbu kafolatdan foydalanish 




489

imkoniyatlarini  yanada  kengaytirishni  ta’minlash  bo‘yicha  katta 

ko‘lamdagi chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Sudlarda ish ko‘rishdagi o‘zgarishlarga muvofiq, apellyasiya 

instansiyasi  ishni  yangitdan  ko‘rib  chiqishga  yubormasdan,  uni 

o‘zi xolisona ko‘rib chiqishi mumkin bo‘ldi. Prokuror va advokat 

tengligi ta’minlanib bormoqda. Islohotlarning eng muhim natijasi 

bu qonunchilikni yanada liberallashtirish va insonparvarlik tamo-

yiliga muvofiqlashtirish bo‘ldi. Eng muhimi, “Habeas korpus” ins-

titutining joriy etilishi, ya’ni 2008-yildan ehtiyot chorasi sifatida 

qamoqqa  olishga  sanksiya  berish  huquqi  prokuraturadan  sudga 

o‘tganligi prinsipial qadam bo‘ldi.

Konsepsiyada qo‘lga kiritilgan yutuqlarni sanab o‘tish bilan 

cheklanmay,  kelajakda  sud  hokimiyatini  yanada  kuchaytirish, 

sudning  chinakam  mustaqilligini  ta’minlash  uchun  qilinadigan 

aniq ishlar (tadbirlar) belgilab olindi

 1

.


Download 5,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish