Konstitutsiyaviy


Konstitutsiya  deganda  –  oliy  yuridik



Download 5,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/286
Sana13.01.2022
Hajmi5,93 Mb.
#356914
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   286
Bog'liq
11.Konstitusiyaviy huquq lotin

Konstitutsiya  deganda  –  oliy  yuridik 

kuchga  ega  davlatning  asosiy  qonuni  tushuniladi.  Bu 

qonun  davlat  tuzilishining  asosiy  prinsiplarini,  shaxs- 

ning huquqiy holati asoslarini, hokimiyat organlari tizimi, 

tarkibi, tashkil bo‘lish tartibi, vakolatlari, o‘zaro munosa-

batlari, davlatning jamoat birlashmalari bilan munosabat-

lari  asoslarini  belgilovchi  normalar  yig‘indisidan  iborat 

bo‘ladi.  Konstitutsiya  davlat  funksiyasi  doirasini,  uning 

1  Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T.2. – T.: O‘zbekiston, 1996. – 93-bet.




35

shaxs  va  jamiyat  bilan  aloqasi  asoslarini  o‘rnatish  bilan 

konstitutsiyaviy tuzum asoslarini belgilaydi.

Konstitutsiya mohiyatini mavjud tuzumda qo‘lga kiritilgan yu

-

tuqlar, ularning fuqarolar manfaatiga qanchalik mosligi belgilaydi. 



Shu va konstitutsiya bilan tartibga solish doirasi turli mamlakat

-

larda turlichaligi, konstitutsiyaviy huquq nazariyasida konstitutsiya 



tushunchasi, mazmuni va mohiyati haqida yagona fikr yo‘qligiga 

sabab bo‘ladi. Bundan tashqari turli mamlakatlar rivojlanish taraq

-

qiyotining har xilligi, konstitutsiya qabul qilinayotgandagi sharoit



-

larning har xilligi, xalqning ongi, dunyoqarashi, hatto axloqidagi 

farqlar ham bu masalalar yuzasidan turlicha fikrlar bo‘lishi tabiiy 

ekanligini ko‘rsatadi.

AQSh Konstitutsiyasi to‘rt asr yuzini ko‘rgan Konstitutsiyadir. 

U qabul qilingan 1787-yildagi sharoit va jamiyat taraqqiyoti XX asr 

oxiridagi va hozirgi sharoitdan mutlaqo farq qiladi. AQSh Konsti

-

tutsiyasi, shundan kelib chiqib, faqat hokimiyatga bog‘liq masala



-

larnigina  hal  qilgan.  Keyingi  kiritilgan  qo‘shimchalargina  inson 

huquqlariga taalluqli bo‘lgan. Shuning uchun AQShning Konstitu-

tsiyasini sof davlat (jamiyat emas) konstitutsiyasi va huquqiy huj

-

jati desak bo‘ladi. Angliyada esa hozirgacha yozilgan, ya’ni yagona 



shakldagi konstitutsiya yo‘q.

Shuning  uchun  ularning  konstitutsiyalariga  nisbatan  keyin

-

gi  davrda  qabul  qilingan  konstitutsiyalarga  ishlatiladigan  ta’rifni 



qo‘llab  bo‘lmaydi.  Ikkinchi  jahon  urushidan  keyingi  mustam

-

lakachilik tuzumining yemirilishi natijasida vujudga kelgan davlat



-

lar, Sovet Ittifoqi tarqalib ketishi natijasida vujudga kelgan musta

-

qil davlatlar konstitutsiyalarining tartibga solish doirasi nihoyatda 



kengaytirildi, bu Konstitutsiyaning mohiyati mazmuniga yangicha 

ta’rif berishga asos bo‘ladi.

Lekin, Konstitutsiya tushinchasiga beriladigan ta’riflarda, al

-

batta, uning fuqaro va shaxs huquqiy holati, erkinligining kafolati 



ekanligi, davlat hokimiyatini demokratik tashkil qilish hokimiyatlar 

bo‘linishi, prinsipida bo‘lishi, xalq suvereniteti saylab qo‘yiladigan 

vakillik organlari orqali amalga oshirilishi, konstitutsiya erkinlik 

va  hokimiyat  munosabatida  mutanosiblik  bo‘lishini  ta’minlanishi 

o‘z ifodasini topishi kerak.



36

Markscha-Lenincha konstitutsiyaviy ta’limotga asosan, kons-

titutsiyaning  mohiyatini  sinfiy  kurashdagi  sinfiy  kuchlar  nisbati 

belgilar  edi.  Bu  ularning  asosiy  ta’limotida  jamiyatning  sinflar

-

ga  bo‘linishi,  albatta  hukmron  sinfning  mavjud  bo‘lishi,  ularning 



irodasi  hamma  narsani  belgilashi,  boshqalarning  shu  irodaga 

bo‘ysunishga majburligi haqidagi ta’limotlariga mos edi. 

U ta’limotda hokimiyat kimgadir (qandaydir) guruhga tegishli 

bo‘lishi qat’iy e’tirof etilar, bu narsa yashirilmas edi.

Hozirgi demokratik jamiyatlarda hokimiyat mexanizmi bu ke

-

lishuvchilikdir (sheriklik), chunki jamiyatda siyosiy kuchlar turli-



tuman bo‘lib, hokimiyat uchun kurashuvchi subyektlar soni chek

-

lanmagan.  Hokimiyatdagi  kelishuvchilik  (sheriklik)  istalmasada, 



ixtiyoriylik asosida bo‘lib, umumiy maqsadga erishishda manfaat

-

dorlik bo‘lishidan, hokimiyat va erkinlik masalasini qonun asosida 



hal qilish zarurligidan vujudga keladi. Shuning uchun hozirgi kons- 

titutsiyalar,  hatto  eng  kuchli  bo‘lsa  ham,  ayrim,  ijtimoiy  sinflar-

ning manfaati uchungina xizmat qila olmaydi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasi sinfiylikdan holi, xalq manfaatini 

ifoda  etuvchi  konstitutsiyadir.  “Konstitutsiya  o‘zining  tub  mohi

-

yati, falsafasi, g‘oyasiga ko‘ra yangi hujjatdir. Unda kommunistik 



mafkura, sinfiylik, partiyaviylikdan asar ham yo‘q”

 1

.



Hozirgi kunda, hatto, ayrim guruh yoki sinf o‘z hukmronligi-

ni o‘rnatgan vaqtda ham, demokratik jamiyat uchun xos bo‘lgan, 

umume’tirof  etilgan  qadriyatlardan  boshqa,  yangi  narsani  taklif 

qilishni  tasavvur  qilish  qiyin.  Shuning  uchun  o‘rnatiladigan  tu

-

zum,  u  qanday  bo‘lishidan  qat’i  nazar,  hukmronlar  tomonidan 



demokratik  deb  e’lon  qilinadi,  hatto  o‘zi  avtoritar  yoki  totalitar 

bo‘lsa ham. Ular hech qachon nodemokratik konstitutsiyalar qabul 

qilishga tavakkal qilmaydi. Mamlakatda kelishuv faqat hokimiyat 

mexanizmini yaratishda bo‘lishi mumkin. Inson huquq va erkin

-

liklarini (bu konstitutsiyaning asosiy maqsadi) aniqlashda kelishuv 



bo‘lishi mumkin emas.

Totalitar tuzum va demokratik tuzumdagi davlatlarning kons-

titutsiyalari bir-biridan farq qiladi. Totalitar tuzum davlatlari kons-

1  Karimov I.A. O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat. – T.: O‘zbekiston, 1992. – 37-bet.




37

titutsiyalarida  davlatning  rahbarlik  roli  konstitutsiyaning  o‘zida 

ko‘rsatib qo‘yiladi va hukmron partiyaning g‘oyaviy ko‘rsatmalari 

ta’siri iqtisodiy va siyosiy tizimga to‘la tatbiq qilinadi. Shu asosda 

mafkura, g‘oya asosiy qonun darajasiga ko‘tariladi.

Demokratik jamiyatda esa, uning aksidir. Bu jamiyat hamma 

sohada davlat boshqaruviga, rahbarligiga muhtoj emas. Bu jami

-

yatda konstitutsiya davlatga jamiyatni himoyalash vazifasini yuk



-

laydi.


Bunday  jamiyatdagi  konstitutsiyalarda  davlatning  jamiyatni 

himoyalash, fuqaro mas’uliyatini himoyalash vazifasi aniq belgilab 

qo‘yiladi.

Konstitutsiyalar muqaddima qismining mavjudligi bilan ham 

boshqa qonunlardan farq qiladi. Muqaddima tantanali – deklarativ 

xarakterdagi  ta’kidlardan  iborat  bo‘lib,  ular  yuridik  kuchga  ega 

emas.  Muqaddimada  davlatning  maqsad  va  vazifalari,  davlatchi

-

likda qabul qilinadigan, tayaniladigan qadriyatlar, xalq va kelajak 



avlod oldidagi mas’uliyat belgilanadi. Bu g‘oyalar keyinchalik turli 

ko‘rinish va shakllarda konstitutsiya normalarida o‘z aksini topadi. 

Shuning  uchun  ham,  konstitutsiyalarga  ta’rif  berilganda,  konsti

-

tutsiya  qo‘lga  kiritilgan  yutuqlarni,  mavjud  ijtimoiy  munosabat



-

larni mustahkamlovchi hujjat bo‘lib qolmay, maqsad va vazifalarni 

belgilovchi hujjat hamdir, deb ta’riflanadi.


Download 5,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish