Konstitutsiyaviy


-§. Fuqarolar yig‘ini raisini saylash



Download 5,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/286
Sana13.01.2022
Hajmi5,93 Mb.
#356914
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   286
Bog'liq
11.Konstitusiyaviy huquq lotin

4-§. Fuqarolar yig‘ini raisini saylash

Fuqarolar  yig‘ini  raisi  va  uning  maslahatchilarini  2,5  yilga 

saylanish va saylash tartibi qonunlar bilan belgilanishi O‘zbekis-

ton Konstitutsiyasining 105-moddasida, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi 

boshqarish  to‘g‘risida”gi  qonunning  20-moddasida  belgilab  qo‘-

 

yilgan.




466

Shu asosda va shu masalani hal qilish uchun 2004-yil 29-av

-

gustda  “Fuqarolar  yig‘ini  raisi  (oqsoqoli)  va  uning  maslahatchi-



lari  saylovi  to‘g‘risida”

 1

  qonun  qabul  qilingan.  Ushbu  Qonun 



2013-yil 22-aprelda yangi tahrirda qabul qilingan bo‘lib, fuqarolar 

yig‘ini  raisi  (oqsoqol)  va  uning  maslahatchilari  saylovini  yanada 

demokratik ruhda o‘tkazishni ta’minlashga hissa qo‘shdi. Xususan, 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Senatida  muvofiqlashtiru

-

vchi Kengash tashkil etilishi, ishchi guruh maqomining takomil



-

lashuvi, nomzodlarga qo‘yilgan talablarning kuchaytirilganligi va 

Oliy Majlis Senati tomonidan saylov byulletenlarining ishlab chi

-

qilishi shular jumlasidandir.



Fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchilari saylovi demo-

kratizm, oshkoralik va teng saylov huquqi asosida o‘tkaziladi.

Fuqarolar  yig‘ini  raisi  va  uning  maslahatchilarini  saylash

-

da  tegishli  hududda  doimiy  yashovchi  O‘zbekiston  Respublikasi 



fuqarolari jinsi, irqiy hamda milliy mansubligi, tili, dinga muno

-

sabati,  ijtimoiy  kelib  chiqishi,  shaxsiy  hamda  ijtimoiy  mavqeyi, 



ma’lumoti, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar, teng 

saylov huquqiga egadirlar.

Fuqarolar  yig‘ini  raisi  va  uning  maslahatchilarini  saylashda 

fuqarolar yig‘inining har bir ishtirokchisi bir ovozga ega.

Fuqarolar  yig‘ini  raisi  va  uning  maslahatchilari  saylovida 

fuqarolarning ishtirok etishi ixtiyoriy hamda erkindir. Fuqarolarga 

ularni  saylovda  ishtirok  etishga  yoki  ishtirok  etmaslikka  majbur 

qilish  maqsadida,  shuningdek  ularning  o‘z  xohish-irodasini  erkin 

bildirishiga ta’sir ko‘rsatishga hyech kim haqli emas.

Fuqarolar  yig‘ini  raisi  va  uning  maslahatchilarini  saylash 

huquqiga saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolar egadirlar.

Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar-

ning  fuqarolar  yig‘ini  raisi  va  uning  maslahatchilari  saylovida 

ishtirok etishi mumkin emas.

Fuqarolar  yig‘ini  raisi  va  uning  maslahatchilari  saylovida 

fuqarolarning ishtirok etish huquqlarini biron bir tarzda bevosita 

yoki bilvosita cheklash taqiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari to‘plami. 



–T.: 2007. 198-203 betlar.


467

Fuqarolar  yig‘ini  raisi  va  uning  maslahatchilari  saylovini 

tashkil etish hamda o‘tkazish ochiq va oshkora amalga oshiriladi.

Fuqarolar  yig‘ini  raisi  va  uning  maslahatchilari  saylovi 

tashkil  etilayotganda  hamda  o‘tkazilayotganda  fuqarolar  yig‘ini 

o‘tkaziladigan kun, vaqt va joy to‘g‘risida fuqarolar xabardor eti

-

ladi,  fuqarolar  yig‘ini  raisi  va  uning  maslahatchilari  vazifasiga 



ko‘rsatilgan nomzodlardan, ovoz berish yakunlaridan voqif qilinadi.

O‘zbekiston  Respublikasining  ommaviy  axborot  vositalari 

fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchilari sayloviga tayyorgar

-

lik jarayonini hamda saylov qanday o‘tayotganligini yoritib boradi.



Fuqarolar  yig‘ini  raisi  va  uning  maslahatchilari  fuqarolar 

yig‘ini tomonidan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa 

fuqarolar  vakillari  yig‘ilishi  tomonidan  ikki  yarim  yil  muddatga 

saylanadi.

Davlat  hokimiyati  hamda  boshqaruv  organlari  fuqarolar 

yig‘ini raisi va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda 

o‘tkazishda fuqarolar yig‘inlariga ko‘maklashishlari, zarur hollarda 

ularni binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlashlari shart.

Fuqarolar  yig‘ini  raisi  va  uning  maslahatchilari  saylovini 

o‘tkazish muddatlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

Fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari saylo

-

vini tashkil etish hamda o‘tkazishda fuqarolar yig‘inlariga amaliy 



yordam  ko‘rsatish  uchun  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  viloyat

-

lar,  tumanlar  hamda  shaharlar  hududida  tegishincha  fuqarolar 



yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovini tashkil et

ish 


hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Qoraqalpog‘iston Respublika

-

si, viloyatlar, tumanlar va shaharlar komissiyalari tuziladi.



Komissiyalar tegishli davlat hokimiyati vakillik organining qa-

rori bilan fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari 

saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish davri uchun tuziladi.

Komissiyalar  tarkibiga,  qoida  tariqasida,  fuqarolar  yig‘in-

 

larining, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining, nodavlat 



notijorat tashkilotlarining vakillari kiritiladi.

Fuqarolar  yig‘ini  raisi  yoki  uning  maslahatchilari  vazifasiga 

nomzodlar komissiyaga a’zo shaxslar orasidan ko‘rsatilgan bo‘lsa, 

ular komissiya tarkibidan chiqariladi.




468

Fuqarolar  yig‘ini  raisi  va  uning  maslahatchilari  saylovini 

tashkil etish hamda o‘tkazish uchun fuqarolar yig‘ini yoki uning 

kengashi  qarori  bilan  saylov  davri  uchun  fuqarolar  yig‘ini  raisi 

va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish 

bo‘yicha ishchi guruhi tuziladi.

Ishchi guruhi tarkibiga, qoida tariqasida, fuqarolar yig‘inining, 

tegishli  hududda  joylashgan  nodavlat  notijorat  tashkilotlarining, 

korxonalar,  muassasalar  va  tashkilotlarning  vakillari  kiritiladi. 

Fuqarolar  yig‘ini  raisi  va  uning  maslahatchilari  ishchi  guruhi 

tarkibiga kiritilishi mumkin emas.

Fuqarolar  yig‘ini  raisi  yoki  uning  maslahatchilari  vazifasiga 

nomzodlar  ishchi  guruhiga  a’zo  shaxslar  orasidan  ko‘rsatilgan 

bo‘lsa, ular ishchi guruhi tarkibidan chiqariladi.

Fuqarolar yig‘ini (vakillar yig‘ilishi) qonun hujjatlarida belgi

-

langan tartibda chaqiriladi va o‘tkaziladi.



Fuqarolar  vakillarining  yig‘ilishiga  hovlilar,  uylar,  ko‘chalar, 

mahallalar,  mavzelar  va  dahalardan  ularda  yashovchilarning 

umumiy  yig‘ilishi  qarori  bilan  saylanadigan  namoyandalar  vakil 

qilinadilar.  Vakillik  normasini  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqa-

rish ishlari bo‘yicha tegishli tuman yoki shahar muvofiqlashtirish

 

kengashi belgilaydi.



Fuqarolar yig‘ini raisi vazifasiga nomzodlar ko‘rsatish tegishli 

hududda yashovchi aholining fikrini hisobga olgan holda ishchi gu

-

ruhi tomonidan amalga oshiriladi. Fuqarolar yig‘ini raisi vazifasiga 



ko‘rsatilgan nomzodlarga doir hujjatlar tuman yoki shahar hokimi 

bilan  kelishish  uchun  tegishli  tuman  yoki  shahar  komissiyasiga 

saylovdan kamida o‘n kun oldin topshiriladi.

Fuqarolar yig‘ini raisi vazifasiga nomzodlar, qoida tariqasida, 

oliy ma’lumotli bo‘lishi va saylov kuni tegishli hududda doimiy 

yashab  turgan  bo‘lishi,  shuningdek  tashkilotchilik  qobiliyatiga, 

hayotiy  tajribaga  va  aholi  o‘rtasida  obro‘-e’tiborga  ega  bo‘lishi 

kerak.


Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar, 

shuningdek  sudning  hukmi  bilan  ozodlikdan  mahrum  etish  joy

-

larida saqlanayotgan shaxslar fuqarolar yig‘ini raisi vazifasiga say



-

lanish uchun nomzod etib ko‘rsatilishi mumkin emas.




469

Fuqarolar  yig‘ini  raisi  maslahatchilarining  miqdoriy  tarkibi 

hovlilar, uylar, ko‘chalar, mahallalar, mavzelar va dahalardan vakil-

likni hisobga olgan holda fuqarolar yig‘ini tomonidan belgilanadi.

Fuqarolar  yig‘ini  raisi  maslahatchilari  vazifasiga  nomzodlar 

fuqarolar yig‘ini ko‘rib chiqishi uchun fuqarolar yig‘ini raisi tomo

-

nidan taqdim etiladi.



Fuqarolar  yig‘ini  raisi  va  uning  maslahatchilarini  saylash 

ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali amalga oshiriladi.

Ovoz berish shakli to‘g‘risidagi qaror fuqarolar yig‘ini tomo

-

nidan ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi.



Fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchilari saylovi bo‘yicha 

ovoz berish natijalarini aniqlash uchun fuqarolar yig‘ini tomonidan 

kamida uch kishidan iborat tarkibda sanoq komissiyasi saylanadi.

Fuqarolar yig‘ini raisi yoki uning maslahatchilari saylovi ochiq 

ovoz berish orqali o‘tkazilayotganida ovoz berish har bir nomzod 

bo‘yicha takliflarning kelib tushish tartibiga qarab, qo‘l ko‘tarish 

yo‘li bilan o‘tkaziladi.

Ovozlar sanoq komissiyasi tomonidan, fuqarolar yig‘ini raisi 

yoki  uning  maslahatchilari  vazifasiga  har  bir  nomzod  bo‘yicha 

sanab chiqiladi.

Fuqarolar  yig‘ini  raisi  yoki  uning  maslahatchilari  saylovi

 

yashirin  ovoz  berish  orqali  o‘tkazilayotganida  fuqarolar  yig‘ini 



ishtirokchilariga  sanoq  komissiyasi  tomonidan  ovoz  berish  byul

-

letenlari beriladi.



Yashirin ovoz berish byulleteniga fuqarolar yig‘ini raisi yoki 

uning  maslahatchilari  vazifasiga  nomzodlarning  familiyasi,  ismi, 

otasining ismi alifbo tartibida kiritiladi.

Fuqarolar yig‘ini raisi yoki uning maslahatchilarini saylashda 

yashirin ovoz berish byulletenlarini berish bevosita ovoz berishdan 

oldin boshlanadi.

Fuqarolar  yig‘ini  raisi  yoki  uning  maslahatchilarini  saylash 

byulleteni ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi 

yoxud xonasida to‘ldiriladi. Ovoz beruvchi o‘zi qarshi ovoz bera-

yotgan nomzodlarning byulletendagi familiyasini o‘chiradi.

Ovoz  beruvchi  to‘ldirilgan  ovoz  berish  byulletenini  saylov 

qutisiga tashlaydi.




470

Saylov qutilari ovoz berish tugaganidan keyin sanoq komis

-

siyasi tomonidan ochiladi.



Ovozlarni sanash natijalari bo‘yicha sanoq komissiyasi tomo

-

nidan bayonnoma tuziladi.



Fuqarolar  yig‘inida  hozir  bo‘lgan  fuqarolarning  yarmidan 

ko‘pining ovozini olgan nomzod fuqarolar yig‘ini raisi yoki uning 

maslahatchisi vazifasiga saylangan hisoblanadi.

Fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchilari saylovi yakun

-

lari bo‘yicha fuqarolar yig‘ini qaror qabul qiladi hamda mazkur qa



-

ror fuqarolar yig‘inida raislik qiluvchi tomonidan o‘qib eshittiriladi.

Fuqarolar  yig‘ini  bayonnomasi  ikki  nusxada  tuzilib,  bitta 

nusxasi saylov yakunlarini umumlashtirish uchun tegishli tuman 

yoki shahar komissiyasiga taqdim etiladi.

Tuman va shahar komissiyalari fuqarolar yig‘inlari raislari va 

ularning maslahatchilari saylovi yakunlariga doir umumlashtiril-

gan  ma’lumotlarni  tegishincha  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi, 

viloyat yoki Toshkent shahar komissiyasiga topshiradi.

Agar  fuqarolar  yig‘ini  raisi  va  uning  maslahatchilari  say

-

lovida  fuqarolar  yig‘inida  ishtirok  etuvchilar  ro‘yxatiga  kiritilgan 



fuqarolarning yarmidan kami ishtirok etgan bo‘lsa, saylov o‘tmagan 

deb topiladi. Fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchilari saylo

-

vi fuqarolar vakillarining yig‘ilishlarida o‘tkazilgan taqdirda, agar 



yig‘ilishda fuqarolar vakillarining uchdan ikki qismidan kami ishti

-

rok etgan bo‘lsa, saylov o‘tmagan deb topiladi.



Fuqarolar  yig‘ini  raisi  yoki  uning  maslahatchilari  saylovi 

chog‘ida yo‘l qo‘yilib, oqibat natijada ovoz berish yakunlariga ta’sir 

qilgan  qoidabuzarlik  tufayli  saylov  sud  tomonidan  haqiqiy  emas 

deb topilishi mumkin.

Agar fuqarolar yig‘ini raisi yoki uning maslahatchisi vazifasi

-

ga  ikki  nafardan  ortiq  nomzod  ko‘rsatilgan  va  ulardan  birontasi 



ham  saylanmagan  bo‘lsa,  fuqarolar  yig‘ini  eng  ko‘p  ovoz  olgan 

ikki nomzod bo‘yicha takroriy ovoz berishni o‘tkazish to‘g‘risida 

qaror qabul qiladi. Takroriy ovoz berish ushbu Qonunning talab

-

lariga rioya etilgan holda o‘tkaziladi.



Takroriy  ovoz  berishda  ishtirok  etgan  fuqarolarning  ovozini 

boshqa  nomzodga  nisbatan  ko‘proq  olgan  nomzod,  basharti  uni 




471

yoqlab berilgan ovozlar soni unga qarshi berilgan ovozlar sonidan 

ko‘p bo‘lsa, fuqarolar yig‘ini raisi yoki uning maslahatchisi vazi

-

fasiga saylangan hisoblanadi.



Fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchisi takroriy saylovi 

quyidagi hollarda o‘tkaziladi:

avvalgi saylov o‘tmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan bo‘lsa;

takroriy ovoz berish fuqarolar yig‘ini raisi yoki uning masla

-

hatchisi saylanganligini aniqlash imkonini bermasa;



fuqarolar  yig‘inida  fuqarolar  yig‘ini  raisi  yoki  uning  masla

-

hatchisi vazifasiga ko‘pi bilan ikki nafar nomzod ko‘rsatilgan ham



-

da ulardan birontasi ham saylanmagan bo‘lsa.

Fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchisi takroriy saylovi 

ushbu  Qonunning  talablariga  rioya  etilgan  holda  ko‘pi  bilan  bir 

oylik muddat ichida o‘tkaziladi.

Fuqarolar  yig‘ini  raisi  yoki  uning  maslahatchisi  vakolatlari 

muddatidan ilgari tugatilgan bo‘lsa, tegishli fuqarolar yig‘inlarida 

ushbu  Qonunning  talablariga  rioya  etilgan  holda  yangi  saylov 

o‘tkaziladi.

Fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchilari saylovi nati

-

jalari  asosida  fuqarolar  yig‘ini  qonun  hujjatlarida  belgilangan 



tartibda  fuqarolar  yig‘ini  kengashini  shakllantiradi,  fuqarolar 

yig‘ini  faoliyatining  asosiy  yo‘nalishlari  bo‘yicha  komissiyalarni 

va  fuqarolar  yig‘ini  taftish  komissiyasini,  shuningdek  ma’muriy 

komissiyani saylaydi.

Fuqarolar  yig‘ini  raisi  va  uning  maslahatchilari  saylovi 

to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgi

-

langan tartibda javobgar bo‘ladilar.



Fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchilari saylovi nati

-

jalari yuzasidan fuqarolar yig‘ini qabul qilgan qaror ustidan sudga 



shikoyat qilinishi mumkin.

Raisning vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan oldin tuga

-

tiladi:


u o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilganda;

fuqarolar yig‘ini qaror qabul qilganda;

u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda;

unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda.




472


Download 5,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish