303
Saylovoldi tashviqot va targ‘ibot ishlari saylov qonunlari bi
-
lan tartibga solingan va saylov jarayonining alohida tadbirlaridan
hisoblanadi.
2012-yil 19-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining “Say
-
lov erkinligi yanada ta’minlanishi va saylov qonunchiligi yanada
rivojlantirilishi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi hamda “Xalq deputatlari viloyat,
tuman va shahar kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish
haqida”gi Qonuni qabul qilingan bo‘lib, ushbu qonunda “saylov-
oldi tashviqoti” tushunchasiga rasmiy ta’rif berildi. Unga ko‘ra,
saylovoldi tashviqoti – saylov kampaniyasi davrida amalga oshi-
riladigan va saylovchilarni deputatlikka nomzodni yoki siyosiy
partiyani yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyat.
Saylovoldi tashviqoti Qonunchilik palatasi deputatligiga
nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, mahalliy
Kengashning tegishli Kengashlari deputatligiga nomzodlar tegish-
li Kengashlarga saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyalari tomo
-
nidan ro‘yxatga olingan kundan boshlanadi.
Saylovoldi tashviqoti deputatlikka nomzodlar Markaziy say
-
lov komissiyasi yoki tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komis
-
siyasi tomonidan ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran boshlanadi.
Saylov kuni va ovoz berish boshlanishiga bir kun qolganida say
-
lovoldi tashviqotiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Vakillik organlari deputatligiga nomzodlar uchun ommaviy
axborot vositalaridan teng foydalanish imkoniyati yuklatiladi.
Saylovchilar bilan uchrashuv uchun yig‘ilishlarni siyosiy par
-
tiyalar mustaqil o‘tkazadilar. Mahalliy davlat hokimiyati organ
-
lari, jamoat birlashmalar yig‘ilishlar o‘tkaziladigan joylarni talab
darajasida jihozlashga ko‘maklashadi. Yig‘ilishlar ish vaqtidan
boshqa vaqtlarda o‘tkaziladi.
Saylov kuni tashviqot olib borishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tashviqot-
targ‘ibot ishlarida nomzodlarning vakillari muhim rol o‘ynaydi.
Prezident tomonidan ilgari surilgan Konsepsiyada saylov
-
larda tenglikni ta’minlash maqsadida saylovoldi tashviqotining
shakl, usullarini kuchaytirish, qonunlarda saylovoldi tashviqoti-
ning tushunchasiga aniq ta’rif berish, uning turlarini aniqlashti
-
304
rish, bularni qonunlarda aks ettirish alohida ko‘rsatildi
1
. 2012-yil
19-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining “Saylov erkinligi yana-
da ta’minlanishi va saylov qonunchiligi yanada rivojlantirilishi
munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga say
-
lov to‘g‘risida”gi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va sha
-
har kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi
qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qo
-
nuni qabul qilindi. Shu asosda qonunlarga tegishli o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritiladi.
Saylov jarayonida, ayniqsa, tashviqot va targ‘ibot bosqichida
nomzodlar o‘z faoliyatlarini erkin olib borishlari uchun ularning
mehnat huquqlari, transportdan foydalanish huquqlari alohida
muhofaza qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod, O‘zbekis-
ton Respublikasi Bosh Prokurorining roziligisiz Jinoiy javobgar
-
likka tortilishi, hibsga olinishi yoki sud tomonidan beriladigan
ma’muriy jazoga tortilishi mumkin emas. Nomzodni majburiy
yuborish, uni shaxsiy buyumlarini, yukini, transportini, turarjoy
va xizmat binolarini ko‘zdan kechirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Saylovoldi tashviqotida nomzodlarning huquqlari kafolat
-
landi. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi
Qonunning 28, 28
1
, 29-moddalarida, “O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 27–30-moddala-
rida, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga
saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 25–28-moddalarida ko‘rsatilgan.
Xususan, 2012-yil 19-dekabr qonuni bilan O‘zbekiston Respubli-
kasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risi-
da”gi Qonuni 27-moddasi yangi tahrirda bayon etildi va 271, 272,
273, 274-moddalari bilan to‘ldirildi. “Xalq deputatlari viloyat, tuman
va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 25-mod
-
dasi yangi tahrirda bayon etildi va 251, 252, 253, 254-moddalari
bilan to‘ldirildi. Ushbu moddalar orqali caylovoldi tashviqoti tu-
shunchasi aniq belgilandi. saylovoldi tashviqotini ommaviy axborot
vositalari orqali, bosma, ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tash
-
1 Qarang: Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2010. – 39-bet.
305
viqot materiallarini chiqarish hamda tarqatish orqali olib borish va
saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali saylovoldi tash
-
viqotini olib borish tartibi aniq belgilandi.
Bundan tashqari, mazkur qonunlarda deputatlikka nomzodlik
maqomidan mahrum qilish, nomzodlikdan voz kechish jarayonlari
ham belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: