OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
KONSTITUTSIYAVIY QONUNINING LOYIHASI
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida
1-modda.
1992-yil 8-dekabrda oʻn ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining oʻn birinchi
sessiyasida qabul qilingan
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga (Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 4-modda; 1994-yil, № 1,
5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil,
№ 3–4, 27-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining
Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 162-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda;
2011-yil, № 4, 100-modda, № 12/1, 343-modda; 2014-yil, № 4, 85-modda;
2017-yil, № 4, 134-modda, № 5, 200-modda, № 8, 383-modda; 2018-yil, № 10,
674-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 3, 162-modda, № 9, 588-modda;
2021-yil, № 2, 139, 140-moddalar) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilib, uning
quyidagi yangi tahriri tasdiqlansin:
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI
MUQADDIMA
Biz, Oʻzbekistonning yagona xalqi,
inson huquq va erkinliklariga, milliy
va umuminsoniy qadriyatlarga,
davlat suvereniteti prinsiplariga sodiqligimizni tantanali ravishda eʼlon qilib,
demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik gʻoyalariga
sadoqatimizni namoyon qilib,
inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni va
qadr-qimmati oliy qadriyat
hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni, ochiq va adolatli jamiyatni
barpo etish borasida hozirgi va kelajak
avlodlar oldidagi yuksak
masʼuliyatimizni anglagan holda,
davlatchiligimiz rivojining uch ming yildan ziyod tarixiy tajribasiga,
shuningdek jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qoʻshgan buyuk
ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va maʼnaviy merosiga tayanib,
mamlakatimizning bebaho tabiiy boyliklarini koʻpaytirishga
hamda
hozirgi va kelajak avlodlar uchun asrab-avaylashga hamda atrof-muhit
musaffoligini saqlashga astoydil ahd qilib,
xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsip va normalariga asoslangan
holda,
2
Oʻzbekistonning
jahon hamjamiyati, eng avvalo, qoʻshni davlatlar bilan
doʻstona
munosabatlarini hamkorlik, oʻzaro qoʻllab-quvvatlash, tinchlik
va totuvlik asosida mustahkamlash hamda rivojlantirishga intilib,
fuqarolarning munosib hayot kechirishini, millatlararo va konfessiyalararo
totuvlikni, koʻp millatli jonajon Oʻzbekistonimizning
farovonligini va gullab-
yashnashini taʼminlashni maqsad qilgan holda,
ushbu Konstitutsiyani qabul qilamiz va eʼlon qilamiz.