Vaziyatga huquqiy baho berin.
JAVOB:
Ushbu muammoli savollarni IRAC tizimi bo’yicha ko’rib chiqadigan bo’lsak
IRACtizimi quyidagicha manoni anglatadi I-muammo R-Qonun hujjatlari A-
Qonun hujjatlari asosida tahlil qilish C-xulosa quyidagi muammolarni korib
chiqgan xolatda qonun hujjatlariga tegishli ravishda muammoni o’rganib uni tahlil
qilib o’z xulosamizni yozib qoldiramiz . 1-muammo. (I) Ishchi xodimlarning
huquqlari va erkinliklari buzilayotgani to’g’risida murojat qilganligi. Brinchi
navbatda
biron
bir
korxonada
ishlayotgan
xodimlarnnig
huquqini
buzilayotganligini ko’rib turipmiz, korxonadagi ishchi xodimlarning o’z huquqlari
erkinliklari va shu bilan bir qatorda ish beruvchi bilan tuzilgan shartnomada
ishning qay tarizda olib borilishi va xodimlarning huquqlari majburiyatlari ham
ko’rsatib o’tilgan . R.1.O’zbekiston Respublikasi mehnat kodeksining 8-moddasida
ko’rsatib o’tilganidek. Har bir shaxsning mehnat huquqlarini himoya qilish
kafolatlanadi, bu himoya mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya qilishni
tekshiruvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningddek mehnat nizolarini
qo’ruvchi organlar tomonidan amalga oshiriladi. A.1.O’zbekiston Respublikasi
mehnat kodeksining 16-moddasi Xodimning asosiy mexnat huquqlari; O’zbekiston
Respublikasining Konistitutsiysiga muvofiq har bir shaxs mehnat qilish, erkin ish
tanlash, haqqoniy mehnat shartlari asosida ishkash va qonunda belgilangan tartibda
ximoyalanish huquqiga egadir. Har bir xodim: o’z mehnati uchun qonun
hujjatlarida Mehnatga xaq to’lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi
bo’yicha belgilanganidan oz bo’lmagan miqdirda xaq olish; muddatlari chegarasi
belgilangan ish vaqtini o’rnatish, bir qator kasblar va ishlar uchun ish
kunini qisqartirish, bayram kunlari, shuningdek xaq to’lanadigan yillik ta’tillar
berish orqali ta’minlanadigan dam olish; xafsizlik va gigenik talablarga javob
beradigan sharoitlarda mehnat qilish; kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va
malakasini oshirish;ish bilab bog’liq holda sog’ligiga yoki mol-mulkiga
yetkazilgan zararlarni o’rnini qoplash; kasaba uyishmalariga hamda hodimlar va
mehnat jamolarining manfaatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish;
qariganda mehnat qobilyatini yo’qotganda boquvchisidan mahrum bo’lganda va
qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish; o’zini mehnat
huquqlarini ximoya qilish, shu jumladan sud orqali himoya qilish va malakali
yuridik yordam olish; jamoalarga doir mehnat nizolarida o’z manfaatlarini
quvvatlash huquqiga egadir. Mehnat qilish huquqi –insonnong O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasi bilan kafolatlangan asosiy huquq
hamda erkinliklaridan biri hamdir. Yuqoridagi xalqaro hamda milliy qonunlarda
insonning mehnat qilish soxasidagi huquqlarinin to’la ro’yobga chiqarilishini
ta’minlash, kafolatlash hamda turli huquq buzarliklardan himoya qilishga
qaratilgan huquqiy usul hamda turli vositalar nazarda tutilgan. Xodimning huquq
va erkinliklari yuqoridagi qununlarda ko’rsati o’tilgan bo’lib har bir fuqaro yani
shaxs mexnat qilish erkin kasb tanlash huquqiga ega, qonun hujjatlariga rioya
qilishning tekshiruvchi va mehnat nizolarini ko’rib chiquvchi organlar mavjud
bo’lib, buzilgan huqulari va erkinliklarini tiklashga yordam beruvchi organ
hisoblanadi. C.1.Xulosa qilib shuni aytish korxonaning xodimlarini ularning
huquqi va erkinliklarini va xuqulari buzilayotganini inobatga olgan xolda har bir
shaxsning mehnat huqularini ximoya qilish kafolatlanadi,korxona raxbari
tomonidan o’zining ishchi xodimlarining huquqlari buzilganligi sababli yuqorida
qonun xujjatlari asosida xar bir xodim ozining xuquq va erkinliklarini toptalishiga
yo’l qo’yilmaydi. Ish beruvchi va xodimlar o’rtasida ish beruvchi huquqlari va
xodimning huquqlari to’risida qonunlarda yozib o’tilgan korxonada ishlovchi
barcha xodimlarning huquqlari qonun bilan belgilangan. 2-muammo(I)
xodimlarning oylik maoshlari kechiktirilib to’lanishi va mulkdorning qarindoshlari
bo’lgan, xodimlarga qo’shimcha maxsus imtiyoz va nafaqalar berilayotganligi, bu
joydagi muammo xodimlarning ajratilishi va ularga maxsus yordam pullari
berilmayotganligi, korxona rahbari belgilangan talablar asosida o’z xodimlarining
qay tarizda rag’batlantirishi va xodimlarning berilgan imtiyozlardan ozod qilishi
bajarilgan ishlari asosida taqsimlab maxsus yordamlarni yani nafaqa puli
imtiyozlar va boshqalar ish beruvchi taqsimlab boradi. R.2. O’zbekiston
Respublikasi Mehnat Kodeksining 161-moddasi Mehnatga haq to’lash muddatari.
Mehnatga haq to’lash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa loqal normativ
hujjatda belgilanadi va har yarim oyda bir martdadan kam bo’lishi mumkun emas.
Xodimlarning ayrim toifalari uchun alohida hollarda O’zbekiston Respublikasi
Xukumati tomonidan ish haqqi to’lashning boshqa muddatlari belgilab qo’yilishi
mumkun. Xaq to’lanadigan kun dam olish kuni yoki bayram kuniga to’g’ri kelib
qolsa, mehnat xaqqi shu kun arafasida to’lanadi. Mehnat shartnomasi brkor
qilinganda xoddimga tegishli barcha summalarni to’lash ushbu Kodeksning 110-
moddasiga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Jamoa shartnomasida ish
beruvchining aybi bilan xodimga xaq to’lash belgilangan muddatlarga nisbatan
kechikkanlaigi uchun javobgarlik nazarda tutilishi mumkin. A.2. . O’zbekiston
Respublikasi Mehnat Kodeksining 161-moddasi Mehnatga haq to’lash muddatari.
Mehnatga haq to’lash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa loqal
normativ hujjatda belgilanadi va har yarim oyda bir martdadan kam bo’lishi
mumkun emas. Xodimlarning ayrim toifalari uchun alohida hollarda O’zbekiston
Respublikasi Xukumati tomonidan ish haqqi to’lashning boshqa muddatlari
belgilab qo’yilishi mumkun, xaq to’lanadigan kun dam olish kuni yoki bayram
kuniga to’g’ri kelib qolsa, mehnat xaqqi shu kun arafasida to’lanadi. Mehnat
shartnomasi brkor qilinganda xoddimga tegishli barcha summalarni to’lash ushbu
Kodeksning 110- moddasiga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Jamoa
shartnomasida ish beruvchining aybi bilan xodimga xaq to’lash belgilangan
muddatlarga nisbatan kechikkanlaigi uchun javobgarlik nazarda tutilishi mumkin.
Mehnat Kodeksining yuqoridagi moddalariga muvofiq ish haqqining kechiktirilishi
mumkun emas xodimlrning oylik ish haqqini vaqtida to’lanishi va mulkdorning
qarindoshlari bo’lgan xodimlarga maxsus imtiyozlar nafaqa pullari berilishi
qonunda belgilanmagan tartibda amalga oshirilmoqda korxonaning ishchi
xodimlari teng huquqlidir va qonunda belgilangan normalar yani qilgan ishlari va
ko’rsatgan natijalariga asosan rag’batlantirilishi kerak. C.2. Xulosa qilib aytganda
yuqoridagi xolat yuzasidan qilingan ishlar albatta noto’g’ri har bir xodim teng
huquqlidir yuqoridagi qonunlarga yuzlangan xolda xar bir shaxs xizmat olib
borayotgan ish joyidan belgilangan tartibda va ish olib borishi taqdirlanishi va
boshqa masalalar bo’yicha ish yuritishi qonunda belgilangan me’zonlardan
tashqariga chiqmasligi kerak. Korxona raxbari belgilangan tartibda hamma
xodimlarga bir hil miqodorda oylik to’lashi va nafaqalar va imtiyozlar teng
berilishi zarur qarindoshlariga berilayotgan imtiyozlar va nafaqa pullarini qay
tarizda berilishini takidlab o’tgan. Mehmat qilish huquqiga oid bo’lgan asosiy
prinsiplar eng avvalo ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar sohasidagi universak xalqaro
huquqiy hujjat sanalishi BMTning 1966-yil 19-dekabrdagi “Iqtisodiy, ijtimoiy va
madaniy huquqlar to’g’risidagi xalqaro Paktda”belgilab qo’yilgan bo’lib, ular
jumlasiga mehnat munosabatlarida kamsitishga yo’l qo’ymasligi, barcha
insonlarga jinsi, millati, e’tiqodi va boshqa farqlardan qat’i nazar teng mehnat
qilish, dam olish, mehnat muhofazasi, mehnatga yarasha xaqolish kabilar kiradi.
XULOSA: Yuqoridagi birinchi muammo bo’yicha to’xtaladidan bo’lsak ishchi
xodimlarning huquq va erkinliklariga rioya etilmayotganli va ularning huquqlari
buzilayotganligi sababli murojat qildilar har bir xodimning huquq va erkinliklarini
taminlash Mexnat Kodeksida o’z aksini topgan korxonadagi har bir xodimning qay
tarizda ishlashi va ularni kamsitmaslik juda mihim xodim korxonaning yarim kuchi
deb o’layman chunki ishchi kuchi bo’lmasa korxonaning qilayotgan ishi ro’yobga
chiqmaydi ko’zlagan maqsadiga erisha olmaydi. Xodimlarning ish xaqqi
kechiktirilib berilayotgani va nafaqa
pullari
maxsus
imtiyozli pullar
berilmayotganligi xodimlarning ishiga tasir ko’rsatishi kutilgan gap, albatta ish
beruvchi xodimlarning ish xaqqini o’z vaqtida berishi va belgilangan tartibda
mazsus imtiyozli va rag’batlantirish pullarini xodimlarning olib borayotgan ishiga
va tartib intizomiga qarab berilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Ish beruvchining
xodimlariga bo’lgan munosabati albatta xar qanday korxonaning ishiga o’z ta’sirini
ko’rsatmasdan qo’ymaydi xodimlarni qay tarizda ish olib borishiga albatta
korxonaning boshliqlari kelishilgan va tartib o’rnatgan xolda ish olib borsa albatta
xodim ham xorxona ham ko’zlagan maqsadlariga albatta birgalikda to’siqlarni
yengib o’tishadi.
NAZARIY SAVOL.
48. Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari deganda nimani tushunasiz ?
Sizningcha kafolatlar tizimi inson huquq va erkinliklarini taminlash uchun qay
darajada muhim?
JAVOB:
Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquq va
erkinliklarini amalga oshirishni davlat tomonidan ta'minlashga yordam beradigan
vositalar, usullar va shart-sharoitlar majmui kafolat tushunchasini beradi.
Kafolatning asosiy vazifasi, fuqarolarni huquq va erkinliklarni amalga oshirish
jarayonida vujudga keladigan to’siqlarni bartaraf etish bilan bog’liq bo’lgan
majburiyatlarning
bajarilishini
taminlashdir.
O’zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining 43 - moddasida “Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va
qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta'minlaydi” deyilgan.
Fuqarolarning kafolati quyidagi turlarga bo’linadi:
1.Yuridik (huquqiy)
2.Ijtimoiy-siyosiy
3.Iqtisodiy (moddiy)
1.
Fuqarolarni huquq va erkinliklarini taminlashda yuridik kafolatlar alohida
o’rin tutadi, chunki boshqa barcha kafolatlar yuridik jihatdan tartibga solinishni
taqoza etadi. Yani yuridik kafolatlar fuqarolarni huquq va erkinliklarni qonunlar
asosida huquqiy jihatdan kafolatlanishidir. Yuridik kafolatlarni real amalga
oshishi faqat demokratik rejim sharoitida kuzatiladi.
Yuridik kafolatlar quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- Fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzish mumkin bo`lgan harakatlarni
ta’qiqlash va chegaralashning yuridik me’yorlarini mustahkamlash,
- Fuqarolarning o’z huquq va erkinliklarini hech qanday to’siqsiz amalga
oshirishlarida davlat idoralari va mansabdor shaxslar ma’sulligini.
- Tajovuz etishni, mustahkamlashni ta’minlovchi maxsus me’yorlar (shikoyat
qilish huquqi, sudga murojaat qilish huquq) mavjudligi.
- Huquqlarni buzganlik uchun yuridik javobgarning belgilanganligi (mulkiy,
intizomiy, ma’muriy, jinoiy).
Konstitutsiyaviy huquqiy kafolatlarga – mamlakatning Konstitutsiyasining
o’zida bevosita mustahkamlangan kafolatlar kiradi. O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaning X bobining 43 – 46 - moddalarida mustahkamlangan normalar.
Sudlar tomonidan huquq va erkinliklarni kafolatlash – fuqarolar huquq va
erkinliklarini sudlar orqali himoya qilinishidir. Uning mazmunini:
- har bir fuqaro davlat o’rganlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat
birlashmalari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari yoki mansabdor
shaxslarning g’ayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) bilan o`z huquqlari yoki
erkinliklari buzilgan deb hisoblasa, shikoyat bilan sudga murojaat qilish huquqi
orqali o’z huquq va erkinliklarni himoya qilish.
Ombudsman faoliyati – O’zbekiston Respublikasining fuqarolarning huquq va
erkinliklarining himoyasi sohasidaga qonun hujjatlariga rioya etilishi. Oliy
Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili ombudsman tomonidan ham amalga
oshiriladi. Uning faoliyati O’zbekiston Respublikasining 1997 - yil 24 -
apreldagi “Oliy Majlisning inson huquqlari bo’yicha vakili (OMBUDSMAN)
to’g’risida”gi qonuniga muvofiq O`zbekiston Respublikasida davlat organlari,
fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar,
tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar tomonidan inson
huquqlari to’g’risidagi amaldagi qonunchilikka rioya etilishining samaradorligi
ustidan parlament nazoratini o’rnatadi. Vakil ko’rilayotgan masalalar bo’yicha
xulosalar qabul qiladi. Xulosalar faqat tavsiyaviy xarakterga ega.
Hukumat faoliyati – hukumat tomonidan fuqarolarning buzilgan huquqlari,
erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining chiqargan normativ huquqiy hujjatlar asosida amalga
oshiriladi.
2. Iqtisodiy kafolatlarga vujudga kelgan ishlab chiqarish munosabatlari, iqtisodiy
tizim kiradi. Mustaqil O’zbekiston bozor munosabatlariga asoslangan,
mulkchilikning barcha shakllari tengligi va himoyasini tan olgan holda davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yo’li bilan mulkdorlarni safini
kengaytiradigan xuquqiy jamiyatni barpo etmoqda. Qilinayotgan ushbu harakatlar
xalqni iqtisodiy kafolatlashga yordam beradi. O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 44-moddasida “Har bir shaxsga o`z huquq va erkinliklarini
sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat
birlashmalarining g’ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish
huquqi kafolatlanadi” deb mustahkamlangan. Ushbu konstitutsiyaviy huquqiy
norma bevosita O’zbekiston Respublikasining 1995 yil 30- avgustda
“Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-haraktlar va qarorlar
ustidan sudga shikoyat qilish to’g’risida”gi qonunda to’la rivojlantirilgan.
3. Iqtisodiyot nazariyasi fani va uning qonun-qoidalarini bilish uchun, eng avvalo,
iqtisodiyot va uning vazifalari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish lozim. Insoniyat
hayoti va uning taraqqiyoti juda murakkab, ko‘p qirrali va g‘oyat chigal
muammolarga boydir. Bu muammolar kishilarning moddiy ne’matlar ishlab
chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, fan, madaniyat, siyosat, mafkura, axloq, davlatni
boshqarish sohalaridagi va nihoyat, oiladagi va boshqa faoliyat turlarining borgan
sari ko‘payib, rivojlanib hamda ularning o‘zgarib borishi natijasida vujudga keladi.
Uzoq davrlar davomida insoniyat fikrini band qilib kelgan ayrim masalalar
bugungi kunda oddiy haqiqat va oson bilish mumkin bo‘lgan narsaga o‘xshab
ko‘rinadi.
Xulosa: Menni o’ylashimcha inson huquq va erkinliklari birinchi o’rinda qonun
bilan himoya qilina,
19-modda
O’zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir -
biriga nisbatan bo'lgan huquqlari va burchlari bilan o'zaro bog'liqdirlar.
Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo'yilgan huquq va
erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab
qo'yishga hech kim haqli emas.
20-modda. Fuqarolar o'z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa
shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va
erkinliklariga putur etkazmasliklari shart. Shu qonunlarga kimda kim boysunmasa
unga javob beradi.
2
– nazariy savol.
2. Konstitutsiyaviy huquq shaxs, jamiyat va davlat o’rtasidagi munosabatlarni
tartibga solish aytiladi. Maskur munosabatlarga amaliy misollar keltirgan holda
izox bering.
JAVOB:
Fuqarolar bilan davlat o‘zaro huquqlar va majburiyatlar orqali uzviy bog‘liqdir.
Shaxs, jamiyat va davlat — bu uchala asosiy qadriyat Konstitutsiyada belgilab
qo‘yilgan. Konstitutsiya fuqaro, jamiyat va davlat hokimiyati o‘rtasidagi
munosabatlarni belgilovchi o‘ziga xos ijtimoiy shartnomadir. Konstitutsiya
fuqarolarning umumiy teng huquqliligi, fuqaro va davlat o‘rtasidagi
munosabatlarda o‘zaro mas’ulligi g‘oyasiga asoslanadi. Davlat faoliyatining asosiy
maqsadi xalqqa xizmat qilishdir.
O‘zbekistonning asosiy qonuni davlatga, uning hukumat organlariga, mansabdor
shaxslarga, jamoatchilik birlashmalariga va fuqarolarga Konstitutsiya va
qonunlarga muvofiq faoliyat yuritish majburiyatini yuklaydi.
93-moddaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir.
Xulosa: Meni o’ylashumcha fuqarolarni o’sha konstitutsiyaga bo’lgan
munosabatini oshirish va hammani birdek qilish konstitutsiyaviy qonun buzilsa
konastitutsiyaviy shaxs jamiyat o’rtasidagimunosabatlar buzilib ketadi shuning
uchun ham konstitutsiya oylab topilgan agarda u bo’lmasa biz mustaqil bo’la
olmas edik, urush janjal topalon bo’lar edi. Hozirdaham mavjud qonunga
bo’ysunmaganlar topilyapti ichimizda shundan Insonlar ham bor lekin unga sud
orqali qaror qabul qilinib shaxsga nisbatan chora ko’rilayabti.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR:
1.Konstitutsiyaviy huquq daslilk. Toshkent – “ILM ZIYO” – 2017.
O.T.HUSANOV.
2.Davlat va huquq asoslari. Toshkent «Yangiyo‘l Poligraf Servis» 2017.
V.A.Kostetskiy.
3. O’zbekiston Respublikasi Mexnat kodeksi.
4.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
Foydalangan saytlar:
1. Lex.uz
2. Arxiv.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |