Konstitutsiyaning asosiy qonuni
Konstitutsiya — davlatning asosiy qonuni
Konstitutsiya davlatning qiyofasi va nufuzini belgilab beradi.
Ana shu qonunlar majmui orqali jahon davlatni davlat, millatni esa millat sifatida tan oladi.
Asosiy qonunimiz xalq irodasi va shuurini, ijtimoiy ongi va madaniy darajasini aks ettiradi, zotan, uning tayyorlanishi va muhokamasida butun xalq ishtirok etdi.
Konstitutsiya — xalq tafakkuri va ijodining mahsulidir.
I.А.KARIMOV.
KONSTITUTSIYA VA KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ
Har qaysi davlat huquq tizimida bir talay qonunlar mavjud bo'ladi. Ammo ular orasida eng asosiysi deb e'tirof etiladigan birdan-bir qonun mayjudki, u ham bo'lsa, konstitutsiyadir. Lotincha «constitutio» so'zining tarjimasi, «nizom, qoidalar» degan ma'nolarni anglatadi. Xo'sh, konstitutsiya nimani belgilab beradi?
Konstitutsiya jami-yat va davlat tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini tuzish hamda faoli-yatining asosiy prinsiplarini, ularning vakolatlarini, fuqarolaming asosiy huquqlari va burchlarini belgilab beradi. Qolgan barcha qonunlar, kodekslar, qarorlar va farmonlar konstitutsiya negizida va unga muvofiq tarzda qabul qilinadi. Bu esa davlatning har bir normativ hujjati konstitutsiyaga mos kelishi shart ekanligini anglatadi.
Konstitutsiyaviy huquq nima va u konstitutsiyaga qay tarzda bog'liq? Konstitutsiya bilan konstitutsiyaviy huquq o'rtasidagi tafovut esa, konstitutsiya, garchi asosiysi bo'Isa-da, ko'plab qonunlardan biri ekanligida, konstitutsiyaviy huquq esa huquqning ko'plab huquqiy manbalar, shu jumladan, konstitutsiyadan tarkib topuvchi butun bosh-li bir tarmog'i ekanligida namoyon bo'Iadi.
KONST1TUTSIYAVIY HUQUQ -HUQUQNING YETAKCHI TARMOG'I
Konstitutsiyaviy huquq milliy huquq tizimida huquqning yetakchi tarmog'idir, negaki eng oh'y yuridik kuchga ega bo'lgan konstitutsiya uning asosiy manbai bo'lib xizmat qiladi.
Asosiy qonun sifatida konstitutsiya amalda o'zida jamoat bitimini, ya'ni o'ziga xavf-xatarsiz va erkin rivojlanish shartlarini ta'minlashi va kafolatlashi uchun xalq o'z davlati bilan tuzadigan shartnomani mujassamlashtiradi. Shu boisdan uning g'oyalari davlatda amal qiluvchi qolgan barcha qonunlardan ham o'rin oladi.
Tamal umumiy prinsiplarni o'zida mujassam etgan konstitutsiya qoidalari shu-ningdek davlatda mavjud barcha huquq tarmoqlarida ham rivoshjlanadi.
Buning tasdig'ini bilib olish maqsadida mamlakatimiz konstitutsiyasi boblaridan biriga, masalan, oilaga bag'ishlanganiga murojaat qilamiz. Mazkur bob atigi to'rttagina moddadan iborat. Go'yo juda ozdek tuyuladi, ammo ularda mujassamlashtirilgan g'oyalar oilaviy huquqning boshqa normalarida konkret ravishda rivojlantiriladi.
Basharti, Oila kodeksi 238 moddadan iborat. Fuqarolikka bag'ishlangan VI bobda atigi uchtagina modda mavjud, xolos. Shu bilan birga, birgina «Fuqarolik to'rg'isida»gi qonun 45 moddadan tarkib topgan.Aytib o'tilgan misollar Konstitutsiya asoslar negizi bo'lib xizmat qilishidan dalolat beradi, negaki huquq rivojlanishi aynan konstitutsiyadan boshlanadi, aynan uning o'zi boshqa barcha qonunlar va yuridik normalarga hayot baxsh etadi. Konstitutsiyaning oliy yuridik kuchi ham aynan shunday namoyon bo'ladi. Hali aytib o'tganimizdek, qolgan barcha huquqiy qoidalar undan kelib chiqadi va konstitutsiyaga muvofiq bo'lmog'i lozim.
Mabodo, huquq tizimini cho'qqisida konstitutsiya turgan bir piramida ko'rinishida tasavvur qilsangiz, yonbag'irlari bo'ylab supachalariga qadar qolgan barcha, normativ hujjatlar — qonunlar, qarorlar, tarmoqqa oid normalar va hokazolar joy olganligini yaqqol ko'rasiz.
Konstitutsiyaviy huquq normalrai qolgan barcha yuridik normalar, huquqning har bir tarmog'i, har qaysi qonun va qonunosti hujjatining poydevori sanaladi. Ana shuning uchun konstitutsiyaiy huquq har qanday mamlakat milliy huquq tizimida yetakchi mavqega ega.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi — Oʻzbekiston Respublikasining asosiy qonuni, oliy yuridik kuchga ega boʻlgan siyosiyhuquqiy hujjat. 1992 yil 8 dek.da 12chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1 1sessiyasida qabul qilingan. "Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi toʻgʻrisida"gi Konstitutsiyaviy qonun (1991 yil 31 avg .) ushbu Konstitutsiya uchun asos boʻlib xizmat qilgan. Mustaqil Oʻzbekistonning birinchi Konstitutsiyasini yaratish gʻoyasi ilk bor 1990 yil 20 iyunda boʻlib oʻtgan mamlakat Oliy Kengashining 2sessiyasida ilgari surilgan. Ushbu sessiya Prezident I.A.Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiyaviy komissiyani tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan. Uning tarkibiga deputatlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning vakillari, davlat hamda jamoat birlashmalari, korxonalar va xoʻjaliklarning rahbarlari, huquqshunos olimlar va mutaxassislar kirgan. Oliy Kengashning 10sessiyasida komissiya tarkibi qisman yangilangan. Komissiya ishlab chiqqan loyiha matbuotda eʼlon qilinib, keng muhokama etilgan. Konstitutsiyaviy komissiya umumxalq muhokamasi yakunlarini koʻrib, loyihani tuzatib va maʼqullab Oliy Kengash sessiyasida koʻrib chiqishga tavsiya qilgan. Loyiha Oliy Kengash sessiyasida ham moddamamodda muhokama etilgandan soʻng qabul qilingan. 2002 yil 27 yanvarda oʻtkazilgan umumxalq referendumi natijalariga koʻra hamda uning asosida qabul qilingan 2003 yil 24 apreldagi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga tuzatish va qoʻshimchalar kiritilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muqaddima, 6 boʻlim, 26 bob, 128 moddadan iborat. Muqaddimada Konstitutsiya qabul qilish sabablari va mamlakatimiz oldiga qoʻyilgan vazifalar belgilangan. 1boʻlimda Oʻzbekiston Respublikasining mustaqil davlat sifatidagi asosiy konstitutsiyaviy prinsiplari koʻrsatilgan. Bunday prinsiplar qatoriga davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va qonunning ustunligi hamda tashqi siyosat tamoyillari kiradi. "Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari" deb atalgan 2boʻlim inson huquqlarishtt Oʻzbekistonga xos yaxlit va keng tizimidir. Konstitutsiya Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqaroliknp oʻrnatdi. Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquq va erkinliklari huquq normalarigamuvofiqtaʼminlanadi. Oʻzbekistonda hamma uchun vijdon erkinyaigi kafolatlanishi Konstitutsiyada mustahkamlangan, har bir shaxs mulkdor boʻlishga haqli, meros huquqi bilan kafolatlanadi. Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash huquqiga egadir. Barcha fuqarolar dam olish huquqiga ega boʻlib, ish vaqti va haq toʻlanadigan mehnat taʼtilining muddati qonun bilan belgilanadi. Har bir inson bilim olish, tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega. Konstitutsiyada har bir shaxsga oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining gʻayriqonuniy xattiharakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Xotin-qizlar va erkaklar teng huquklidirlar. Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish fuqarolar uchun majburiydir. Oʻzbekistonni himoya qilish — mamlakat har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni oʻtashga majburdirlar.
Konstitutsiyaning 3boʻlimi "Jamiyat va shaxs" deb ataladi. Bu boʻlimda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi, barcha mulk shakllarining teng huquqliligi kafolatlanishi bayon etilgan. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida ekanligi, mulkdor mulkiga oʻz xohishicha egalik qilishi, foydalanishi va uni tasarruf etishi taʼkidlanadi. Roʻyxatdan oʻtkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida eʼtirof etiladi. Konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirishni maqsad qilib qoʻyuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targʻib qiluvchi, xalqning sogʻligʻi va maʼnaviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek, harbiylashtirilgan birlashmalarning , milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi.
Konstitutsiyada koʻrsatilishicha, otaonalar oʻz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar, shuningdek, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar oʻz otaonalari haqida gʻamxoʻrlik qilishga majburdirlar. Oʻzbekistonda ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Senzurata yoʻl qoʻyilmasligi alohida taʼkidlanadi.
Konstitutsiyaning 4boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriyhududiy tuzilishita bagʻishlangan. 5boʻlim davlat hokimiyatining tashkil etilishi haqida boʻlib, unda hokimiyat vakolatlarini taqsimlash prinsipi oʻz ifodasini topgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati asoslari, Oʻzbekiston Respublikasi sud hokimiyati, saylov tizimi, prokuratura, moliya va kredit, mudofaa va xavfsizlikka oid alohida boblar bor.
Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish tartibi soʻnggi 6boʻlimda oʻz ifodasini topgan. Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari umumiy sonining kamida 2/, qismidan iborat koʻpchiligi tomonidan qabul qilingan qonun yoki Oʻzbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligini nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilingan kun — 8 dekabr umumxalq bayrami — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni deb eʼlon qilindi (OʻzR qonuni, 1992 yil 8 dek.).
2001 yil 4 yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini oʻrganishni tashkil etish toʻgʻrisida" farmoyishi chiqdi. Farmoyish asosida barcha taʼlim turlarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini oʻrganish yoʻlga qoʻyilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |