2010 – yil
“Vatanga qasamyod” haykali, Toshkent
2010 – yil
“Ko’hna va boqiy Buxoro” majmuasi, Buxoro
Amalga oshirayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish – yorug‘ kelajagimizning asosiy omilidir
Bugungi tantanali majlisi-mizning maqsad-muddaosi –hayotimiz qomusi bo‘lmish Konstitutsiyamizning 21-yilligini nishonlash, Asosiy qonunimiz belgilab bergan yuksak maqsadlarni amalga oshirishda, yurtimizda yangi jamiyat, yangi hayot qurishda erishgan yutuqlarimiz va oldimizda turgan vazifalarni aniqlab olishdan iboratdir…
Bugungi kunda Konstitutsiyamiz muhrlab qo‘ygan tamoyillarni amalga oshirish yo‘lidan dadil qadamlar qo‘yib borayotganimiz, aholi turmush darajasi va sifatining jadal o‘sib, yurtimiz qiyofasi, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi o‘rni butunlay o‘zgarib borayotgani barchamizga katta g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi…
Ayni vaqtda bugungi shiddatli zamon, hayotning o‘zi yosh avlod tarbiyasi borasida oldimizga yangi-yangi, o‘ta muhim va dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda. Ana shularning barchasini hisobga olgan holda, har tomonlama sog‘lom avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarimizni izchil davom ettirish va yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida men kirib kelayotgan yangi – 2014-yilni mamlakatimizda “Sog‘lom bola yili” deb e’lon qilishni taklif etaman.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 4 yanvarda e'lon qilingan “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o`rganishni tashkil etish to`g`risida”gi farmoyishi ham demokratiya yo`lida ulkan bir qadam qo`yish uchun katta turtki bo`ldi. Darhaqiqat, ko`p narsa mamlakatda Konstitutsiyani ommaviy ravishda o`rganish hamda uni hayotga tatbiq etishga bog`liq. Mana shu maqsadda davlatimiz rahbari O`zbekiston Konstitutsiyasini bolalar bog`chasidan boshlab o`rgatish, maktablarda darslik tariqasida o`qitish hamda oliy o`quv yurtlarida esa maxsus dars sifatida o`rganishni vazifa qilib qo`ydi. Shundan kelib chiqib, farmoyish asosida 2001 yil 1 sentabrdan mamlakatimizda uzluksiz huquqiy ta'limning asosi hisoblanmish Konstitutsiyani o`rganish bog`chadan boshlab to oliy ta'limning yuqori bosqichi hisoblanadigan magistraturagacha tashkil etildi. Zero, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o`rganish butun O`zbekiston xalqining yuksak va mas'uliyatli burchidir.
O’zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko’ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi.
( 13-modda)
O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi , irqi millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. (18-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |