Kogon shahar 3-umumiy o’rta ta’lim maktab informatika fani o’qituvchisi Mamedova Umeda Nurilloyevna
Mavzu:“Amaliy mashg’ulot”: Dars maqsadi:
Ta’limiyligi:
O’quvchilarning “Sanoq sistemasi” mavzusi bo’yicha bilimini mustahkamlash, umumlashtirish ;
Turli sanoq sistemalardagi sonlar ustida amallarni bajarish, bir sanoq sistemadan ikkinchi sanoq sistemaga o’tkazish qoidalarini amalda qo’llay bilish;
Rivojlantiruvchi:
O’quvchilarning bilim olishini, nutqi va diqqatini rivojlantirish;
Guruhda ishlashni o’rganish; amaliy mashqlarni bajarishdagi faoliyatini individual yondoshish
Mantiqiy masalalarni yechish bilan o’quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish;
Tarbiyaviyligi:
o’quvchilarning masalalrni yechishida ijodiy yondoshuvini shakllantirish o’zini va do’stlari ishini baholay olishi;
aniqlikni va tashkilotchilikni tarbiyalash;
sog’lom raqobatchilik ruhida tarbiyalash bir-biriga do’stlarcha munosabatda bo’lish, jamoatchilik hissini kuchaytirish.
Darsturi: bilimlarni umumlashtiruvchi Dars shakli, metodi:so’zlar orqali, ko’rgazmali, amaliy –individual ish, doska oldida ish.
Darsning o’tish joyi:informatika kabineti Dars jihozlanishi: prezentatsiya, didaktik tarqatma material, multimediali proyektor.
Dars rejasi: Tashkiliy moment – 1 min.