Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
TKTI Yangiyer filiali NMKT fakulteti
“KONSERVALASH TEXNALOGIYASI”
Falsafa FANIDAN
MUSTAQIL ISH
Mavzu:____________________________________________________________
Guruh:__-__
Bajardi:_____________________________________
Tekshirdi:__________________________________
Reja
1.Istiqlol
2. Falsafiy ongning yangilanishi
3. Falsafiy dunyoqarashni yangilash zarurati
Istiqlolga erishganimizdan buyon tarixan qisqa davr
o’tgan bo’lsa-da, mustaqil taraqqiyot mamlakatdagi ulkan imkoniyatlarni ro’yobga chiqarishning yagona va muhim
omili ekani o’zining to’liq isbotini topdi. Zero faqat mustaqillikkina har bir xalqqa o’z falsafasini erkin rivojlantirish,
takomillashtirish imkonini beradi.
Bugungi kunda mustaqillikni mustahkamlash jarayoni mohiyatini va falsafiy asoslarini o’rganish muhim ahamiyat
kasb etmoqda. Bunda asosiy masala shundan iboratki, mustaqillik odamlar dunyoqarashining mazmun-mohiyati va
asosiy yo’nalishlariga yangicha nuqtai nazardan qarashni taqozo etadi. Ularni yangi mazmun bilan boyitishni, istiqlol
talablari asosida o’rganishni zaruratga aylantiradi.
Bunda ayniqsa, Prezidentimizning quyidagi fikri nihoyatda muhim: «Bizning tushunishimizcha, qotib qolgan eski
aqidalardan voz kechish — o’z tarixiy o’tmishimizdan voz kechish degani emas. Bu — bir yoqlama va tor fikrlashdan
voz kechish demakdir». Aynan bir yoqlamalikdan qutulgan keng qamrovli dunyoqarash asosida bugungi yangilanishni
to’g’ri anglash mumkin. Shu sababdan ham, bugungi kunda ko’p qirrali va murakkab hodisa bo’lgan falsafiy
dunyoqarashning milliy davlatchilik hamda kishilarning g’oyaviy etukligini ta’minlash ehtiyojiga xizmat qiladigan
jihatlariga e’tibor kuchaymoqda.
Shu bilan birga, mustabidlik zamonidagi tafakkur qulligi, doimiy tazyiq, xalqning o’z tarixiy ildizlaridan ajratib
qo’yilgani bilan bog’liq holatlarning hozirgi dunyoqarashdagi o’zgarishlar jarayonlariga ta’siriga ham e’tibor berish
lozim. Ilm-fan sohasidagi tub o’zgarish va yangilanishlar jarayoni to’g’risida ham shunday deyish mumkin. Aynan
mustaqillik dunyoqarashimizni mustabidlik sirtmoqlaridan xalos etdi. Aslini olganda, ushbu mavzuni o’rganish ham
istiqlol sharofatidir.
Mustaqil taraqqiyot ma’naviy yangilanish borasidagi asosiy omil ekani har qanday mamlakat, jumladan O’zbekiston
uchun ham tarixiy qonuniyatdir. Shu bilan birga, istiqlolning ma’no-mohiyatini kishilarga to’g’ri anglatish, ularni
mustaqillik bergan imkoniyatlarni amalga oshirishga jalb etish bilan bog’liq nazariy va amaliy faoliyat ham nihoyatda
muhim.
Mustaqillik yillarida falsafaning yangilanishi uchun zarur asoslar shakllandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |