Konning ishlatish sistemasini tanlash va loyihalash reja: neft uyumlarini ishlatish sistemalarining rivojlanish bosqichlari to’G’risida qisqacha ma’lumot


ISHLATISH SISTEMASINI LOYIHALASHNING GEOLOGIK ASOSLARI



Download 318,42 Kb.
bet3/5
Sana24.06.2022
Hajmi318,42 Kb.
#699937
1   2   3   4   5
Bog'liq
КОННИ ИШЛАТИШ СИСТЕМАСИНИ ТАНЛАШ ВА ЛОЙИҲАЛАШ

ISHLATISH SISTEMASINI LOYIHALASHNING GEOLOGIK ASOSLARI
Neft uyumlarini ishlatishni loyihalash uchun quduqlardan boshlang’ich ma’lumotlarni (9-bob 3-bandga qarang) sistemaga solish, tahlil etish va shu asosda umumiy xulosa chiqarish zarur. Konni ishlatishning oqilona sistemasini loyihalash imkoniyati avvalo neftli qatlamning geologik tuzilishining to’liq o’rganilganligiga bog’liq. Ammo uyumni ishlatishning boshlang’ich davrida birlamchi ma’lumotlarni to’liq olish mumkin bo’lmaydi. Neftli qatlamning to’liq tavsifini uni ma’lum davr mobaynida ishlatish orqaligina bilish mumkin. SHuning uchun ham amaliyotda yirik neft uyumini ishlatish loyihasi ikki bosqichda tayyorlanadi. Birinchi bosqichda mahsuldor gorizontning geologik tuzilishi va uning unumdorligi to’g’risidagi ma’lumotlar razvedka quduqlarini sinash orqali olinadi. Ularga asoslanib uyumni ishlatishning dastlabki loyihasi (texnologik sxemasi) tuziladi. Dastlabki loyihada birinchi navbatda burg’ilanadigan ishlatish quduqlarining joylashuv sxemasi va haydash quduqlarining joylashuv sistemasi belgilanadi. Loyihalashning ikkinchi bosqichida qayd etilgan quduqlar qazilib bo’lingandan keyin konni ishlatishning boshlang’ich loyihasiga ko’ra kollektorlar va ularni to’yintirib turuvchi neft, gaz va suvlarning xususiyatlari to’g’risida olingan qo’shimcha ma’lumotlar asosida neft uyumini ishlatish va ishlatilishning bosh loyihasi tuziladi.
Kichik o’lchamli neft uyumlarining ishlatish loyihasini ikki bosqichda tuzishga ehtiyoj sezilmaydi. Ammo loyihalashda amalga oshirilayotgan ishlatish sistemasiga keyinchalik o’zgartirishlar kiritishni ham nazarda tutmoq zarur. Uyumni ishlatish loyihasini tuzishdan avval bajarilgan razvedka ishlari qanchalik to’liq bo’lsa, loyihaga keyinchalik kiritiladigan o’zgartirishlar ham shuncha kam bo’ladi. SHu munosabat bilan uyumni ishlatish boshlanganda bajariladigan tadqiqot ishlari rejasi tuziladi va uyumning markaziy qismida kuzatuv va baholash quduqlari burg’ilanadi. Keyinroq bu quduqlardan belgilangan ishlatish sistemasining aniqligini oydinlashtirishda va uni amalda qo’llanishini nazorat qilishda foydalaniladi. SHuningdek, uyumning tashqarisida (haydash quduqlari halqasi ortida) pezometrik quduqlar burg’ilab, chegara ortiga suv bostirish jarayonini nazorat qilish juda muhimdir. Bunda chegara orti zonasiga suvning kirib kelishini o’z vaqtida payqash mumkin bo’ladi. Neftli qatlamni ishlatishni loyihalashda quyidagilarga amal qilish zarur:
1) qatlamning kon geologiyasi nuqtai nazaridan tavsiflash va qatlamning geologik xususiyatlariga ko’ra neft beraolishini aniqlash hamda uyumni ishlatish tadbirlarini belgilash;
2) qatlamni ishlatish bo’yicha qabul qilingan texnik-iqtisodiy sharoitlar va ishlatish muddati;
3) qatlamning turli variantlarda ishlatishda sarf qilinadigan xarajatlar.
Ishlatish sistemasini loyihalashda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:
1. Ishlatish sistemasi neft uyumining hamma qismini qamrab olishi va qatlamga ta’sir etish orqali bosimni bir xil ushlab turishni ta’minlashi zarur. Bunda uyumning har qanday uchastkasini ishlatishni qo’shni uchastkadagi ishlarni to’xtatmagan holda davom ettirish mumkin bo’lsin.
2. Uyumni ishlatishning dastlabki bosqichida quduqlarni bir tekisda (yirik uyumlar uchun odatda batareya sistemasi bo’yicha) joylashtirishni nazarda tutmoq lozim. Keyinroq uyumni qo’shimcha o’rganish jarayonida uning ayrim uchastkasidagi jinslarning kollektorlik xususiyatlarining yomonlashishi munosabati bilan quduqlar orasidagi masofani kamaytirib, quduqlar zichligini orttirish mumkin. Quduqlarni joylashtirish sxemasida ularni faqat uyumning markaziy qismida zich joylashuvini oldindan nazarda tutmaslik kerak.
3. Uyumni ishlatishni shunday rejalashtirish kerakki, toki uning har bir uchastkasini ishlatishda faqat shu joyda mavjud quduqlardan foydalanilsin.
Uchastkaning chekka qismlaridagi neftni uning markazidagi quduqlar orqali butunlay chiqarib olish mumkin emas. Shu sababli uchastkaning chekka zonasidagi neftni maxsus qazilgan quduqlar orqali chiqarib olishni loyihalash maqsadga muvofiq bo’ladi.
4. Uyumni ishlatish sistemasini loyihalashda quduqni uzoq vaqt va uzluksiz ishlatilishini ko’zda tutish va u qisman suvlangan sharoitda ham to’xtatilmasligi kerak. Quduq batareyalariga suyuqlik oqib kelishining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, yer qa’ridan neftni butunlay chiqarib olishni ta’minlash uchun quduqlarda o’zgaruvchan ishlatish rejimini joriy etish lozim. Agar uyumni ishlatishning boshidan oxirigacha chiqarilayotgan suyuqlik miqdori o’zgarmasa, bunday holatda oqimning kritik nuqtalari atrofida filtratsiya tezligi nolga tenglashib, natijada tegilmagan neft qoldiqlari hosil bo’ladi. Uyumdan foydalanish sur’atining o’zgarishi suyuqlik oqimlarining filtratsiya shakllarining o’zgarishiga olib keladi, uyumni neft berish koeffitsientini oshiradi.
5. Uyumni ishlatish sistemasida chekka batareya quduqlaridan neft olish sur’atini tartibga solib turish zarurligi e’tiborga olinishi kerak. Bu ayniqsa neftlilik chegarasi chekka batareya quduqlariga, ular oralig’idagi masofaning yarmiga teng bo’lgan masofagacha yaqinlashganda juda ham muhimdir. Bunday quduqlar debitining kamayishini neftlilik chegarasi keyingi batareya qudug’igacha bo’lgan masofaning yarmidan ko’pidan o’tmaguncha saqlab turish tavsiya etiladi. SHundan so’ng chekka batareya quduqlari debitini ko’paytirish masalasini loyihalashtirish mumkin bo’ladi va quduqdan neft olish asta-sekin jadallashtirib boriladi.
6. Chekka batareya quduqlari qisman suvlangandan keyin darhol suv bostirish maydonini boshqa joyga ko’chirish maqsadga muvofiq emas, aksincha bu ishni suvlangan zonadan neftni to’liq chiqarib olish uchun uni uzoq muddat ishlangandan va quduq jadallashtirilgan tarzda ishlatilgandan so’ng amalga oshiriladi.
7. Neft uyumini ishlatishni loyihalashda neftning asosiy zaxirasini kon qisman suvlanganda emas, balki suvlanish uzluksiz ortib borishi mobaynida chiqarib olishni nazarda tutish kerak. Qayd etilganiga binoan, suvlangan quduqlarni to’xtatishni quduqning suvlanishining oxirgi bosqichiga rejalashtirish kerak. Suvlangan quduqni to’xtatishdan oldin undan neft jadal sur’atda olinishi zarur, bunda qatlamni yuqori darajada neft beraolishi ta’minlanadi.
8. Quduqlarni joylashtirishni loyihalashda quduqlar to’rining eng maqbul zichligini tanlash lozim. CHunki quduqlar to’rining zichligi qatlamning neft beraolishiga katta ta’sir ko’rsatadi, bu ayniqsa qatlamlar har xil tarkibli bo’lganda aniq ko’zga tashlanadi. Quduqlarni joylashtirish to’rining zichligini geologik ma’lumotlarni mukammal o’rganmay, faqat gidrodinamik hisoblashlar asosida amalga oshirish ham mumkin. Quduqlarni joylashtirish variantlarini iqtisodiy jihatdan baholashda yer qa’ridan neftni butunlay chiqarib olish imkoniyati mavjudligini nazarda tutish kerak. Ammo quduqlarni turli variantlarda joylashtirishda, ayniqsa qatlamning kollektorlik xususiyatlari har xil bo’lganda, quduqning neft beraolish koeffitsienti turlicha bo’ladi. Shu boisdan gidrodinamik hisoblashlarda qatlamning kollektorlik xususiyatlarining o’rtacha ko’rsatkichlaridangina foydalanmasdan, balki ularning alohida, har xil tarkibli uchastkalari bo’yicha aniqlangan tafovutli qiymatlarga e’tibor berish kerak.
Yer qa’ridan ko’p miqdorda neft qazib olish uchun eng samarali ishlatish sistemalarini loyihalash zarur. Bunday ishlatish sistemalari neftli qatlamning tabiiy resurslaridan oqilona foydalanishni va ilg’or texnikadan va texnologiya metodlaridan foydalangan holda qatlamning uzoq vaqt mobaynida favvorali ishlatilishini ta’minlashi zarur.

Download 318,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish