Konning ishlatish sistemasini tanlash va loyihalash reja: neft uyumlarini ishlatish sistemalarining rivojlanish bosqichlari to’G’risida qisqacha ma’lumot



Download 318,42 Kb.
bet1/5
Sana24.06.2022
Hajmi318,42 Kb.
#699937
  1   2   3   4   5
Bog'liq
КОННИ ИШЛАТИШ СИСТЕМАСИНИ ТАНЛАШ ВА ЛОЙИҲАЛАШ


KONNING ISHLATISH SISTEMASINI TANLASH VA LOYIHALASH
REJA:
1. NEFT UYUMLARINI ISHLATISH SISTEMALARINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI TO’G’RISIDA QISQACHA MA’LUMOT.
2. ISHLATISH SISTEMASINI LOYIHALASHNING GEOLOGIK ASOSLARI.
3. ISHLATISH SISTEMASI VARIANTINI TANLASHNING GEOLOGIK SHAROITLARI.
4. UYUMNING NEFT BERAOLISHINI LOYIHALASH.

Sobiq Ittifoqda 1930-35 yillardan neft konlari yagona reja bo’yicha, oqilona sistema asosida ishlatila boshlandi. 1925 yilda bo’lib o’tgan Butunittifoq kengashida ma’ruza qilgan M.V. Abramovich neft uyumlarini maqsadga muvofiq ishlatish tamoyillarini dunyoda birinchi bo’lib yoritib bergan. SHuningdek, Novogroznen va Apsheron (Maykop) konlarini ishlatish bo’yicha 1930 yilda I.M. Gubkin raisligida tuzilgan komissiya neft konlarini oqilona ishlatish tamoyillarini sanoatga tadbiq etish borasida ancha ishlar qildi.


Rus olimlari V.V. Bilibin (Buxta Ilicha konidagi X-qatlam uchun) va M.A. Jdanov (Apsheron konidagi S2 davri qatlami uchun) 1934 yilda birinchi bo’lib geologik ma’lumotlarni statistik qayta ishlash asosida konlarni joylashtirishning turli variantlarini loyihalashtirish metodikasini ishlab chiqdilar.
Keyinroq yer osti gidravlikasi fanining rivojlanishi va gidrodinamik hisoblardan amaliyotda foydalanish neft konlarini ishlatishni loyihalashtirishning ilmiy asosini ishlab chiqish imkoniyatini yaratdi va loyihalash metodikasini yuqori darajaga ko’tardi. yer osti gidravlikasi fanining rivojiga rus olimlari (L.S. Leybenzon va b.) o’z ilmiy izlanishlari bilan munosib hissa qo’shdilar. Ular gidromexanikaning yangi bo’limini  g’ovakli muhitda gaz va neft filtratsiyasi nazariyasiga bag’ishlangan bo’limni yaratishga muvaffaq bo’ldilar.
Rus olimi V.N. SHelkachevning quduqlarni turli variantlarda joylashtirishda ularning o’zaro ta’siri, neft uyumining tipiga binoan quduqlarni joylashtirishning turli sxemalarini tadqiq qilish, shuningdek, neftlilik chegarasining bir tekisda tortilishi masalalariga bag’ishlangan ilmiy ishlari neft uyumlarini ishlatish bo’yicha bilimlarning rivojlanishiga katta hissa qo’shdi.
Moskvadagi I.M. Gubkin nomidagi neft institutida 1941 yilda A.P. Krilov rahbarligida neft va gaz konlarini ishlatish bo’yicha loyiha-tadqiqot byurosi tashkil etildi. Bu ilmiy jamoa neft konlarini ishlatish sohasida yangidan-yangi ilmiy fikrlarni o’rtaga tashladi. Keyinroq ko’pchilik olimlar va muxandislarning mehnatlari evaziga neft va gaz konlarini ishlatish sistemasi amaliyotda nazariy jihatdan asoslandi. Bu sistemalar amalda qo’llanilganda avvalgi ishlatish sistemalaridan afzalligi isbotlandi. Konni ishlatishning dastlabki bosqichida chegara ortiga suv haydash bilan bir vaqtda neftlilikning dastlabki chegarasiga quduqlarni batareya singari parallel qilib joylashtirish ko’plab mablag’larni tejash va quduqlarning yuqori samaradorligini ta’minlash imkonini berdi.
Yangi ochilgan har bir neft koni uchun ishlatishning majmuaviy loyihasini tuzganda zamonaviy ilm-fan va texnika yutuqlaridan (geologik, gidrodinamik va iqtisodiy ma’lumotlardan) samarali foydalanish neft qazib olish sanoatining afzalligini isbotladi. Avval tuzilgan asosiy rejalar bo’yicha neft konlarini ishlatishning yangi metodlarining yaratilishi neft sanoatini jadal rivojlanishiga sabab bo’ldi. Ayni paytda sobiq Ittifoqdagi konlarning 85-90% idan neft qatlamga suv bostirish yo’li bilan olinmoqda. Bu metoddan horijda ham foydalanilmoqda.
Uglevodorod konlarini ishlatish sistemasini tanlash asosida bajariladigan texnologik masalalarni geologik-konchilik nuqtai nazaridan asoslash zarur. Buning uchun quyidagi ishlarni bajarish kerak:
1) ko’p qatlamli neft konida ishlatish ob’ektlarini to’g’ri ajratish;
2) neft uyumiga suv bilan sun’iy ta’sir etish metodini qo’llash yoki ob’ektni qatlamning tabiiy energiyasidan foydalanib ishlatish;
3) zarur bo’lganda qatlamga sun’iy ta’sir etish metodi turlaridan foydalanish; haydash va chiqarish quduqlarini neftli maydonda bir-biriga moslab joylashtirish;
4) quduqlar to’ri zichligini aniqlash;
5) ishlatish ob’ektida bosim gradientini aniqlash;
6) ishlatish jarayonini nazorat qilish va tartibga solish bo’yicha ko’riladigan tadbirlarni ishlab chiqish.
Qayd etilgan har bir punkt bo’yicha qaror qabul qilinadi. Bular ishlatish ob’ektining geologik tuzilishini to’liq aks ettirishi shart.

Download 318,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish