Konning ishlatish sistemasini tanlash va loyihalash reja: neft uyumlarini ishlatish sistemalarining rivojlanish bosqichlari to’G’risida qisqacha ma’lumot


UYUMNING NEFT BERAOLISHINI LOYIHALASH



Download 318,42 Kb.
bet5/5
Sana24.06.2022
Hajmi318,42 Kb.
#699937
1   2   3   4   5
Bog'liq
КОННИ ИШЛАТИШ СИСТЕМАСИНИ ТАНЛАШ ВА ЛОЙИҲАЛАШ

UYUMNING NEFT BERAOLISHINI LOYIHALASH
Uyumning neft beraolishi neftning boshlang’ich balans zaxirasidan foizda aniqlanadi, yoinki o’lchamsiz kattalik bo’lib, uyumning neft beraolishlik koeffitsienti orqali aniqlanadi. Neft beraolishlik koeffitsienti qazib olinadigan neft zaxiralari hajmining uning boshlang’ich balans zaxirasi hajmiga bo’lgan nisbati bilan aniqlanadi.
Kon sharoitida neft beraolishlikni o’rganishda yer qa’ridan neftni qazib olishning quyidagi ko’rsatkichlari aniqlanadi:
1) yakuniy neft beraolishlik  fan va texnikaning ayni paytdagi rivojlanish darajasi va imkoniyatiga ko’ra qazib olingan neft miqdorining uning balans zaxirasi miqdoriga bo’lgan nisbati;
2) joriy neft beraolishlik  hisoblash sanasi uchun qazib olingan neft miqdorining boshlang’ich balans zaxirasiga bo’lgan nisbati;
3) qatlamning suv bostirilgan hajmining neft beraolishligi  uyumning suv bostirilganligi sababli keyinchalik neft olish to’xtatilgan qismidan qazib olingan neft miqdorining uning shu qismidagi boshlang’ich zaxirasiga nisbati.
Uyumning ishlatish sistemasini loyihalashda uning yakuniy neft beraolishlik koeffitsienti miqdorini tanlash murakkab vazifa hisoblanadi, chunki u ko’pgina omillarning ta’siri bo’yicha aniqlanadi. Ko’pincha yangidan ishga tushirilayotgan uyumlarni neft beraolishlik miqdorini tanlashda, geologik tuzilishi o’xshash ishlatilayotgan yoki ishlatilib bo’lingan uyumlardan olingan ma’lumotlar asos qilib olinadi.
Boshlang’ich balans zaxiralari 50 mln. t dan ortiq bo’lgan neft uyumlari uchun  ni aniqlash va tanlash uyumni ishlatishning turli variantlarini tuzish va geologik, gidrodinamik va iqtisodiy ma’lumotlarni hisobga olgan holda uning eng yaxshi variantini tanlash orqali amalga oshiriladi. Karbonatli kollektorlar uchun 11.1-rasm (b) dan foydalanish mumkin.
Rus olimi V.N. SHelkachev (1974)  ni aniqlashda quduqlar to’rining zichligini ularning joylashishiga bog’liqligi orqali hisoblashni taklif etdi:
=Kse-aS ,
bunda Ks  neftni siqib chiqarish koeffitsienti; S  quduqlar to’rining zichligi, km2/quduq; a  qatlamning kollektorlik xususiyatlari va ularni to’yintiruvchi suyuqliklar xususiyatlariga bog’liq bo’lgan proportsionallik koeffitsienti; e  natural logarifmlar asosi.
Geologik tuzilishi o’xshash, ishlatishning so’nggi bosqichida bo’lgan va zaxirasi tugab borayotgan neft uyumi uchun dastlab , Ks va S ning ma’lum qiymatlari bo’yicha neft uyumining proportsionallik koeffitsienti a aniqlanadi. So’ngra, hisoblab chiqilgan a koeffitsientdan foydalanib, yangi neft uyumi uchun Ks va S ning turli miqdorlari uchun  aniqlanadi. Erigan gaz rejimli neft uyumlari uchun yakuniy neft beraolishlik koeffitsienti neftning qovushqoqligiga, qatlam neftining hajmiy koeffitsientiga, neftda gazning eruvchanligiga, qatlamning har xillik darajasiga bog’liq.
Umuman quyidagilarni ta’kidlash mumkin. Qovushqoqligi kam bo’lgan neftning qovushqoqligi yuqori bo’lganlariga nisbatan neft beraolishlik koeffitsienti yuqori bo’ladi, chunonchi: n=0,4-25 mPas bo’lganda  qariyb 0,65, n=2,5-5,0 mPas bo’lganda  0,60 va n=5,4 mPas bo’lganda  0,50 ga teng bo’ladi. SHuningdek, qatlamning suv o’tkazuvchanligi  ning o’lchamiga ta’sir ko’rsatadi: masalan, qatlamning suv o’tkazuvchanligi 0,2x10-12 m3/(mPas) bo’lsa,  qariyb 0,43 ga, (0,20,4)x10-12 m3/(mPas) da esa  0,53 bo’ladi va 0,4x10-12 m3/(mPas) ga teng bo’lganda esa  0,60-0,65 ga уetadi.
Ma’lumki, hajmiy koeffitsienti yuqori bo’lgan neftli qatlamni ishlatishda qatlamning neft beraolishlik koeffitsienti kam bo’ladi va aksincha hajmiy koeffitsienti kam bo’lgan neftli qatlamni ishlatishda uning neft beraolishlik koeffitsienti yuqori bo’ladi. Nihoyat, gazning neftda eruvchanlik koeffitsienti yuqori bo’lgan neftli qatlamlarda  ning qiymati gazning neftda eruvchanlik koeffitsienti kam bo’lgan qatlamlarga nisbatan yuqori bo’ladi. Neft hoshiyalari uchun neft beraolishlik koeffitsienti qiymati mahsuldor qatlamning kollektorlik xususiyatlariga, neft hoshiyasining vertikal bo’yicha qalinligiga va neftning qovushqoqligiga bog’liq holda 0,10-0,12 dan 0,20-0,25 atrofida o’zgaradi. Geologik tuzilishi har xil tarkibli bo’lgan neft qatlamlarini samarali ishlatish va neft beraolishlikni yuqori darajaga ko’tarish uchun uyumni ikki bosqichda burg’ilashni loyihalash maqsadga muvofiq. Birinchi bosqichda  ishlatish va haydash quduqlari bir maromdagi siyrak to’r bo’yicha burg’ilanadi, ikkinchi bosqichda  zaxira (rezerv) quduqlar burg’ilanadi.
Birinchi bosqichda burg’ilangan ishlatish quduqlari qatlamning asosiy qismini ishga tushirishi va uyumni ishlatishning birinchi yillarida ehtiyojga yarasha neft chiqarilishini ta’minlashi lozim.
Zaxira quduqlari geologik ma’lumotlarga asoslangan holda qatlamning ishlamayotgan uchastkalarini qamrab olib, uni to’liq ishlatish maqsadida loyihalashtirilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Zaxira quduqlarini joylashtirishda qatlamga suv bostirish sistemasining takomillashtirishga yo’naltirilgan tadbirlar ham hisobga olinishi lozim.
Zaxira quduqlarining soni suv va neft qovushqoqligi nisbatiga, burg’ilanadigan quduqlar to’rining zichligiga va qatlamning har xil tarkibdaligiga bog’liq.
Umuman zaxira quduqlarining soni uyumning geologik tuzilishining murakkabligiga qarab aniqlanadi. Tuzilishi nisbatan bir xil bo’lgan ishlatish ob’ektlaridagi uyumlar va qovushqoqligi yuqori bo’lmagan neft uyumlari uchun zaxira quduqlari fondi quduqlarning umumiy sonining 10% dan ortiq bo’lmasligi kerak. Mahsuldor qatlamlar litologik tuzilishining har xillik darajasi va neft qovushqoqligi yuqori bo’lgan uyumlar bo’yicha quduqlarning zaxira fondi ularning asosiy fondining 30 % ni tashkil etishi mumkin. Zaxira quduqlari odatda suv haydash va uyumni ishlatish quduqlari kam bo’lgan uchastkalarda joylashtiriladi.
Demak, qatlamni ikki bosqichli burg’ilashning asosiy vazifasiga uyumni har tomonlama to’liq o’rganish, ishlatish sur’atini oshirish va yakuniy neft beraolishlikni ko’paytirish kiradi.
Texnik-iqtisodiy va gidrodinamik hisoblashlardan ma’lum bo’lishicha, qatlamning yuqori darajadagi neft beraolishligi bir qatorli, blokli va maydoniy suv bostirish sistemalarini loyihalash orqali amalga oshiriladi. Qatlamga jadal suv bostirish sistemasining ko’p qatorli ishlatish sistemasidan afzalligi qatlamlarning noqulay geologik-fizik xususiyatlari namoyonlanganda ko’zga tashlanadi.
Neft beraolishlik koeffitsientini oshirish uchun uyumni ishlatishning bunday jadal sistemalarining qovushqoqligi yuqori bo’lgan neft uyumlariga tadbiq etish ham maqsadga muvofiqdir.
Download 318,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish