Konning ishlatish sistemasini tanlash va loyihalash reja: neft uyumlarini ishlatish sistemalarining rivojlanish bosqichlari to’G’risida qisqacha ma’lumot
Konning ishlatish sistemasini tanlash va loyihalash reja: neft uyumlarini ishlatish sistemalarining rivojlanish bosqichlari to’G’risida qisqacha ma’lumot
KONNING ISHLATISH SISTEMASINI TANLASH VA LOYIHALASH REJA: 1. NEFT UYUMLARINI ISHLATISH SISTEMALARINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI TO’G’RISIDA QISQACHA MA’LUMOT. 2. ISHLATISH SISTEMASINI LOYIHALASHNING GEOLOGIK ASOSLARI. 3. ISHLATISH SISTEMASI VARIANTINI TANLASHNING GEOLOGIK SHAROITLARI. 4. UYUMNING NEFT BERAOLISHINI LOYIHALASH. Sobiq Ittifoqda 1930-35 yillardan neft konlari yagona reja bo’yicha, oqilona sistema asosida ishlatila boshlandi. 1925 yilda bo’lib o’tgan Butunittifoq kengashida ma’ruza qilgan M.V. Abramovich neft uyumlarini maqsadga muvofiq ishlatish tamoyillarini dunyoda birinchi bo’lib yoritib bergan. SHuningdek, Novogroznen va Apsheron (Maykop) konlarini ishlatish bo’yicha 1930 yilda I.M. Gubkin raisligida tuzilgan komissiya neft konlarini oqilona ishlatish tamoyillarini sanoatga tadbiq etish borasida ancha ishlar qildi.
Rus olimlari V.V. Bilibin (Buxta Ilicha konidagi X-qatlam uchun) va M.A. Jdanov (Apsheron konidagi S2 davri qatlami uchun) 1934 yilda birinchi bo’lib geologik ma’lumotlarni statistik qayta ishlash asosida konlarni joylashtirishning turli variantlarini loyihalashtirish metodikasini ishlab chiqdilar.
Keyinroq yer osti gidravlikasi fanining rivojlanishi va gidrodinamik hisoblardan amaliyotda foydalanish neft konlarini ishlatishni loyihalashtirishning ilmiy asosini ishlab chiqish imkoniyatini yaratdi va loyihalash metodikasini yuqori darajaga ko’tardi. yer osti gidravlikasi fanining rivojiga rus olimlari (L.S. Leybenzon va b.) o’z ilmiy izlanishlari bilan munosib hissa qo’shdilar. Ular gidromexanikaning yangi bo’limini g’ovakli muhitda gaz va neft filtratsiyasi nazariyasiga bag’ishlangan bo’limni yaratishga muvaffaq bo’ldilar.
Rus olimi V.N. SHelkachevning quduqlarni turli variantlarda joylashtirishda ularning o’zaro ta’siri, neft uyumining tipiga binoan quduqlarni joylashtirishning turli sxemalarini tadqiq qilish, shuningdek, neftlilik chegarasining bir tekisda tortilishi masalalariga bag’ishlangan ilmiy ishlari neft uyumlarini ishlatish bo’yicha bilimlarning rivojlanishiga katta hissa qo’shdi.
Moskvadagi I.M. Gubkin nomidagi neft institutida 1941 yilda A.P. Krilov rahbarligida neft va gaz konlarini ishlatish bo’yicha loyiha-tadqiqot byurosi tashkil etildi. Bu ilmiy jamoa neft konlarini ishlatish sohasida yangidan-yangi ilmiy fikrlarni o’rtaga tashladi. Keyinroq ko’pchilik olimlar va muxandislarning mehnatlari evaziga neft va gaz konlarini ishlatish sistemasi amaliyotda nazariy jihatdan asoslandi. Bu sistemalar amalda qo’llanilganda avvalgi ishlatish sistemalaridan afzalligi isbotlandi. Konni ishlatishning dastlabki bosqichida chegara ortiga suv haydash bilan bir vaqtda neftlilikning dastlabki chegarasiga quduqlarni batareya singari parallel qilib joylashtirish ko’plab mablag’larni tejash va quduqlarning yuqori samaradorligini ta’minlash imkonini berdi.
Yangi ochilgan har bir neft koni uchun ishlatishning majmuaviy loyihasini tuzganda zamonaviy ilm-fan va texnika yutuqlaridan (geologik, gidrodinamik va iqtisodiy ma’lumotlardan) samarali foydalanish neft qazib olish sanoatining afzalligini isbotladi. Avval tuzilgan asosiy rejalar bo’yicha neft konlarini ishlatishning yangi metodlarining yaratilishi neft sanoatini jadal rivojlanishiga sabab bo’ldi. Ayni paytda sobiq Ittifoqdagi konlarning 85-90% idan neft qatlamga suv bostirish yo’li bilan olinmoqda. Bu metoddan horijda ham foydalanilmoqda.
Uglevodorod konlarini ishlatish sistemasini tanlash asosida bajariladigan texnologik masalalarni geologik-konchilik nuqtai nazaridan asoslash zarur. Buning uchun quyidagi ishlarni bajarish kerak:
1) ko’p qatlamli neft konida ishlatish ob’ektlarini to’g’ri ajratish;
2) neft uyumiga suv bilan sun’iy ta’sir etish metodini qo’llash yoki ob’ektni qatlamning tabiiy energiyasidan foydalanib ishlatish;
3) zarur bo’lganda qatlamga sun’iy ta’sir etish metodi turlaridan foydalanish; haydash va chiqarish quduqlarini neftli maydonda bir-biriga moslab joylashtirish;
4) quduqlar to’ri zichligini aniqlash;
5) ishlatish ob’ektida bosim gradientini aniqlash;
6) ishlatish jarayonini nazorat qilish va tartibga solish bo’yicha ko’riladigan tadbirlarni ishlab chiqish.
Qayd etilgan har bir punkt bo’yicha qaror qabul qilinadi. Bular ishlatish ob’ektining geologik tuzilishini to’liq aks ettirishi shart.