Konimex tuman kasb-hunar maktabi 2022- yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”ga bag`ishlab



Download 31,74 Kb.
bet2/3
Sana13.07.2022
Hajmi31,74 Kb.
#789257
1   2   3
Bog'liq
“Inson qadri uchun”

QAROR QILADI:
1. Kun tartibidagi “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”ga bag`ishlab “Inson qadri uchun” mavzusidagi ovozli o‘qishni samarali tashkil etish yuzasidan ma’ruzachi YOshlar etakchisi SH. YUldashova axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin..
2. “Inson qadri uchun” mavzusidagi ovozli o‘qishni ARM xodimlari hamda Yoshlar etakchisi hamkorligida o‘tkazish belgilansin.
3. “Maqsadimiz el - manfaati” mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etish kutubxonachilar zimmasiga yuklatilsin
Yig‘ilish qarorlari ijrosi yuzasidan nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.
Bayonlashtirdi: G. Mavlyanova
“Tasdiqlayman”
Konimex tuman kasb-hunar
maktabi direktori _____________
A. Xudayberdiyev
Inson qadri uchun” mavzusida
Ma’ruza
YUrtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati, qonuniy ehtiyojlari va manfaatlarini himoya qilishdir. Biz nimaniki rejalashtirmaylik, nimaniki amalga oshirmaylik, nimagaki intilmaylik barchasining bosh maqsadi inson va uning baxtli hayotini taminlashdan iboratdir. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishni o‘zi uchun dasturilamal qilib olgan xalqimiz o‘z milliy, tarixiy, ma’naviy va diniy an’analari, urf – odatlarini saqlab, ayni paytda dunyodagi eng ilg‘or bunyodkorlik yo‘lidan qat’iy bormoqda. Darxaqiqat, mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoevning g‘oyalari tashabbuslari va bevosita rahnamoligi ostida olib borilgan barcha isloqotlar rejalar va dasturlar,amaliy sa’iy–harakatlar avvalambor inson uchun uning manfaatlari,farovon hayoti,xavfsizligi va orzu umidlarining ro‘yobga chiqishi uchun qaratilgandir. Biz nimaniki rejalashtirmaylik.nimaniki amalga oshirmaylik,nimagaki intilmaylik barchasining bosh maqsadi inson va uning baxtli hayotini taminlashdan iboratdir. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishni o‘zi uchun dasturilamal qilib olgan xalqimiz o‘z milliy, tarixiy, ma’naviy va diniy an’analari, urf – odatlarini saqlab, ayni paytda dunyodagi eng ilg‘or bunyodkorlik yo‘lidan qat’iy bormoqda. Vatanimizning yanada obod,xalqimiz hayotining kelgusida farovon bo‘lishi va oldimizda turgan yuksak vazifalarning bajarilishi ko‘p jihatdan yoshlarimizning taqdiri va kelajagi bilan bog‘liqdir. CHunki mustaqil davlatdagina imkoniyatlar to‘la amalga oshiriladi. Mustaqillik yaratgan imkoniyatlar sharofati bilan mamlakatmizda inson manfaatlariga,xalqning tinchligi va farovonligiga xizmat qiluvchi erkin ochiq ijtimoiy – siyosiy tizim barpo etishni ta’minlovchi keng qamrovli demokratik islohotlar amalga oshirildi. Rivojlanish sari qo‘yilgan har bir qadam, shubhasiz, yurtimiz taraqqiyoti, insonlar qadri ulug‘lanishiga olib keladi. Aynan shu maqsadda “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da aholi muammolari bilan ishlashda bir qancha yangi tizimlar shakllantirilmoqda.
Mustaqillik yillarida yurtimizdagi yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari ishlab chiqilib, farzandlarimizning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, qalbida erkinlik va masuliyat tuyg‘ularini toptirishga alohida e’tibor qaratildi. Shu ma’noda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari ishlab chiqilib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning muhim omili sifatida farzandlarimizning huquqiy ongi, tafakkuri hamda madaniyatini yuksaltirish, qalbida erkinlik va mas’uliyat tuyg‘ularini qaror toptirishga alohida e’tibor qaratildi. Konstitutsiyamizning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati, mazmun-mohiyatini o‘rganish, yosh avlodning huquqiy ongi, tafakkuri va madaniyatini tarbiyalash va yuksaltirish, yuqoridagilardan kelib chiqib, mamlakatimizning barcha viloyat va shaharlarida turli soha mutaxassislari uchun yuqoridagi qonunlarimizni o‘rganish bo‘yicha vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda keng qamrovli tadbirlar amalga oshirishimiz zarurdir. Mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bir vaqtda yoshlarda huquqiy ong va huquqiy ma’daniyatini yanada yuksaltirish, ularni ma’naviy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash mamlakatimiz oldida turgan muhim masalalardan biridir. Huquqiy demokratik davlat qurish va jamiyat taraqqiyotining rivoji o‘sib kelayotgan avlodning ta’lim darajasining, huquqiy savodxonligining yuqoriligiga bog‘liqdir. Yaxshi ta’lim-tarbiya olgan barkamol avlod hech qanday huquqbuzarlikning ko‘chasiga kirmaydi, uning botqog‘iga botmaydi. Yoshlarning faol ijtimoiy kuchga aylanib borayotgani bugungi kunda ularning turli mafkuraviy ta’sir va tayziqlarning bosh ob’ektiga aylanishiga olib kelmoqda. Bunda ularning jamiyatning hali etarli tajribaga ega bo‘lmagan , tashqi ta’sirlarga tez beriluvchan va ayni paytda ,eng haqakatchan qatlami ekani inobatga olinmoqda. Globallashuv jarayonining o‘ziga xos jihati shundan iboratki, hozirgi sharoitda u mafkuraviy ta’sir o‘tkazishning nihoyatda o‘tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar va markazlarning manfaatlariga xizmat qilayotganini sog‘lom fikrlaydigan har qanday odam, albatta, kuzatishi muqarrar.
Muxtasar qilib aytganda, yoshlarimizning manaviy olamida bo‘shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi illiy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini bolalik paytidan boshlab shakllantirishimiz zarur. Barchamizga ayon bo‘lishi kerakki, qaerdaki beparvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzab masalalar o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yilsa, o‘sha erda ma’naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi va aksincha — qaerda hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron bo‘lsa, o‘sha erda ma’naviyat qudratli kuchga aylanadi. Ta’lim tarbiya sohasidagi bosh maqsadimiz farzandlarimizni komil inson qilib tarbiyalashdan iboratdir. Yoshlarimiz eng avvalo Konstitutsiyamizdagi huquq va erkinliklari bilib olishlari kerak. Shundagina hayotda qoqilmay, yuqori yutuqlarga erishadilar. Yoshlarimizga bag‘ishlangan masalalar Konstitutsiyamizning bir qator moddalarida o‘z ifodasini topgan. Eng muhimi, uning muqaddimasidayoq bu borada hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’ullik haqida so‘z boradi. Vatanimiz ravnaqi,uning kelajagi har birimizga va barkamol avlod zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi. Ta’kidlash joizki, asosiy maqsad, bugungi o‘zgarishlar, yangilanishlarning, xalq farovonligi uchun o‘tkazilayotgan islohotlarning davomchilari bo‘lgan yoshlarning ilmli, bilimli, har jiqatdan barkamol bo‘lib ulg‘ayishlari, barcha jabhalardagi yaratuvchan mehnat jarayonlarida faol va samarali ishtirok etishlari uchun keng imkoniyat yaratib berishdir.
Hammamiz ham ulkan madaniyatga, boy ma’naviyatga va jahon sivilizatsiyasiga katta ta’sir ko‘rsatgan millat vakillari ekanliklarimizdan hamisha g‘ururlanamiz. Yoshlar esa shu bilan birga, buyuk ajdodlarimiz shon-shuhratiga, bugungi O‘zbekistonimizning obro‘-e’tiboriga, davlatimiz rahbarining ishonchiga munosib bo‘lishga harakat qilishadi. Ta’kidlash joizki, mamlakatimizni barqaror rivojlantirish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, fuqarolarimiz hayotdan rozi bo‘lib, ertangi kunga qat’iy ishonch bilan munosib hayot kechirishini ta’minlash bo‘yicha oldimizga qo‘ygan maqsad va vazifalarni izchil amalga oshirishda jamiyatning eng muhim bo‘g‘ini hisoblangan mahalla institutining o‘rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda.



Download 31,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish