Kоnfliktlar haqida ilk tasavvurlar


Ikkinchi shakli — norozilik



Download 28,1 Kb.
bet3/6
Sana31.12.2021
Hajmi28,1 Kb.
#228407
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 mashg'ulot

Ikkinchi shakli — norozilik bo‘lib, bir-biridan norozilik natijasida kelib chiquvchi noxush kayfiyatni so‘z yoki xatti-harakat bilan bildirish natijasida konflikt yuzaga keladi. Lekin norozilik hamma vaqt ham konfliktni vujudga keltirmaydi.

Konfliktni vujudga keltiruvchi uchinchi shakl — kelishmovchilik bo‘lib, fikr va qarashlarni to‘g‘ri kelmasligi natijasida shaxsiy fikrga qarshi da’voning mavjudligidir. Ikkinchi tomonning fikr va qarashlariga aks ta’sir natijasida ham konfliktni vujudga keltiruvchi omillar vujudga keladi. Ikki ob’yektni kelajak munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etishini o‘ylamasligi oqibatida bir-biriga qarshi turish kayfiyati ta’sir qiladi. Bu ham konfliktni vujudga keltiruvchi omillardan biri bo‘lib, har bir sub’yekt bunday kayfiyatga konflikt arafasida moyil bo‘ladi. Sub’yektlarni bir-biriga qarshi turish vaziyatidan chiqishi, kiyingi  jarayon hisoblanib, ikki tomon bir-birini yechimi qiyin bo‘lgan vaziyat tomon yetaklaydi. Konfliktni vujudga kelishida va uni xal etishda konstruktiv yondashuv ziddiyatni ijobiy yangi pog‘onaga olib chiqadi va to‘g‘ri yechimga olib keladi. Ziddiyatni hal etishda destruktiv yondashuv esa konfliktni yanada chuqurlashtirib uni boshi berk ko‘chaga olib kiradi. SHunga qaramasdan konfliktning dastlabki bosqichi uchun dekonstruktiv yondashuv xos bo‘lib, konfliktning davomiyligining ma’lum davrida konstruktiv yondashuv talab etiladi va konfliktni hal etish ijobiy bosqichga o‘tadi. SHunga ko‘ra konfliktni vujudga kelishi va uni yechimining quyidagi sxemasi namoyon bo‘ladi: Konfliktli vaziyatda destruktiv yondashuv, mojaroning hal etilishida esa konstruktiv yondashuv yuzaga keladi. Konfliktni vujudga kelishining asosida doimo qarama-qarshi bo‘lgan omillar yotadi. Bu esa konfliktni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablarni tashkil etadi. L.Kozerning ta’kidlashicha, konflikt - qarama-qarshilikni bartaraf etuvchi omillardan foydalanilmagandagina yuzaga keladi. Ko‘p hollardagi konfliktlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, konflikt a’zolari aksar hollarda ziddiyatning haqiqiy sabablarini tushunishni istamaydilar va destruktiv yondashuv natijasida vaziyat jiddiy tus oladi. Konflikt - o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan ziddiyatli manfaatlar va munosabatlarning ochiq to‘qnashuvidir.

  Konfliktning yechimini topish - konflikt vaziyatni yo‘qotish hamda u yuzaga keltirgan munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga solish bilimlari va ko‘nikmalari majmuidan iboratdir. [Stepanov YE.I.Sovremennaya konfliktologiya: Obshiye podxodы k modelirovaniyu, monitoringu i menedjmentu sotsialngx konfliktov: Uchebnoye posobiye. — M.: Izdatelstvo LKI, 2008. 176 s.] Konfliktlarni tabiiy hodisa dedik. Konflikt - oddiy hol. CHunki konflikt har birimizning turmushimiz va tirikligimizga hos bo‘lgan, hayotimizga tegishli narsa. Ammo ko‘pchilik ongida an’anaviy mavjud bo‘lgan fikrga ko‘ra, konflikt bu - oddiy hol emas, u ziddiyatli hol, undan o‘zini muhofaza qilish kerak, undan o‘zini tortish zarur, konfliktdan “qochish” kerak. Insonlararo, oilalar ichida bo‘layotgan konfliktlardan o‘zini tortishni bizga bolaligimizdan o‘rgatib kelishadi. Konflikt oldida, konfliktdan qo‘rqish hollari ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bizni bolaligimizdan konfliktli vaziyatlardan o‘zimizni tortishga, “janjalkash” bo‘lmaslikka, nizolarni keltirib chiqargan va unda qatnashgan odamlardan o‘zimizni tortib yurishga o‘rgatishadi. Konflikt - bizning milliy mentalitetimizda “yaxshi” bo‘lmagan holat va vaziyatga tenglashtiriladi. Konflikt bo‘lganidan ko‘ra, konflikt bo‘lmaganini biz afzalroq ko‘ramiz. Biz konfliktni hayotimizdagi eng “yomon” davr sifatida baholaymiz. Konfliktdan uzoqroqda yashash ko‘nikmalari bizning tafakkurimizga chuqur singdiriladi. Konflikt har kunlik hayot tarzimizga hos bo‘lgan voqelik bo‘lishiga qaramay, insonlar ko‘pincha ularni noto‘g‘ri talqin etadi hamda ularni “anglangan” holda qabul qilishga o‘rgatilmaydi. Konflikt vaziyatga tushib qolgan vaqtimizdagina mana shu konflikt vaziyatni tahlil qilishga urinamiz. Ammo har doim ham bizning bilim va ko‘nikmalarimiz konfliktli vaziyatdan chiqib ketish uchun yetarli bo‘lmaydi. CHunki bizning hayotiy tajribamiz kam, chunki biz konfliktlar yechimi bo‘yicha maxsus bilimlarni egallamaganmiz. Tabiiyki, har bir inson konfliktlarni tushunadi, ularning mohiyatini to‘g‘ri anglaydi hamda ularni yenga oladi deyish, xato hisoblanadi. SHu bois, konfliktlarni o‘rganish, ularni ilmiy anglash davr talabi bo‘lib, konfliktlar bo‘yicha zamonaviy bilimlarni egallagan mutaxassislarni tarbiyalab — voyaga yetkazish davr bilan hamnafas bo‘lishni anglatadi.

  Pedagogik konfliktologiya  fani hozirgi kunda barcha oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida fan sifatida o’qitilyapti. Boshqa fanlar singari pedagogik konfliktologiya fani ham o’quv fani sifatida yetakchi o’rinni egallaydi.




Download 28,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish