Konfessiyalararo muloqot va diniy bag'rikenglik jamiyat barqarorligi garovi” mavzuidagi ilmiy-amaliy anjuman



Download 19,2 Kb.
bet1/2
Sana20.07.2022
Hajmi19,2 Kb.
#829738
  1   2
Bog'liq
Konfessiyalararo muloqot va


Konfessiyalararo muloqot va diniy bag'rikenglik - jamiyat barqarorligi garovi” mavzuidagi ilmiy-amaliy anjuman

  • 16.11.2016

Konfessiyalararo muloqot va diniy bag'rikenglik - jamiyat barqarorligi garovi” mavzuidagi ilmiy-amaliy anjuman
Press-reliz
Bizning mamlakatimiz azal-azaldan qadimiy dinlar rivoj topgan makon sifatida dunyo sivilizatsiyasi tarixida alohida mavqega ega. Bu muborak zaminda bizning ajdodlarimiz boshqa din vakillariga doimo hurmat bilan qaraganlar, mana shu yurt ozodligi yo'lida ular bilan birga kurash olib borgani, yelkadosh bo'lib mehnat qilganini hech kim inkor qila olmaydi.
I.A.Karimov
Ma'lumki, Markaziy Osiyo, xususan, O'zbekiston qadim asrlardan turli madaniyat, til, urf-odat, turmush tarziga ega bo'lgan, xilma xil dinlarga e'tiqod qiluvchi va bir-biriga o'xshash bo'lmagan turli xalqlar, millatlar, yashagan va yashab kelayotgan o'lkadir. Qadim zamonlardan bizning yurtimizda zardushtliylik, buddaviylik, yahudiylik, nasroniylik kabi dinlar mavjud bo'lgan. VIII asrda Movarounnahrga kirib kelgan islom dini mahalliy xalqlarning axloq g'oyalari, huquqiy me'yorlari va urf-odatlari bilan uyg'unlashib, hozirgi O'zbekiston mintaqasida o'z bag'rikenglik xususiyati bilan ajralib turuvchi hanafiy mazhabi ta'limoti hamda ijtimoiy-axloqiy va huquqiy me'yorlar uzul-kesil qaror topdi.
Mustaqillik yillari O'zbekistonda ushbu tarixiy an'anaga yangicha rux bag'ishlagan holda turli dinlarga mansub qadriyatlarni avaylab-asrashga, barcha fuqarolarga o'z e'tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga alohida e'tibor qaratilib, ushbu yo'nalishda boshqa davlatlarga namuna bo'ladigan boy tajriba orttirildi.
Joriy yilning 16 noyabr` kuni Toshkent islom universitetida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarkibidagi “YUNESKO” Xalqaro tashkiloti tomonidan “16 noyabr` kuni - Xalqaro bag'rikenglik kuni” deb e'lon qilingan kuniga bag'ishlab tashkil etilgan “Konfessiyalararo muloqot va diniy bag'rikenglik - jamiyat barqarorligi garovi” mavzuidagi ilmiy-amaliy anjumanda respublikamizda turli millat va diniy urf-odat hamda an'analar hurmat qilinishini ta'minlash, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratish, tenghuquqlilik va o'zaro hamkorlikni qaror toptirish sohasida amalga oshirilayotgan salmoqli ezgu ishlar muhokama qilindi. 
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita, Toshkent islom universiteti, “YUNESKO”ning O'zbekistondagi vakolatxonasi hamkorlikda tashkil etgan mazkur tadbirda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan turli diniy konfessiyalar rahbarlari, diplomatik korpus vakillari va keng jamoatchilik a'zolari ishtirok etdilar.
Konferentsiyada so'zga chiqqanlar tomonidan O'zbekistonning istiqlol yillaridagi rivojlanish tajribasi ko'p millatli va turli madaniyatlar vakillari istiqomat qiladigan hamda ko'pkonfessiyali jamiyatda nafaqat dinlararo totuvlikka erishish mumkinligi, balki demokratik islohotlar va bag'rikenglik ruhini qaror toptirishning muhim vositasi bo'la olishini isbotlab kelayotganini e'tirof etdilar.
Bugun O'zbekistonda 2239 ta diniy tashkilotlar, jumladan, 2065 ta musulmon, 157 ta xristian, 8 ta yahudiy, 6 ta bahoiy, 1 ta Krishnani anglash hamda 1 ta Budda ibodatxonasi va O'zbekiston Bibliya jamiyati kabi diniy tashkilotlarning o'zaro hurmat va hamkorlik asnosida faoliyat yuritib kelayotgani, davlatimiz tomonidan yuzlab masjid, cherkov, ibodatxona, ziyoratgoh va osori-atiqalar asl ko'rinishida ta'mirlanib, diniy tashkilotlar ixtiyoriga berilgani, dindorlarimiz muqaddas ziyoratlarni bajarishlari uchun alohida g'amxo'rlik ko'rsatib kelinayotgani, diniy ta'lim tizimi izchil rivojlanishi 
uchun qulay sharoitlar yaratilgani yuqoridagi fikrning yorqin dalillari hisoblanadi.
Mahalliy va xorijiy diniy arboblari o'z ma'ruzalarida O'zbekiston davlatining dunyoviylik, diniy bag'rikenglik, barcha dinlarga bir xilda munosabat, jamiyat taraqqiyotida esa dinlar bilan hamkorlik qilish siyosati barcha fuqarolarning diniy e'tiqodi va dunyoqarashidan qat'iy nazar, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida teng ishtiroki tamoyili asosida amalga oshirilayotgani haqida alohida to'xtalib o'tdilar. 
Diniy konfessiya rahbarlari respublikamizda dinning asl insonparvarlik mohiyatini turli noto'g'ri aqidalardan saqlash, dining ma'naviy-ma'rifiy salohiyatini jamiyatdagi barqarorlik, ijtimoiy hamkorlik, konfessiyalararo hamjihatlikni mustahkamlashga yo'naltirish borasida izchil siyosat yuritilayotganini mamnuniyat bilan ta'kidladilar.
Anjuman qatnashchilari xulosa sifatida Markaziy Osiyoning jahon geosiyosiy tizimidagi ahamiyati ortib borayotgan bugungi kunda mintaqada muhim o'rin tutgan yurtimizni dinni siyosatlashtirayotgan oqimlarning tahdididan himoya qilish, fuqarolarga o'z e'tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berish, asl diniy qadriyatlarni avaylab-asrash, diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash muhim vazifalardan bo'lib qolayotgani, ushbu masalalarni muvaffaqiyatli hal etilishi o'lkamizda asrlar osha hukm surib kelayotgan diniy bag'rikenglikning bundan buyon ham jamiyatimiz taraqqiyotini belgilab beruvchi muhim omillardan bo'lib qolishiga mustahkam zamin yaratishini qayd etdilar. 
Konferentsiyada respublikamizda bugungi kunda dinlararo totuvlikni va hamjihatlikni ta'minlash, jamiyatda bag'rikenglik ruhini mustahkamlashda erishilgan yutuq va boy tajriba boshqa ko'pmillatli va ko'pkonfessiyali davlatlar uchun namuna bo'la olishi alohida e'tirof etildi.
Tadbir doirasida mustaqillik yillarida respublikamizda turli konfessiyalar tomonidan chop etilgan diniy mazmundagi adabiyotlar ko'rgazmasi tashkil qilindi.


Download 19,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish