Konchilik sanoatidagi yangiliklar va qo’llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar


NKMKni innovatsion rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari



Download 23,46 Kb.
bet2/2
Sana30.04.2022
Hajmi23,46 Kb.
#599724
1   2
Bog'liq
Konchilik sanoatidagi yangiliklar

NKMKni innovatsion rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari:
- Geologik qidiruv
- Konchilik ishlari
- Qayta ishlash va boyitish
- Transport
- Mashinasozlik va metallurgiya
- Energetika
- Avtomatlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
- Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi
- Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi
- Meditsina
- Qishloq xo‘jaligi
Innovatsion ishlanmalarni joriy etish quyidagi vazifalarni bajarish imkonini beradi:
- foydali qazilmalarning sanoat zaxiralari o‘sishini taʼminlaydigan mineral-xomashyo bazasini jadal rivojlantirish;
- konchilik ishlari tannarxi, materiallar va reaktivlar, yoqilg‘i, energiya xarajatlari, kon transport uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarini kamaytirish;
- atrof-muhitni muhofaza qilish va ish xavfsizligini hisobga olgan holda foydali qazilmalarni kompleks va iqtisodiy jihatdan oqilona qazib olish, yer osti boyliklarini qazib olishning to‘liqligi;
- oltin, uran va qora slanes rudalarini kompleks qayta ishlash;
- nodir metallarini olish;
- texnologik asbob-uskunalar va ehtiyot qismlarni mahalliylashtirish;
- xavfsiz mehnat sharoitlarini taʼminlash;
- NKMKning xavfli ishlab chiqarish obyektlarida yuz berishi mumkin bo‘lgan hodisalarning oldini olishni o‘z vaqtida tahlil qilish va oldindan aniqlash, o‘z vaqtida javob berishni taʼminlash;
- kombinat ishlab chiqarishining atrof-muhitga salbiy taʼsirini kamaytirish;
- ishlab chiqarish asbob-uskunalarining mustahkamligi va xavfsizligini oshirish;
- ishlab chiqarish jarayonlarini tashkiliy boshqarish darajasini oshirish;
- eksportbop ishlab chiqarilgan mahsulotlar turini ko‘paytirish;
- kasbiy kasalliklar rivojlanish xavfini oldindan aniqlash va oldini olish.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) jahonda oltin ishlab chiqaruvchi peshqadam kompaniyalar o‘ntaligiga kirib, yer osti boyliklari zaxiralarini geologik qidirish, qazib olish va qayta ishlashdan to tayyor mahsulot olishgacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish jarayonini o‘zlashtirgan, O‘zbekiston konchilik sanoatining eng yirik korxonasi hisoblanadi. Kombinatning “999,9” soflikdagi oltin quymalari jahonning qimmatbaho metallar bo‘yicha birjalarida O‘zbekistonning brendiga aylandi!
Konchilik va metallurgiya sanoati pensionerlari va faxriylarini birlashtirish orqali ularning boy professional hayot tajribasidan samarali foydalanish, keksa avlod vakillariga e’tibor va g‘amxo‘rlikni yanada kuchaytirish, davlat tomonidan ijtimoiy himoyani, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashni yanada yaxshilash, shuningdek, respublika konchilik va metallurgiya sanoati sohasida yosh mutaxassislarni tanlash va tarbiyalashda pensionerlar va mehnat faxriylarining noyob tajribalari, amaliy mahorati va salohiyatidan faol foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ va “O‘zmetkombinat” AJning O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashi (keyingi o‘rinlarda — Kengash) nodavlat notijorat tashkilotini hamda uning Navoiy viloyatidagi, shuningdek, Toshkent viloyatining Olmaliq va Bekobod shaharlaridagi hududiy filiallarini (keyingi o‘rinlarda — Kengashning hududiy filiallari) tuzish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar Kengash faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va vazifalari deb hisoblansin:
konchilik va metallurgiya sanoati pensionerlari va faxriylarining ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, ularning qonuniy xuquqlari va manfaatlari himoyasini, munosib turmush darajasi va ijtimoiy mavqeyini ta’minlash;
barcha toifadagi pensionerlar va faxriylarning ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va kengaytirish, ularning konchilik va metallurgiya sohalari korxonalarida davlat yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish maqsadlarida yosh mutaxassislarni yuksak ma’naviyat, mehnatkashlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi ishlarda faol ishtirokini ta’minlash uchun sharoitlar yaratish;
Kengashning respublika konchilik va metallurgiya sanoati sohasidagi aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa korxonalari mehnat jamoalarining ishlab chiqarish va ijtimoiy hayotidagi hamda har bir pensioner va faxriyni qo‘llab-quvvatlash choralari bilan qamrab olishdagi tashkilotchilik roli va ahamiyatini oshirish;
pensionerlar va faxriylarning ijtimoiy va moddiy holatini yaxshilash, ularga maishiy, tibbiy, madaniy va boshqa turdagi xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ko‘maklashish;
munosib dam olishda bo‘lgan pensionerlar va faxriylar orasida konchilik va metallurgiya sohalari hayotiga dahldorlik hisini qo‘llab-quvvatlash;
respublika konchilik va metallurgiya sanoati aksiyadorlik jamiyatlari hamda sohaning boshqa korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etishning barcha yo‘nalishlari va bo‘g‘inlari bo‘yicha tegishli maslahatlar va tavsiyalarni ishlab chiqish va taqdim etishda pensionerlar va faxriylar ishtirokini, shu jumladan moddiy rag‘batlantirish;
konchilik va metallurgiya sohasi uchun mutaxassislarni tayyorlash va ularning kasbiy malakasini oshirish, shuningdek, sohada bardavom vorislikni ta’minlovchi samarali ustoz-shogird tizimini yo‘lga qo‘yish va amalga oshirishda ishtirok etish;
pensionerlar va faxriylarni ijtimoiy himoya qilish choralarini yanada kuchaytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishda ko‘maklashish;
pensionerlar va faxriylar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy, madaniy, shuningdek, sport tadbirlarini tashkil etish, yoshlar bilan, shu jumladan, sohaga oid oliy va professional ta’lim muassasalarida uchrashuvlar o‘tkazish;
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI KON-METALLURGIYA SANOATI VA UNGA BOG‘LIQ SOHALARNI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Kon-metallurgiya sanoati mahsulotlari negizida ilg‘or jahon amaliyoti asosida yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, unga bog‘liq bo‘lgan tarmoqlarni rivojlantirish hamda ushbu yo‘nalishning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida:
1. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, “Olmaliq KMK” AJ, “O‘zeltexsanoat” uyushmasining quyidagilarni kon-metallurgiya sanoati va unga bog‘liq tarmoqlarni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin:
“xomashyodan tayyor mahsulotgacha” bo‘lgan ko‘p pog‘onali qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratishga qaratilgan iqtisodiyotning drayveri sifatida respublikada mis mahsuloti va u bilan bog‘liq sohalarda yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy-texnologik klasterni (keyingi o‘rinlarda — Mis sanoati klasteri) tashkil etish;
kon-metallurgiya sanoatini uzoq muddatli istiqbolda ishonchli resurs bazasi bilan ta’minlash uchun mis, rangli, nodir va noyob metallar bo‘yicha geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, geologiya fani va geologik xizmatlar bozorini rivojlantirish;
Mis sanoati klasteri doirasida loyiha va injiniring xizmatlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining o‘zaro bog‘liq tizimini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni transfer qilish, innovatsiyalarni va raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda mavjudlarini takomillashtirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalar asosida fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish;
Mis sanoati klasteri uchun zarur bo‘lgan kon-metallurgiya mashinalari, texnikalari, asbob-uskunalar, xomashyoni chuqur qayta ishlash, kimyoviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va o‘zlashtirish, mahalliy ixtisoslashgan tashkilotlar bilan kooperatsiya va autsorsing asosida xizmat ko‘rsatish turlarini rivojlantirish;
kon-metallurgiya, elektrotexnika, mashinasozlik, dastgohsozlik sohalarida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish, shuningdek, mavjud va yangi barpo etiladigan ishlab chiqarish quvvatlarini yuqori malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislar bilan ta’minlash;
kon-metallurgiya sanoatini zarur infratuzilma bilan ta’minlash hamda milliy ekologik talablarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va suvdan oqilona foydalanish;
davlatning kon-metallurgiya sanoati rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan eng maqbul tartibga solish siyosatini shakllantirish, sanoat tarmoqlarida milliy raqobatbardoshlikni oshirish.
2. Quyidagilar:
Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish “yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “yo‘l xaritasi”) 1-ilovaga muvofiq;
Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha maxsus komissiya (keyingi o‘rinlarda — Maxsus komissiya) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Maxsus komissiyaga (A.N. Aripov) “yo‘l xaritasi”ga, zaruratga qarab, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
3. Maxsus komissiyaga quyidagi asosiy vazifalar yuklansin:
“yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirilishida mutasaddi vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ushbu jarayonni nazorat qilish;
mutasaddi vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan takliflarni ko‘rib chiqish, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish hamda ushbu qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligini muhokama qilib borish, shuningdek, “yo‘l xaritasi”ni amalga oshirishda yuzaga keladigan masalalarni tezkor hal etish.
4. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, “Navoiy KMK” AJ va “Olmaliq KMK” AJ:
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi bilan birgalikda 2021-yil 15-oktabrga qadar yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda, 2022 — 2026-yillarda kon-metallurgiya mashinalari, texnikalari va uskunalarining yangi turlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturini;
“O‘zkimyosanoat” AJ bilan birgalikda 2021-yil 30-oktabrga qadar kon-metallurgiya sanoati uchun zarur bo‘lgan kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini (“Navoiyazot” AJda tashkil etilayotgan texnologik kimyo klasterini hisobga olgan holda);
2021-yil 1-noyabrga qadar yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalari hamda malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda, Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar, “O‘zeltexsanoat” uyushmasining:
Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish konsepsiyasini hamda Kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish dasturini ishlab chiqish, shu jumladan yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalar hamda malakali mutaxassislarni jalb qilish, xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish, xizmat safarlarini tashkil etish bilan bog‘liq va boshqa tegishli xarajatlarni “Olmaliq KMK” AJ mablag‘lari;
2022 — 2026-yillarda kon-metallurgiya mashinalari, texnikalari va uskunalarining yangi turlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda kon-metallurgiya sanoati uchun zarur bo‘lgan kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish dasturlarini ishlab chiqish bilan bog‘liq va boshqa xarajatlarni tegishligicha “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ va boshqa tarmoqlar korxonalarining mablag‘lari hisobidan amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
6. “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ, “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalar hamda malakali mutaxassislar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar natijalariga ko‘ra eng maqbul taklifni tanlash asosida shartnomalar imzolashga ruxsat berilsin.
7. Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar bilan birgalikda joriy yil 1-sentabrga qadar 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan mis va boshqa rangli va noyob metallar uchun geologiya-qidiruv ishlarining maqsadli dasturini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. Moliya vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-sentabrga qadar xorijiy davlatlarning kam xarajatli injiniring xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or tajribasini o‘rgangan holda, ularni respublikada qo‘llash to‘g‘risidagi takliflarni Maxsus komissiyaga kiritsin.
9. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
Moliya vazirligi, “Olmaliq KMK” AJ va “O‘zeltexsanoat” uyushmasi bilan birgalikda 2021-yil 1-dekabrga qadar Mis sanoati klasteri faoliyatini tashkil etishga yetakchi xorijiy ishlab chiqaruvchilar va salohiyatli investorlarni jalb qilish tizimini joriy etsin;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2021-yil yakuniga qadar Mis sanoati klasterini tashkil etish uchun zarur investitsiya loyihalari ro‘yxatini tarmoqlar kesimida tayyorlagan holda, maxsus sanoat zonalarini tashkil etish yuzasidan takliflarni Maxsus komissiyaga kiritsin.
10. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi:
ikki oy muddatda kon-metallurgiya sanoatida milliy ekologik talablarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi va xalqaro ekologik talablarni amalga oshirish jadvalini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
uch oy muddatda kon-metallurgiya sanoati va boshqa bazaviy tarmoqlarning yirik korxonalarida atrof-muhitga chiqariladigan chiqindilarni kamaytirish dasturlarini ishlab chiqsin hamda ularning bajarilishini qat’iy nazoratga olsin.
Bunda, kon-metallurgiya sanoatida milliy ekologik talablarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish jarayoniga xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy donorlar grantlari va texnik yordamini jalb qilishga e’tibor qaratsin.
11. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda Energetika vazirligi, Transport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi takliflari asosida 2021-yil 1-noyabrga qadar Mis sanoati klasterini zarur resurslar va infratuzilma bilan ta’minlash bo‘yicha aniq hisob-kitoblarga asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda, Mis sanoati klasterini tashkil qilishda elektr energiyasini, shu jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarish va transportirovka qilish imkoniyatlari, suv ta’minoti, transport va muhandislik kommunikatsiyalarini yaratish, Mis sanoati klasteri korxonalarining faoliyatini raqamlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish masalalari nazarda tutilsin.
12. Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov Moliya vazirligi bilan birgalikda:
uch oy muddatda kon-metallurgiya sanoati bo‘yicha jahon amaliyotini o‘rganish, eng maqbul tajribalarni respublika amaliyotiga tatbiq etish, ishlab chiqarish zanjirlarini tahlil qilish va rivojlantirish, qazib olish tannarxini kamaytirish va qo‘shimcha qiymat yaratish masalalari bilan shug‘ullanuvchi Kon-metallurgiya sanoati iqtisodiyotini o‘rganish markazini tashkil etish bo‘yicha takliflarni;
2021-yil 1-oktabrga qadar yer qa’ridan foydalanish va geologiya sohasida, shuningdek, kon-metallurgiya sanoatida soliq tizimini takomillashtirish bo‘yicha tegishli qonunchilik hujjatlari loyihalarini;
2021-yil 1-noyabrga qadar Sanoat tarmoqlarida milliy raqobatbardoshlikni, shu jumladan mehnat unumdorligini oshirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
13. Quyidagilar:
a) Suv xo‘jaligi vazirligi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Navoiy KMK” AJ va “Olmaliq KMK” AJning suv resurslariga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olgan holda, ushbu kombinatlarda suv resurslaridan tejamkor foydalanish dasturini;
b) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Fanlar akademiyasi, “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ va “O‘zeltexsanoat” uyushmasi bilan birgalikda — 2021-yil 1-dekabrga qadar ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda, quyidagilarni nazarda tutuvchi Mis sanoati klasteri uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda sohada tajriba-konstruktorlik va ilmiy izlanishlar ko‘lamini kengaytirish dasturini:
kon-metallurgiya sanoati va unga bog‘liq bo‘lgan sohalar uchun muhandis, texnik va boshqa o‘rta bo‘g‘in ishchi-xodimlarni tayyorlash bo‘yicha professional ta’lim o‘quv dasturlarini ularning amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini yanada kuchaytirgan holda takomillashtirish;
sohada joriy etilayotgan yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish va ulardan samarali foydalanish, loyihalashtirish, tajriba-konstruktorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalarida mos yo‘nalishlar bo‘yicha kechki, sirtqi va masofaviy ta’lim shakllari asosida kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish, shuningdek, ilmiy izlanishlar olib borish ko‘lamini kengaytirish;
v) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda — 2021-yil yakuniga qadar kon-metallurgiya, elektrotexnika va boshqa bazaviy tarmoqlarda sanoat xavfsizligi, mehnat xavfsizligi, mahsulot sifatini ta’minlash bo‘yicha texnik va texnologik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan idoraviy hujjatlarni yetakchi xorijiy davlatlar tajribasiga muvofiq takomillashtirish dasturini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

XULOSA

Konchilik bu qadimdan rivojlanib kelayotgan sanoatdir. Qazib olinayotgan foydali qazilmalarga bo’lgan talab ham yildan yilga oshib bormoqda. Shuning uchun ham konchilik sanoatida yangi inovatsion texnologiyalar va qulayliklarga ehtiyoj ortib bormoqda.


Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) jahonda oltin ishlab chiqaruvchi peshqadam kompaniyalar o‘ntaligiga kirib, yer osti boyliklari zaxiralarini geologik qidirish, qazib olish va qayta ishlashdan to tayyor mahsulot olishgacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish jarayonini o‘zlashtirgan, O‘zbekiston konchilik sanoatining eng yirik korxonasi hisoblanadi. Kombinatning “999,9” soflikdagi oltin quymalari jahonning qimmatbaho metallar bo‘yicha birjalarida O‘zbekistonning brendiga aylandi!

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


  1. Konchilar hayoti. Gazeta. 22.04.22

  2. OKMK rasmiy sahifasi.

  3. NKMK rasmiy sahifasi.

  4. Lex.uz

  5. Wikipediya.org

Download 23,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish