Konchilik korxonalaridagi kon resurslarining ahamiyati
Reja:
Kirish
Asosiy qism
1. Konchilik korxonalaridagi mineral homashyo resurslari tushunchasi
2. O’zbekiston Respublikasi kon resurslarining xozirgi holati
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mamlakatimizni iqtisodiy rivojlantirish kon-qazib olish ishlari bilan uzviy bog‗liqdir. Foydali qazilmalarni qazib olish katta materiallar va mehnat sarfxarajatlari bilan bog‗liq. Bizning respublikamiz oltin, kumush, volfram, uran va shu kabi boshqa kо‗pgina foydali qazilmalarning katta zahiralariga ega. Rangli metallar zahiralari va va xajmlari bо‗yicha u jahonda yetakchi о‗rinni egallab kelmoqda. Hozirgi vaqtda oltin, kumush, mis va kо‗mir qazib olish bо‗yicha yirik karyerlar faoliyat kо‗rsatmoqda. Jaroy-Sardaryo fosforit konida Toshkura uchastkasi foydalanishga topshirildi, u ushbu xom-ashyo turi bо‗yicha yirik kizilkum basseyniga kiradi. Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish usuli yer osti usulida qazib olishga nisbtana ancha yaxshi texnik-iqtisodiy kо‗rsatkichlarni ta‘minlaydi, shu bilan birga u bir qator negativ oqibatlar bilan bog‗langan: yerlarning buzilishi, mikroiqlim va suv balansining о‗zgarishi va h.k. Ochiq usldagi konchilik ishlarining shiddatli rivojlanishi konchilik fanlari va texnika yutuqlari evaziga erishildi, ushbu yutuqlar negiziga N.V. Melnikov, V.V.Rjevskiy, A. O.Spivakovskiy, YE.V. Sheshko, M.G.Novojilov, A.I.Arsentyev, B.P. Yumatov, G.A. Nurka, P.I. Tomakov, V.S. Xoxryakov, Y. I. Anistratov i kо‗pgina boshqa olimlarning mehnatlari yotadi. ―Zamonaviy ochiq usuldagi konchilik ishlari muammolari‖ kursi magistrlarni tayyorlashda profillashtiruvchilar qatoriga kiritiladi. Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish ikkita aspektni о‗z ichiga oladi: ishlab chiqarish jarayonlari texnologimyasi va ochiq konchilik ishlari texnologiyasi. Ishlab chiqarish jarayonlari texnologiyasi mexanizatsiya kompleksi tamoyillari, vositalari va asosiy ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish sxemasi: tog‗ jinslari о‗yishga tayyorlash, о‗yish-yuklash ishlari, kon massasini transportirovka qilish, qayta ortish, joylshatirish va tushirishni о‗z ichiga oladi. Ochiq konchilik ishlari texnologiyasi karyerlar parametrlarini ularning dinamikasida, kon lahmlarini о‗tish usullari, karyerda konchilik ishlarini rivodjlantirish sxemasi, ochish usullari va ishlash tizimi, mahsulot sifatiniboshqarish usullar va vositalari, karyerda konchilik ishlarini tashkil etish va rejalashtirish. Ochiq usulda ishlashda ishlabch iqarish jarayonlarini 7 mexanizatsiyalashtirish ikkita asosiy usul bilan amalga oshiriladi: ekskavator bilan va gidravlik usulda amalag oshiriladi. Ekskavator usulida turli xil mexanikaviy vositalar (ekskavatorlar, skreperlar, transportlarning mexanik turlari va boshqalar) , gidravlik usluda esa, asosiy ishlab chiqarish jarayonlari suv va maxsus gidromexanizatsiyalashtirilgan uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Qoya jinslarini otboyka qilish (tog‗ jinsini sindirish, kо‗chirish, maydalash) burg‗ulash-portlatish ishlari yordamida amalga oshiriladi. Ma‘danga aralashib qolgan keraksiz jinsning ag‗darmalarda joylashishi ag‗darma hosil bо‗lishi deb nomlanadi. Bu ag‗darmalarda ishlaydigan ekskavatorlar, ag‗darma yaruslari, buldozerlar yordamida amalga oshiriladi. Ajratib olinadigan va bir joydan boshqa joyga kо‗chiriladigan tog‗ jinslarining katta xajmlari asosiy jarayonlarda qо‗llaniladigan mexanizatsiyalashtirish texnik vositalarini tanlab olish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Jinslarni ishonchli va samarali ishlab chiqish va bir joydan boshqa joyga kо‗chirishni ta‘minlovchi, о‗zaro bog‗liq bо‗lgan mashina va mexanizmlarning bunday zanjiri karyer uskunalari majmuyi deb nomlanadi. Uskunalar majmuini shakllantirishda (yuklar oqimi) ochiq usuldagi ishlarni mexanizatsyailashtirish tamoyillaridan kelib chiqiladi. Uzluksizlik, ketma-ketlik tamoyili. Ushbu tamoyilga asoslangan texnologik sxemalar va yuk oqimlari uskunalari majmualari kon massasini zaboydan yuza qismda qabul punktlarigacha bir joydan boshqa joyga kо‗chirish uzluksizligini ta‘minlaydi. Amaliyotlar(operatsiyalar)ni birlashtirish tamoyili. Bu holda jinslarni о‗yish, transportda tashish va ag‗darmaga joylashtirish amaliyotlari (operatsiyalari) bir mashinada – ekskavator bilan amalga oshiriladi, transportsiz texnologik sxemalarda – yuklagich, skreper yoki buldozer bilan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |