Konchilik ishi va metallurgiya


Tabiiy shamollatish (aeratsiya)



Download 4,62 Mb.
bet71/206
Sana03.01.2022
Hajmi4,62 Mb.
#315394
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   206
Bog'liq
2021 ЯНГИ УМК

Tabiiy shamollatish (aeratsiya).


Tabiiy shamollatish tashqaridan bino ichiga kiigan sovuq havo bino ichidagi issiqlik hisobiga issiqlik qabul qilib, isigandan keyin hajmi kengayganligi sababli yengillashib binoning yuqori tomonlariga qarab harakatlanadi va agar biz binoning yuqori qismida havoning chiqib ketishi uchun truba yoki tirqishlar hosil qilsak, unda biz,havoni tashqariga chiqarib yuborish imkoniyatiga ega bo'lamiz. Biz jarayon har qanday sanoat korxonasi binosida, shuningdek, har qanday binoda, ayniqsa, sovuq faslda uzluksiz davom etadi va bu hodisani aeratsiya deb yuritiladi. Mashinasozlik sanoati korxonalarida, ayniqsa, ko'p miqdorda issiqlik ajralishi bilan kechadigan jarayonlarda tabiiy shamollatishning ahamiyati nihoyatda katta bo'iadi. Chunki bu sexlarda almashtiriladigan havoning miqdori juda katta bo'lganligi sababli mexaniq shamollatishga juda katta mablag' sarflashga to'g'ri keladi. Bunday issiq sexlarda ajralib chiqayotgan issiqlikni tabiiy shamollatish yo'li bilan chiqarib yuborish anchagina iqtisodiy samara berishini hisobga olish kerak. Bunda asosiy e'tiborni havoni kirish yo'nalishlari va chiqish joylarini ta'minlash katta rol o'ynaydi. Ma'lumki, issiq havo yuqoriga qarab ko’tariladi, sovuq havo esa pastga yo'naladi. Shuning uchun ko'p miqdorda issiqlik ajralib chiquvchi sexlarda sovuq havoni poldan 4 m balandlikdan berish maqsadga muvoflq hisoblanadi. Sovuq havo pastga , qarab yo'nalishi borasida issiq havo bilan aralashadi, isiydi va vujudga kelgan tabiiy oqimlar harakatiga qo'shilib uzluksiz harakat hosil qiladi. Bu uzluksiz harakat davomida oqimlarga yangidan-yangi miqdorlar qo'shilishi natijasida yuqori to’siqlar tomon yo'naladi va bir qismi tabiiy shamollatish tirqishlaridan tashqariga chiqib ketadi, bir qismi esa sovib yana pastga qarab yo'naladi va bu bilan havoning xona ichidagi aylanma harakatini kuchaytirishga o'z hissasini qo'shadi. Shunday qilib, binolarning ichida havo harakatining tutash oqimlari vujudga keladi. Agar tashqarida havo nihoyatda issiq bo'lsa, (30—40 °C atrofida) tabiiy shamollatish ehtiyoji oshadi.

Aeratsiya (grekcha) ayog - vozdux - havo degani - shamollatish havoga to’yintirish mazmuniga egadir.

Aeratsiya - deb oldindan hisoblangan va tashqi metereologik sharoitga qarab o’zgartiriladigan - tabiiy tashkillashtirilgan havo almashtirish, shamollatishga aytiladi.

Aeratsiyalash ventilyatorlarsiz havoni harakat kuchi va shamol evaziga havo almashtirish tashkil qilinadi. Bu usul issiq sexlarda katta samara beradi lekin yozning issiq kunlarida samaradorligi bir oz kamayadi.

Sovuq kunlarda issiqlik chiqishi binoni isitishga sarflanadigan issiqlikdan 4-5 marta katta bo’lsa aeratsiya samarador bo’ladi. Binoni o’rab o’tuvchi shamolning ta’sirini ko’rsak (4- rasmga qarang) binoni yuzasida musbat va manfiy bosimlar hosil qilinadi.

Rasm-4. Binoga shamol ta’sirida hosil bo’luvchi aerodinamik havo oqimlari.
Binoni shamol tarafida bosim zonasi (musbat bosim) hosil bo’lib, binoni orqa tomonida - manfiy bosim (aerodinamik soya) hosil bo’­ladi. Agar manfiy bosim tomonida tuynuk bo’lsa, binoni ichki qismidagi havo bu tuynuk orqali surib chiqiladi. Binodagi yorug’lik-aeratsiya fanarlari yoritishdan tashqari havoni chiqarib yuborish vazifasini ham bajaradi. Shamoldan binoga hosil bo’ladigan kuchni aniqlash uchun model tuzilib bu model aerodinamik quvurga o’rnatiladi. Sinash natijasida aerodinamik koeffitsent b aniqlanadi.

b = R/vsh2×r/2

bu yerda,

R - binoning tashqi qismida hosil bo’luvchi musbat bosim yoki manfiy bosimli bo’shlik, Pa;

vsh - shamolning tezligi, m/s;

r - havoning tezligi zichligi, kg/m3.

Aeratsiya hisobi odatda uch usuldan birida bajariladi:

1. Sex ichida va tashqarisidagi havo zichligining farqi ta’sirida (issiqlik bosimi ta’sirida);

2. Shamol ta’sirida (shamol bosimi ta’sirida);

3. Issiqlik va shamol bosimlari birgalikdagi ta’siri ostida.

Eng sodda bo’lgan birinchi holni ko’rib chiqib, shunga oid bir misol yechib chiqaylik.

Misol: Zavodning mineral paxta chiqaruvchi sexida issiqlik ajraladi. Ishchilarga normal sharoit hosil qilish maqsadida aeratsiya qo’llaniladi. Bu maqsad uchun talab qilinuvchi havo almashish 260 000 m3 /soat tashkil qiladi. Yuqorigi shamollatish derazalar markazidan polgacha bo’lgan masofa N =14 m, pastgi va yuqorigi shamollatish derazalar markazi orasidagi masofa h = 11 metr. Havo bosimi 100225 kPa. Tashqi havo harorati ttash = 22°S, ishchi zonadagi harorat Dti.z 28°S, sexdagi harorat gradiyenti Dt = 10S/m.

Pastgi havo keluvchi (pritochniy) va yuqorigi havo tortuvchi (vыtyajnыye) shamollatuvchi derazalarning talab qilinuvchi yuzalarini aniqlash ta­lab qilinadi.




Download 4,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish