Konchilik ishi va metallurgiya


-Mavzu: Ishlab chiqarish xonalarining tabiiy yoritilishini aniqlash



Download 4,62 Mb.
bet67/206
Sana03.01.2022
Hajmi4,62 Mb.
#315394
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   206
Bog'liq
2021 ЯНГИ УМК

3-Mavzu: Ishlab chiqarish xonalarining tabiiy yoritilishini aniqlash.
Ishning maqsadi: Talabalarga ishlab chiqarish xonalarining tabiiy yoritilishini aniqlashni o’rgatish.

Darsning obyekti va jihozi: Mavzuga oid bo’lgan ilmiy-metodik adabiyotlar, fakultet xonasi.

Ishning bajarilish tartibi: Talabalar eng avvalo ishning nazariy qismini o’qib o’rganib, so’ngra daftarga yozib oladi, mavzu yuzasidan qisqacha hisobot yozishga hozirlik ko’radi.
Nazariy qism
Inson Hayoti uchun Yorug’lik katta axamiyatga ega bo’lib, uzini urab turgan muxit to’g’risidagi axborotlarni 90% dan kuprogini inson qurish sezgilari yordamida oladi. Qurish a’zolari, uskuna va jixozlar ishini boshqarishda, texnologik jarayonlarni nazorat qilishda ishlab chiqarishda xilma-xil ishlarni bajarish uchun keng kulamda foydalaniladi. Bu esa uz navbatida ma’lum bir yoritish sharoitlarini yaratishni talab kiladi.

Yoritish tizimi to’g’ri tashkil etilgan ishlab chiqarishda shikastlanishlar oldi olinadi, umumiy ishchanlik kobiliyati ortib, yaxshi kayfiyat baxsh etadi.

Misol uchun kupgina ilmiy tekshirish institutlarining ma’lumotlariga karaganda, qurish a’zolari yordamida bajariladigan ishlarda yoritilganlikni meyorda yoki undan ortik bo’lishiishlovchilarning ishchanlik kobiliyatini 10- 20% ortishiga, sifatsiz maxsulot tayyorlashni esa 20% ga kamayishiga va ishlab chiqarishda baxtsiz xodisalar sonini 30% ga pasayishiga olib kelishi aniqlangan. Yorug’likning pastligi esa (etishmasligi) e’tiborni pasayishiga kuzning charchashiga, oxiri kasbiy kasallik shapkurlikka olib keladi.

Sanoat korxonalari, ma’muriy maishiy xonalar xamda yordamchi binolar tabiiy, sun’iy va aralash usulda yoritiladi.

Ishlab chiqarish xonalarini yoritishda Mexnat muhofazasi quyidagi talablarni kuyadi: ish joylari bir tekisda yoritilib etarli bo’lishi va bajariladigan ishning qurish xususiyatga to’g’ri kelishi, ish joylarining yoritilish darajasi, turli narsalardan soya tushmasligi, ishlovchilarni kuzini kamashtirmasligi, ish predmetlari va narsalar yaltirab ishlovchilarning dikkatini chetga tortmaydigan bo’lishi, shuningdek yoritilgan ish joyi bilan atrof-tevarak bir-biridan keskin fark kilmasligi; yoritgichlardan tushayotgan Yorug’lik nuri to’g’ri yo’naltirilgan bo’lishi shart.
Tabiiy yoritish
Tabiiy yoritish manbai quyosh. Ishlab chiqarish korxonalarida yaxshi sanitariya va gigienik sharoitlar yaratish maqsadida xamma ishlab chiqarish binolari, ma’muriy va maishiy binolar kunduz kunlari tabiiy Yorug’lik bilan ta’minlanishi talab qilinadi.

Bu Yorug’likning afzalligi shundaki, ular tarkibida inson Hayoti uchun uta foydali bo’lgan ultrabinafsha va infraqizil nurlari mavjuddir.

YYer yuzasiga tushadigan umumiy quyosh nuri energiyasining 52% ga yakinini ko’zga ko’rinadigan nurlar, qolganlari ko’zga ko’rinmaydigan nurlar, shundan 43% ni infraqizil nurlar, 5% esa ultra binafsha nurlar tashkil etadi.

Ultrabinafsha nurlarning me’yordan kamligi yoki etishmasligi ishlovchilar organizmiga salbiy ta’sir etishi natijasida potologik uzgarishi, ya’ni kasb kasalligiga olib keladi. Xamma ishlab chiqarish va ma’muriy idoralardagi xonalar kunduz kunlari tabiiy Yorug’lik bilan ta’minlanishi shart. Istesno tarikasida tabiiy Yorug’likni sun’iy Yorug’lik bilan almashtirishga ruxsat etiladi.

Ishlab chiqarishda tabiiy Yorug’lik bilan ta’minlanganda ish unumdorligi, sun’iyga nisbatan 10 - 12% yuqori bo’lishi aniqlangan.

-Korxona binolarini tabiiy yoritishning quyidagi usullari mavjud:

-Agar korxona binolaridagi ishlab chiqarish urinlari derezalar yordamida yoritilsa – yon tomondan;

-Agar tomda o’rnatilgan Yorug’lik tushadigan tuynuklar yoki derezalar yordamida yoritilsa – yuqoridan yoritish

-Agar ikkalasi va sun’iy Yorug’likdan foydalanilsa – murakkab yoritish deyiladi. YOn tomondan yoritishda ish urinlari notekis yoritiladi, ya’ni derezaga yakin bo’lgan ish urinlari yaxshi yoritilib, derezadan uzoklashagan sari ish joyidagi Yorug’lik miqdori kamaya boradi. SHuning uchun ish joylarini bir tekis yoritishga yuqoridan yoritish foydalaniladi. Kunduz kunlari ish urinlarini yorituvchi manba quyosh bo’lganligi sababli uning ravshanlik darajasi kupgina omillarga; ya’ni: quyosh xolatiga, xavodagi bulutlarning oz-kupliliga, xavoning tozaligiga, yilning fasliga va x.k.larga bog’liq.

Uzbekiston xududida quyoshning yoritilganligi (kish faslida) 10 000 dan yoz fasllarida esa 40 000 lkdan ortik bo’ladi.

YOritilganlik deganda bir tekis yoritilayotgan sirt birligiga to’g’ri keladigan Yorug’lik oqimi tushuniladi. YOritilganlik E xarfi bilan belgilanib lyuksda ifodalanadi.


bu erda F – tushayotgan Yorug’lik oqimi, lyumenda

S – Yorug’lik tushayotgan yuza m2 da


Binolarni tabiiy yoritishda quyosh yorugligini bir xilda bulmasligini xisobga olgan xolda tabiiy yoritilganlik koeffitsienti bilan baxolanadi, ya’ni

bu erda Em – bino ichidagi biror M nuktaning yoritilganligi – lk

Et – tashkarida ochik xavodagi yoritilganlik. TYoK – tining me’yoriy qiymatlari QMQ da keltirilgan.


-Binolarni loyixalashda tabiiy Yorug’likni xisoblash paytida Yorug’likka ta’sir etuvchi kupgina omillarni xisobga olish kerak bo’ladi.
Vakt o’tishi bilan dereza oynalarining yuzalarini chang bilan ifloslanishi natijasida tabiiy Yorug’lik miqdori kamayadi, shuning uchun oynalar yilida 2-3 marotаba tozalab turish tavsiya etiladi, bundan tashkari bino intererlarini uz vaktida ranglab-oklab turish talab qilinadi.
Yorug’likni xisoblash
Svetotexnik xisoblashlar yordamida buyurilgan ishni bajarish uchun kerak bo’ladigan Yorug’lik bilan ta’minlash uchun yoritish uskunalaridagi chiroq kuvvati, chiroqlarning joylashish tartibi, chiroqlar va chiroqlar soni aniqlanadi.

Xisoblashlar quyidagi ifoda yordamida olib boriladi. Yorug’lik oqimi Fl, lm



bu erda Ew - me’yorlangan yoritilganlik, lk S – yoritiladigan bino yuzasi, m2, Z- 1,15 yoritishning notekisliylik kursatkichi, KZ – zaxira ko’rsatgichi bo’lib, binoning ifloslanish darajasiga bog’liq buli, kiymati SN i P dan olinadi, N- chiroqlar soni, n- yoritgichdagi chiroqlar soni, R – Yorug’lik oqimidan foydalanish ko’rsatgichi.

Yorug’lik oqimidan foydalanish ko’rsatgichi maxsus svetotexnik jadvallar yordamida aniqlanadi. Yorug’lik oqimidan foydalanish ko’rsatgichi, foydali ish ko’rsatgichi, yoritgichni Yorug’lik kuchi tarkalish chizigiga, devor, shiplarning kaytarish ko’rsatgichi, yoritgichni urnatish balandligiga bog’liq bo’ladi.

Sun’iy Yorug’likni xisoblashni oddiy usullaridan bir yoritilganlikni solishtirma kuvvat yordamida xisoblash usulidir.

Chiroqning kerak bo’ladigan kuvvati quyidagi ifoda orkali aniqlanadi.



PL – bitta chiroqning kuvvati Vt,

Pud – solishtirma kuvvat, Vt/m2,

N – yoritgichlar soni

S- binoning yuzasi, m2,

n – yoritgichdagi chiroqlar soni.

Xulosa: Ishlab chiqarishda Yorug’lik to’g’ri tanlansa va tula ta’minlansa, ishlab chiqarishda baxtsiz xodisalar oldi olinadi xamda yaroksiz maxsulot ishlab chiqarishda yul kuyilmaydi. Bundan tashkari ishlovchilar kasbiy kasallikka chalinmaydi.
Nazorat savollari.


  1. Ish joylarida yoritilganlik masalalari va me’yorlari.

  2. Maxalliy va shaxsiy yoritgichlarni qo’llanilishi.

  3. Yorug’lik turlari va ularga qo’yiladigan talablar.

  4. Yorug’likni o’lchash va o’lchash asboblari.

  5. Yorug’lik birliklari va Yorug’lik kuchi.




Download 4,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish