Konchilik ishi va metallurgiya


- mavzu: Ishlab chiqarishda yoritish va uning me'yorlari



Download 4,62 Mb.
bet14/206
Sana03.01.2022
Hajmi4,62 Mb.
#315394
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   206
Bog'liq
2021 ЯНГИ УМК

4- mavzu: Ishlab chiqarishda yoritish va uning me'yorlari.
Maqsad: bu mavzuni o’tishdan maqsad, ishlab chiqarish korxonalira va boshqa ish joylarida, mexnat texnika xavfsizligini to’g’ri tashkil qilish va ish sharoitini yaxshilash maqsadida inson eng kerakli bo’lgan yorug’lik bilan ta'minlashni yo’lga qo’yish o’rganiladi.

Reja:

1. Yoritish manbalari, turlari, usullari

2. Tabiiy yoritish

3. Sun'iy yoritish

4. Sun'iy yoritish manbalari

5. Yorug’likni xisoblash

Inson hayoti uchun yorug’lik katta axamiyatga ega bo’lib, o’zini o’rab turgan muxit to’g’risidagi axborotlarni 90% dan ko’prog’ini inson ko’rish sezgilari yordamida oladi. Ko’rish a'zolari, uskuna va jixozlar ishini boshqarishda, texnologik jarayonlarni nazorat qilishda ishlab chiqarishda xilma-xil ishlarni bajarish uchun keng kulamda foydalaniladi. Bu esa uz navbatida ma'lum bir yoritish sharoitlarini yaratishni talab kiladi.

Yoritish tizimi to’g’ri tashkil etilgan ishlab chiqarishda shikastlanishlar oldi olinadi, umumiy ishchanlik kobiliyati ortib, yaxshi kayfiyat baxsh etadi.

Misol uchun kupgina ilmiy tekshirish institutlarining ma'lumotlariga karaganda, qurish a'zolari yordamida bajariladigan ishlarda yoritilganlikni meyorda yoki undan ortik bo’lishiishlovchilarning ishchanlik kobiliyatini 10 - 20% ortishiga, sifatsiz maxsulot tayyorlashni esa 20% ga kamayishiga va ishlab chiqarishda baxtsiz xodisalar sonini 30% ga pasayishiga olib kelishi aniqlangan. Yorug’likning pastligi esa (etishmasligi) e'tiborni pasayishiga kuzning charchashiga, oxiri kasbiy kasallik shapkurlikka olib keladi.

Sanoat korxonalari, ma'muriy maishiy xonalar xamda yordamchi binolar tabiiy, sun'iy va aralash usulda yoritiladi.

Ishlab chiqarish xonalarini yoritishda mexnat muhofazasi quyidagi talablarni kuyadi: ish joylari bir tekisda yoritilib etarli bo’lishi va bajariladigan ishning qurish xususiyatga to’g’ri kelishi, ish joylarining yoritilish darajasi, turli narsalardan soya tushmasligi, ishlovchilarni kuzini kamashtirmasligi, ish predmetlari va narsalar yaltirab ishlovchilarning dikkatini chetga tortmaydigan bo’lishi, shuningdek yoritilgan ish joyi bilan atrof-tevarak bir-biridan keskin fark kilmasligi; yoritgichlardan tushayotgan yorug’lik nuri to’g’ri yo’naltirilgan bo’lishi shart.

Tabiiy yoritish.

Tabiiy yoritish manbai quyosh. Ishlab chiqarish korxonalarida yaxshi sanitariya va gigienik sharoitlar yaratish maqsadida xamma ishlab chiqarish binolari, ma'muriy va maishiy binolar kunduz kunlari tabiiy yorug’lik bilan ta'minlanishi talab qilinadi.

Bu yorug’likning afzalligi shundaki, ular tarkibida inson hayoti uchun o’ta foydali bo’lgan ultrabinafsha va infraqizil nurlari mavjuddir.

Yer yuzasiga tushadigan umumiy quyosh nuri energiyasining 52% ga yakinini ko’zga ko’rinadigan nurlar, qolganlari ko’zga ko’rinmaydigan nurlar, shundan 43% ni infraqizil nurlar, 5% esa Ultra binafsha nurlar tashkil etadi.

Ultrabinafsha nurlarning me'yordan kamligi yoki etishmasligi ishlovchilar organizmiga salbiy ta'sir etishi natijasida potologik uzgarishi, ya'ni kasb kasalligiga olib keladi. Xamma ishlab chiqarish va ma'muriy idoralardagi xonalar kunduz kunlari tabiiy yorug’lik bilan ta'minlanishi shart. Istesno tarikasida tabiiy yorug’likni sun'iy yorug’lik bilan almashtirishga ruxsat etiladi.

Ishlab chiqarishda tabiiy yorug’lik bilan ta'minlanganda ish unumdorligi, sun'iyga nisbatan 10 - 12% yuqori bo’lishi aniqlangan.

-Korxona binolarini tabiiy yoritishning quyidagi usullari mavjud:

-Agar korxona binolaridagi ishlab chiqarish urinlari derezalar yordamida yoritilsa – yon tomondan;

-Agar tomda o’rnatilgan yorug’lik tushadigan tuynuklar yoki derezalar yordamida yoritilsa – yuqoridan yoritish

-Agar ikkalasi va sun'iy Yorug’likdan foydalanilsa – murakkab yoritish deyiladi. Yon tomondan yoritishda ish urinlari notekis yoritiladi, ya'ni derezaga yakin bo’lgan ish urinlari yaxshi yoritilib, derezadan uzoklashagan sari ish joyidagi Yorug’lik miqdori kamaya boradi. Shuning uchun ish joylarini bir tekis yoritishga yuqoridan yoritish foydalaniladi. Kunduz kunlari ish urinlarini yorituvchi manba quyosh bo’lganligi sababli uning ravshanlik darajasi kupgina omillarga; ya'ni: quyosh xolatiga, xavodagi bulutlarning oz-kupliliga, xavoning tozaligiga, yilning fasliga va x.k.larga bog’liq.

O’zbekiston xududida quyoshning yoritilganligi (qish faslida) 10 000 dan yoz fasllarida esa 40 000 lkdan ortik bo’ladi.

Yoritilganlik deganda bir tekis yoritilayotgan sirt birligiga to’g’ri keladigan yorug’lik oqimi tushuniladi. Yoritilganlik E xarfi bilan belgilanib lyuksda ifodalanadi.


bu erda, F – tushayotgan yorug’lik oqimi, lyumenda




Download 4,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish