3-Mavzu: Ishlab chiqarish jarayonlari sanitariyasi va gigienasi.
Maqsad: Ishlab chiqarishda sanoat korxonalarini qurish paytida sanitar va gigena xonalarining to’g’ri tanlanishi, xamda sanitar ximoya zonalarining urnatilishi to’g’risida so’z yuritiladi.
Reja:
1. Ishlab chiqarish sanitariyasining asoslari.
2. Sanoat korxonalarini qurishda sanitariya va gigenaviy umumiy talablari va zararli moddalardan ximoya qilish.
3. Sanitariya ximoya zonalari.
Ishlab chiqarish sanitariyasining asoslari.
Mexnat gigienasi – tibbiyot fanining bir kismi bo’lib, ish sharoitlarining inson sog’lig’iga va ish kobiliyatiga ta'sirini o’rganadi, shuningdek, mexnat sharoitlarini sog’lomlashtirish xamda ishlab chiqarishni yuksaltirishga yo’naltirilgan sanitariya-gigiena, jaroxatlanishni, kasb kasalligini oldini olish va davolash tadbirlarini ishlab chiqadi.
Teri – inson tanasining tashqi qoplamasi bo’lib, uni turli mexaniq shikastlanishlardan saqlab, tana xaroratini bir maromda bo’lishini ta'minlab turadi. Balog'at yoshidagi kishi 180-200 C xaroratda engil jismoniy mexnat qilganda, sutkasiga o’rtacha 11340 J issiqlik sarflaydi. Inson uchun ko'rish, eshitish, nafas olish, sezish, asab sistemalari muxim omillar xisoblanadi. Inson 20 Gts dan 20000 Gts chastotali tebranishgacha bo'lgan tovush to’lqinlarini eshita oladi. Qulokning sezish qobilyati ancha yuqori bo'lib, 2000 Gts dan 4000 Gts gacha diapazondagi tovushlarni normal eshitadi. Biroq 8000 Gts dan pastroq va 6000 Gts dan yuqorirok chastotada sezish qobilyati bir muncha pasayadi. Xid bilish kabi sezgi organlari bilan kishi xavoning zararli moddalar bilan ifloslanganligini aniqlaydi. Bu xidlar uzoq vaqt ta'sir etishi natijasida odamning sezish kobiliyatini pasaytiradi.
Atrof muxitdagi o'zgarishlar (issiqlik va sovuq, namlik, shovqin, tebranish) odamning fiziologik ruxiy xolatiga ta'sir o'tkaza boshlaydi.
Ishlab chiqarish sharoiti yoki xolatini asosan 4 gruppa omillarga ajratish mumkin:
1-gruppa – atrof muxitning sanitariya gigiena xolati. Bularga xavo xarorati, atrof-muxitning tozaligi, Yorug’lik, tovush va boshqalar kiradi.
2-gruppa – mexnat vositalari: ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan mashina-mexanizmlar, asbob va moslamalar.
3-gruppa – tashkiliy formalar kiradi. Ular ish rejimi va dam olishga xamda mexnat taksimotiga asoslanadi.
4-gruppa – odamlarning uzaro munosabatlari, ish sharoitlari va mexnat natijasiga bo’lgan munosabatiga bog’liq ijtimoiy omillarni uz ichiga oladi.
Tog'-kon va metallurgiya sanoati korxonalarini ko'rishda sanitariya va gigienaviy umumiy talablari va zararli moddalardan himoya qilish.
Korxonalarning loyixalarida: 1) xona xavosiga, atmosferaga va oqova suvlarga zararli yoki yomon xidli moddalarning qo'shilmasligini yoki juda oz miqdorda bo’lishini, shuningdek, ish xonalarida issiq va namlikning ajralib chiqmasligini yoki juda oz miqdorda bo'lishini.
2) shovqin, titrash, ultratovush, radiochastotalarning elektromagnit to'lqinlari, statik elektr va ionlovchi nurlanishlar bo'lmasligi yoki juda oz miqdorda xosil bo'lishini ta'minlaydigan texnologik prosess va jixozlar ko'zda tutilishi lozim. Yuqorida sanab o'tilgan zararliklarni ajratib chiqadigan yoki shu zararliklarning manbalari xisoblangan korxonalarni turar joy binolaridan sanitariya-ximoya zonalari bilan ixotalash lozim. Sanitariya-ximoya zonasining ulchami korxona ajratib chikaradigan zararli moddalar miqdoriga bog'lik bo’lib 50 ... 1000 m ni tashkil etadi. Ishlab chiqarishda sanitariya-ximoya zonasi 5 klassga bulinadi (SN 245-71)
I kl – 1000 m, II kl – 500 m; III kl – 300 m; IV kl – 100 m; V kl - 50 m
I, II, III kl – kimyo, metallurgiya, ayrim ruda va rudasiz ishlab chiqarish korxonalari kiradi.
IV kl ga – kimyo va metallurgiya korxonalari bilan bog’liq ishlab chiqarish, elektr asbob-uskunalar ishlab chiqarish va metallarni ishlov berish korxonalari.
V kl ga – tipografiya, mebel fabrikalari, engil sanoat korxonalari (Shvey, XBK, pitshevoy va boshqalar). Birta ishlovchiga to’g’ri keladigan ishlab chiqarish xonalarining xajmi 15 m3 dan, xonalar saxn esa 4,5 m2 dan kam bulmasligi kerak.
Ishlab chiqarish binoalari va inshootlarining derazalarida shamollatish uchun yorug'lik tushadigan joylar umumiy saxnining 20% ini tashkil qilishi, ochiladigan tabakalar kilinishi kerak.
Sanitariya – maishiy xonalarning 1 kishiga to’g’ri keladigan saxni quyidagicha xisoblanadi. (me'yorlangan)
- Gardirob va yuvinish xonalari – 0,6 m2
- Dushlar (bir dush xonaga 5 ta odam xisobida ) – 0,43 m2
- Dam olish, isinish va ovkatlanishga muljallangan xonalar – 1m2
- Korjomani kuritish xonalari – 0,2 m2
- Xojatxona – 40 kishiga 1 ta unitaz.
Agar ishlab chiqarishda ishlaydigan ayollar soni 100 dan kup bulsa, ayollarning shaxsiy gigiena xonasi kuzda tutiladi. Bu xonaning saxni 1 ta ayolga 0,18 m2 dan to’g’ri keladi.
Xulosa: Ishlab chiqarishdagi korxonalar kurilganda ularni xar tomonlama ishchi xizmatchilar uchun kulay ish sharoitini yaratilgan xolda kurilishini ta'minlash, xamda sanitar ximoya zonasini to’g’ri urnatish, korxona joyini to’g’ri tanlash to’g’risida tula ma'lumot berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |