Terrorizm nima - terroristik ko'poruvchilik harakatlari oqibatida keyingi yillarda jahonning turli hududlarida ro'y berayotgan terrorchilikning yovuz ko'rinishlari tobora kuchayib bormoqda. Ya'ni, tinch aholini o'ldirish, garovga olish, binolar va turar joylarni portlatish, bosqinchilik, qo'poruvchilik kabi qabiq jinoyatlar orqali millionlab insonlarning tinch hayotini izdan chiqarish, qo'rqitish va zo'ravonlik bilan o'zining qora niyatlariga erishishga qaratilgan tajavuzkor harakatlari avjiga chiqib, shafqatsiz tus olmoqda. 2001 yilning 11 sentyabrida AQSh da sodir etilgan hunrezliklar, shuningdek, Turkiyada, Arab davlatlarida, Rossiya Federiyasida amalga oshirilgan vahshiyliklar insoniyatni larzaga soldi. Xalqaro terrorizmning Anna shunday o'ta ketgan yovuzliklari jahondagi sog'lom fikrli kishilarning qahru– g'azabini uyg'otdi, unga nisbatan aslo befarq bo'lish mumkin emasligini ko'rsatdi. Bugunga kelib, terrorizm deyarli o'zining mukammal, aniq maqsadlarga yo'naltirilgan o'z sistemasiga ega bo'lgan dahshatli tashkilotga aylanib ulgurdi. Endi ular aniq maqsadlariga, bu maqsadlarni amalga oshirish uchun milliardlab sarmoyalarga ega. Endi oldimizda shunchaki o'qotar qurollar bilan qurollangan, quturgan jangarilar to'dasi emas, puxta ishlab chiqilgan rejaga asosan ish yurituvchi, aqlli, tajribasi, o'z ishining ustasi bo'lgan makkor dushman turibdi. Mana ularning maqsadlari:
1.Terrorizm tahmin qilgan bir siyosiy va iqtisodiy maqsadga erishgan;
2.Ularga qarshi chiqqan tarafni qo'poruvchilik, bosqinchilik yoki qo'rqitish yo'li bilan bartaraf etish;
3. Ommaviy – ruhiy qo'rqituv;
4.Ommaviy – axborot vositalari orqali xalqni o'z oqimiga targ'ibot qilish;
5. Din niqobi ostida o'z yovuz maqsadlariga erishgan;
Terrorizmning usullari.
Terrorchilar o'z maqsadlari yo'lida quyidagi usullardan foydalanadilar;
-Uylarni, binolarni, jamoat transportlarni, do'konlarni, bozorlarni, odamlar gavjum va ommaviy tadbirlar o'tkaziladigan joylarni portlatish;
-Tinch aholini garovga olish;
-Qurol–yarog'ishlatish bilan odamlarni o'ldirish;
-O't qo'yish;
-Epidemiya tarqatish;
-Zaharlanish;
-Bosqinchilik;
Qo'poruvchilik harakatlaridan qanday saqlanish mumkin? Terrorchilar o'z maqsadlariga erishish uchun turli usullardan foydalanadilar. Shuni nazarda tutib, yurtimizda barqarorlikni ta'minlash, uning ravnaqi yo'lida halol qilayotgan har bir pok niyatli respublikamiz fuqarosi hushyor va sergak bo'lishi, talab etiladi. Ana shundagina sodir bo'lishi mumkin bo'lgan ko'ngilsiz voqealarning oldini olish mumkin. Har bir fuqaro ko'chada, jamoat transportda, bekatlarda uylar eshigi oldida, ma'muriy binolarda, odamlar gavjum joylarda, bozorlarda, do'konlarda, ommaviy yig'inlar bo'ladigan joylarda, qarovsiz qoldirilgan transport, sumka, paket, quti, jamodan va boshqa buyumlarga e'tibor berish lozim.Ushbu buyumlar tashqi jihatidan chiroyli, kishini o'ziga jalb qiladigan bo'lishi mumkin. Lekin birgina hushyorlikni unitib qilingan nojo'ya harakat o'nlab insonlarning hayotiga Zomin bo'lishi mumkin.Shuning uchun ham ogohlikni bir zum unutmagan holda:
-agar qarovsiz yotgan buyumni jamoat transportida ko'rib qolsangiz, atrofingizdagilardan kimning buyumi ekanligini so'rang, hech kim javob bermasa, darhol haydovchiga xabar bering.
-agar qarovsiz yotgan buyum uy eshigi oldida yoki yo'laklar bo'lsa, ko'ni-qo'shnilardan kimning buyumi ekanligini so'rang, egasi topilmasa, darhol uyingiz yaqinidagi milisiya bo'limiga xabar bering va topilmani ko'rgan vaqtingizni belgilab qo'ying.
-agar qarovsiz yotgan buyum ma'muriy bino oldida yotgan bo'lsa, darhol ma'muriyatga xabar bering.
-agar qarovsiz yotgan buyum bozorda yoki do'konda bo'lsa, zudlik bilan milisiya bo'limiga yoki ma'muriyatga xabar bering.
-bozorlarda, do'konlarda, temir yo'l vokzallarda, bekatlarda, aeroportlarda va avtovakzollarda begona shaxslarning narsalarini, ya'ni sumka, paket, diplomat, jamoadan va shu kabi buyumlarni qarab turishni yoki biror manzilga olib qo'yish tavsiya etilmaydi, chunki, uning ichida qo'lbola portlovchi qurilma(modda) bo'lishi mumkin.
-bolalar bog'chasiga kelgan kichkintoylar o'zining o'yinchog'ini uyda qoldirib kelgan bo'lsa va o'yinchog'ini sizga olib kelinadigan bo'lsa, bu o'yinchoqni olish tavsiya etilmaydi, chunki uning ichida qo'lbola portlovchi qurilmalar(modda) bo'lishi mumkin.
Yuqorida aytilgan hollarda va shunga o'xshash hollarda topilgan buyumga;
-tegish;
-joyidan qo'zg'atish;
-ichini ochish; qat'iyan man etiladi.
Shubhali buyum oldiga mutaxassislar etib kelgunga qadar hech kimni yaqinlashtirmaslik kerak, iloji boricha shubhali buyum atrofida to'planganlarni uzoqroq masofaga borishni iltimos qiling (so'rang).
Shubhali buyum ichida ko'lbola portlovchi qurilma yoki portlovchi modda bo'lishi mumkin, shuning uchun quyidagi jadvalda ko'rsatilgan uzoqlikka borishlik tavsiya etiladi:
- RGD-5 granatasi...................... 60 metr
- F-1 granatasi............................ 200 metr
- Trotil shashkasi (200 gramm). .50 metr
- Trotil shashkasi (400 gramm). .60 metr
- Mon-50 minasi......................... 100 metr
- Quti........................................... 150 metr
- Paket........................................ 100 metr
- Avtoulov................................... 1000 metr
Do'stlaringiz bilan baham: |