|
Davlatning ilmiy va innovatsiya faoliyatiga faol aralashuvi ko‘yidagi yo‘nalishlarda
|
bet | 95/237 | Sana | 26.02.2022 | Hajmi | 2,25 Mb. | | #465532 |
| Bog'liq 2 5316904001864733116
Davlatning ilmiy va innovatsiya faoliyatiga faol aralashuvi ko‘yidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
davlatning innovatsiya soxasi infrastrukturasini yaratish va ilmiy-texnik aloka takliflarini kiritish;
innovatsiya soxasida barcha tashkilotchilarning innovatsiya faolligini oshirishga yordam beruvchi sharoit yaratish;
xo‘jalik amaliyotida keng tarkalgan yangilikka talabni shakllantirishning boshlang‘ich bosqichi uchun davlat resurslari ajratilishi.
Ilmiy-tadqiqot natijalarini realizatsiya qilish natijasida olgan foydadan imtiyozli solik olish;
Ilmiy tadqiqotlar ixtiyorida bo‘lgan yordamchi va boshqa mulkdan solik olishni bekor qilish;
Ilmiy ish olib borish uchun xorijiy mamlakatlardan olib kelinadigan buyumlar uchun to‘lovlardan ozod qilish;
Individual ixtirochilar va kichik joriy etish korxonalari uchun foizsiz kreditlar berish;
Imtiyozli soliklar imkoniyati bo‘lgan venchur innovatsiya foydani yaratish;
Individual ixtirochilar uchun davlat patent to‘lovini kamaytirish;
Resurslarni iktisod kiluvchi ixtirochilar uchun to‘lov muddatini kechiktirish;
Uskunalarni amortizatsiyasini tezlashtirish xuquqini berish;
Texnopark va texnopolis tarmoqlarini yaratish.
Ilmiy va innovatsiya soxasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplariga ko‘yidagilar kiradi:
ilmiy va ilmiy-texnik ijodkorlik;
intellektual mulkni xuquqiy ximoya qilish;
ilmiy, ilmiy-texnik va ta’limning integratsiyasi;
ilmiy va texnika soxasidagi raqobatni ko‘llab-quvvatlash;
ilmiy rivojning ustivor yo‘nalishlari bo‘yicha resurslarni konsentratsiyalash;
ilmiy, ilmiy-texnik va innovatsiya faoliyatining tadbirlar faolligini moddiy rag‘batlantirish;
xalqaro ilmiy xamkorlikni rivojlantirish.
Davlat organlarining funksiyalari. Davlat organlarining innovatsion soxadagi asosiy funksiyalari kuyidagilar xisoblanadi:
tadqiqot va ishlab chiqarishga mablag‘larni yo‘naltirish;
innovatsion faoliyatni muvofiklashtirish;
innovatsion jarayonlarni rag‘batlantirish va mazkur soxada raqobatni kuchaytirish;
innovatsion xavf-xatarni sug‘urta qilish;
zaxiralarni o‘zlashtirish va maxsulotlarni ishlab chiqish bo‘yicha majburiyatlarni bajarilmaganligi uchun davlat sanksiyalarini joriy etish;
innovatsion jarayonlarni boshqarishning xuquqiy asosini yaratish, xususan mualliflik xuquqi va intellektual mulkni ximoya qilish;
innovatsion faoliyatni kadrlar bilan ta’minlash;
innovatsion jarayonning institutsional ta’minoti;
innovatsiyaning ijtimoiy va ekologik yo‘nalishi;
innovatsion faoliyatning ijtimoiy statusini oshirish;
innovatsion jarayonlarni mintakaviy tartibga solish;
innovatsion jarayonlarning xalqaro yo‘nalishlarini tartibga solish.
Do'stlaringiz bilan baham: |
|
|