Lenta eni
|
1000
|
1200
|
1600
|
1200
|
1800
|
Harakat tezligi, m/s
|
2,26
|
2,58
|
1,6-3,15
|
3,6
|
4,35
|
Unumdorlik, t/s
|
500
|
800
|
600-1950
|
5000
|
3150
|
Konveyer stavining uzunligi, m
|
400
|
800
|
1100
|
800
|
500
|
Yuritgich quvvati, kvt
|
75
|
150
|
400-800
|
400
|
1500
|
Ochiq kon ishlari uchun katta konveyer komplekslari GDR, Chexiya,
Germaniya, AKSh va Rossiya mamlakatlarida ishlab chiqiladi.
§. AG'DARMALAR HOSIL QILISH JARAYONI TO'G'RISIDA
UMUMIY MA'LUMOTLAR.
Ag'darmalarni hosil qilish to'g'risida tushuncha.
Agdarma hosil qilish usuli qo'llaniladigan transport va ishchi uskunalar turlariga bog'liqdir. Temir yo'l transportida - ekskavatorli (mexanik kurakli,
Konchilik ishi asoslari
abzettserli), plugli va buldozerli ag'darmalar, avtomobil transportida buldozerli, konveyer transportida esa, ag'darmaga tog' jinslarini joylashtirishda konsolli ag'darma hosil qilgichlar qo'llaniladi.
Ochiq kon ishlari natijasida qazib olingan qoplovchi jinslarni va nokonditsion hisoblangan foydali qazilma to'planadigan joyga ag'darma deyiladi. Ularni joylash bilan bog'liq bo'lgan texnologik jarayonga ag'darma hosil qilish deyiladi.
Ag'darma ishlari kompleksiga tog' jinslarini bo'shatish, ag'darma pog'onasini tekislash va himoya valini shakllantirish yoki ag'darmada tog' jinslarini ekskatvatorlar, ag'darma hosil qilgich, avtosamosvallar bilan joylashtirish va transport kommunikstiyalarini yangi holatga siljitish.
Chegarasiga nisbatan joylashuviga ko 'ra ag’darmalarning 3 tun mavjud: tashqi - karyer chegarasidan tashqarida, ichki - karyer chegarasidan ichkarida, va kombinastiyalashgan - qisman karyerning ishlab chiqilgan maydoniga, qisman karyer tashqarisida joylashtirilgan.
Ichki ag'darmalar malum kon-geologik sharoitlarga ega (gorizontal va nishab) konlarda va transportsiz (a) hamda transport-ag'darma (b) qazish tizimlarida hosil qilinadi.
a 6
15.1 rasm. Ichki ag'darma hosil qilish. a - transportsiz, b - kombinastiyalashgan sxemada
Ichki ag'darma hosil qilishda ochish ishlari nisbatan arzon, ularni tashkil etish va ishlab chiqarish oddiy. Biroq ularni qo'llash sharoitining chegaralanganligi hisobiga ular amaliyotda kamdan kam holatlarda qo’llaniladi.
Konchilik ishi asoslari
Tashqi ag'darma joyning relefini inobatga olgan holda, imkon qadar
karyerga yaqin joyga joylashtiriladi.
Turg'unligi bo'yicha - doimiy va vaqtinchalik ag'darmalarga bo'linadi. Ag'darma o'z konstruktsiyasiga ko'ra kon massasi uyumi hisoblanib, bir necha qatlamdan (yarusdan) iborat va planda noto'g'ri shaklga ega to'g'ri burchakka yaqin bo'ladi.
Bitta ag'darmaga alohida qilib 4 xil turdagi tog' jinsi yoki nokonditsion foydali qazilmalar joylashtirilishi (tog' jinslarini navlarga bo'lgan holda joylashtirish) mumkin. Qazib chiqarilgan qoplovchi jinslar qayta ishlov beruvchi va qurilish sanoatining xom ashyosi yoki nokonditsion foydali qazilma hisoblangan (nokonditsion - ma’lum vaqtda iqtisodiy samara bermaydigan, ammo texnik va texnologiyaning rivojlanishi bilan birgalikda kelgusida samarali b o'lishi mumkin bo'lgan foydali qazilma) hollarda ag'darmalar alohida (navlarga bo'lib) joylashtiriladi. Bunda har xil turdagi kon jinslari bir-biriga qo'shilib ketmasligi, bir-birini yopib qo'ymasligi zarur. Natijada ag'darma uchastkalarga bo'linadi. Har bir uchastka atrofida birinchi yarusdan to oxirgi yarusgacha bir xil turdagi tog' jinsi joylashtiriladi. Tog' jinslarining fizika-mexanik xususiyatlari va sifat ko'rsatkichlariga bog'liq bo'lmagan holda g'aramlash yalpi g'aramlash deb aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |