a - to'g'ri kurakli; b - qaytma kurakli; v - draglayn; g - greyfer; d - zanjirli ko'p cho'michli ekskavator; e - rotorli ekskavator; j - g'ildirakli skreper; z - buldozer; i - shnekli burg'ulovchi mashina; Ekskavatsiyalovchi mashinalar. Bu mashinalar qazish joyida ishlaydi va cho'michi bilan qazilgan tog' jinsini mashina konstruktsiyasida ko'rsatilgan masofaga va ag'darmaga yuklaydi (bo'shatadi), bularga misol qilib draglaynni olish mumkin.
Qazib-tashuvchi mashinalar. Bu mashinalar qazib olingan tog' jinsini iqtisodiy jihatdan samarali bo'lgan masofagacha tashiydi. Bunga misol qilib g'ildirakli yuklagichlarni, sidirg'ich va buldozerlarni keltirish mumkin.
Tog' kon va transport mashinalari komplektida ekskavatsiyalovchi mashinalar texnologik oqimda asosiy o'rinni egallaydi. Bu mashinalarning
Konchilik ishi asoslari unumdorligi tog' jinslarini qazib olishga qanday tayyorlanganligiga va transport xizmatining qanday ko'rsatilishiga bog'liq buladi. Transport xizmati ko'rsatish deganda - transport kommunikastiyalari barpo etish va transport vositalarining ritmik tarzda yetkazilib turilishi tushuniladi. Ekskavatsiyalovchi mashinalar unumdorligiga qazish joyi parametrlari va ishlash texnologiyalari aloxida ta'sir ko'rsatadi.
Zaboy turlari.
Yumshoq va mustaxkam tog' jinslari bevosita to'g'ridan to'g'ri massivdan qazib olinadi. Portlatib maydalangan tog' jinslari esa razvaldan, ya'ni portlatilgan kon massasi uyumidan qazib olinadi.
Massivdan yoki razvaldan qazib olish ob’ekti hisoblangan tog' jinsi yuzasi zaboy deyiladi.
Tog' jinslarini qazib olishda quyidagilar zaboy hisoblanadi:
I 4 4- yon Pog'onaning yon qiya tomoni (8.2. rasm a,e,j);
Pog'ona maydonchasi (8.2. rasm b);
Pog'onaning bo'ylama qiyaligi (8.2. rasm. v)
Portlatilgan tog' jinsini qazib olishda portlatilgan kon massasi uyumining qiya tomoni, bo'ylama qiyaligi va ba’zida uning yuqori yuzasi zaboy hisoblanadi. Va bevosita mos ravishda zaboylar quyidagicha nomlanadi:
-I- yon qiya zaboy;
-I- bo'ylama zaboy;
-I- zaboy maydoncha.
Ko'pincha pog'onaning bo'ylama qiyaligi ish fronti bilan mos tushadi va shu sababli ham bo'ylama zaboy, frontal zaboy deb yuritiladi.
Ba’zi hollarda kombinastiyalashgan zaboy qo'llanladi. Bunda bir vaqtning o'zida pog'onaning yoki portlatilgan kon massasi uyumining 2 yuzasi qazib olinadi.