Dunyoning engyirik karyerlari.3
Dunyodagi eng yirik temir ma’danini qazib olish karyeri Minnesota shtatida joylashgan bo'lib, uzunligi 8 km, eni 3,2 km, chuqurligi 180 m. Dastlabki qazish ishlari 1895 yilda yer osti usulida boshlangan.
Bingham Canyon mis qazib olish rudnigi. U o 'zining tarkibiga 620 tonna oltin, 5000 tonna kumush, 276 tonna molibden va katta miqdordagi platina va palladiydan iborat.
§. OCHIQ KON ISHLARINING ASOSIY BOSQICHLARI.
Umumiy holda butun ochiq kon ishlari kompleksi bir-biriga bog'liq bo'lgan quyidagi ishlab chiqarishning asosiy bosqichlarini o'z ichiga oladi:
Konning kon-kapital ishlari olib boriladigan qismini tayyorlaganda - kon kapital ishlari olib borish uchun sharoit yaratish, ya’ni o'rmonlarni kesish, to'nkalarni kovlab olish, daryo va irmoqlarni karyer maydonidan uzoqlashtirish, botqoqliklarni quritish, bino va inshootlarni buzish, avtomobil trassalari va temir yo'llarni boshqa yerga olish, shuningdek elektr uzatish liniyalari va telefon aloqalarini xavfsizlantirish ishlari amalga oshiriladi.
Ochiq kon ishlari olib borilayotgan hududda bexatar ishlar sharoitini yaratish maqsadida konda quritish ishlari amalga oshiriladi.
Quritishning quyidagi turlari mavjud:
-I- kayer maydonining yuza qismini quritish;
-I- konni yer ustki suvlaridan himoyalash;
-I- konni dastlabki quritish;
-I- konni j oriy quriti sh.
Konning yuza qismini, ya’ni cho'kindi qoplama jinslarni quritish va konning ustki qismidan suvni chiqarib tashlash odatda qurituvchi drenaj kanav (ariq) lar yordamida amalga oshiriladi.
Karyerni (konni) yer ustki suvlaridan himoyalash maqsadida (yomg'ir suvlari, qor erishidan hosil bo'lgan suvlar va qo'shni suv omborlaridan keladigan
Konchilik ishi asoslari
suvlar) konchilik ishlari olib boriladigan hudud chegarasi tashqarisida suv qochirish kanav (ariqcha) lari o'tiladi.
Konni dastlabki quritish - qazib olish ishlari boshlashdan oldin o'tkaziladi. Buning uchun konda yer osti drenajlovchi laximlar o'tiladi yoki konda suv sathini pasaytiruvchi skvajinalar o'tiladi.
Joriy yoki ekspluatatsion quritish - konni qazib olish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi va qazib olinadigan uchastkadan suvni chiqarib tashlashdan iboratdir.
Karyerga keladigan suvni yo'qotish kombinatsiyalashgan usulda, ya’ni ochiq va yer osti usulida suvni chiqarib tashlash yordamida amalga oshiriladi. Bunda birinchi holatda suv suv yig'uvchiga to'planadi va nasos yordamida yuzaga chiqariladi, ikkinchi holatda esa, maxsus skvajinalar orqali yer osti drenaj laximlariga to'planadi va drenaj shaxta stvoli bo'ylab yuzaga ko'tariladi.
Kon-kapital ishlari
Kon-kapital ishlaridan asosiy maqsad - konni ochishdir va kapital hamda qirqim transheyalar o'tishdan iboratdir.
Konni ochish - karyer qurilishi davrida transport vositalarining foydali qazilmaga yetib borishini ta'minlashdir.
Kapital transheya - ishchi gorizontni ochish uchun xizmat qiluvchi ochiq qiya kon laximi bo'lib, transport vositalarini yer yuzasidan kongacha yetib borishini ta'minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |