- “KONCHILIK ISHI ASOSLARI VA ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI” fanidan
1. Shaxta maydonini qanot va gorizontlarga ajratish. - 1. Shaxta maydonini qanot va gorizontlarga ajratish.
- 2. Gorizontlar bo‘yicha shaxta maydonini tayyorlash usuli.
- 3. Shaxta maydonini tayyorlashning aralash usuli.
Shaxta maydoni zahiralarini qazib olish iqtisodiy samaradorligini ta’minlash maqsadida, uning maydoni, miqyosining qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, qoidaga asosan, kchik qismlarga ajratish maqsadga muvofiq hisoblanadi. - Shaxta maydoni zahiralarini qazib olish iqtisodiy samaradorligini ta’minlash maqsadida, uning maydoni, miqyosining qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, qoidaga asosan, kchik qismlarga ajratish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
- Shuning uchun shaxta maydonini ochish masalalarini hal qilishdan oldin uni qanday qismlarga ajratish kerakligini aniqlash talab etiladi. Chunki shaxta maydonini ochish, uni qismlarga ajratish va foydali qazilma zahiralarini qazishga tayyorlash ishlari o‘zaro bog‘liq va ularning o‘lchamlari ham bir-biriga mos kelishi kerak.
- Shaxta maydonlari bloklarga ajratilgan va ajratilmagan bo‘lishi mumkin (11.1-rasm).
-
- 11.1.-rasm. Shaxta maydonini gorizontlarga (a) va bloklarga (b) ajratish.
Blok – er yuzidan uning hududida joylashgan kon lahimlariga toza havo yuborish va ishlatilgan havoni chiqarib tashlashni, odamlarni shaxtaga tushirish va chiqarish, materiallar hamda usunalarni tashishni ta’minlash maqsadida o‘tilgan stvollar orqali ochilgan shaxta maydonining bir qismidir. - Blok – er yuzidan uning hududida joylashgan kon lahimlariga toza havo yuborish va ishlatilgan havoni chiqarib tashlashni, odamlarni shaxtaga tushirish va chiqarish, materiallar hamda usunalarni tashishni ta’minlash maqsadida o‘tilgan stvollar orqali ochilgan shaxta maydonining bir qismidir.
- Foydali qazilma va kon jinslarini er yuziga ko‘tarish bosh stvol orqali amalga oshiriladi. Blok hududida joylashgan bosh stvollar – markaziy stvollar deyiladi va ular shaxta maydonidagi barcha bloklarga hizmat qiladi. Bloklar o‘zaro katta kesim yuzasiga ega bo‘lgan maydon shtreklari orqali birlashtiriladi.
- Yotiq ko‘mir qatlamlarini qazib olishda har qanday kon-geologik sharoitlarda ham shaxta maydonini tik stvollar bilan ochilganda, uni ikki-uch va undan ko‘p taxminan bir-biriga teng qismlarga bo‘linadi. Bu qismlarning har biri gorizont deb yuritiladi.
- Gorizont – bu shaxta maydonining og‘ish yo‘nalishi bo‘yicha bosh tashish shtreki bilan, yuqori yoki quyi tomonidan shaxta maydonining bir qismidir. SHaxta maydonining cho‘ziqlik bo‘yicha chegaralari gorizontning yon tomonlari chegaralari hisoblanadi (4.2-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |