Nematoblastli struktura. Ayrim minerallar (Kuznetsov Е.A. bo'yicha) prizma bo'yicha uzun kristallarni hosil qilishga moyildir. Minerallar bir yo'nalishda joylashadi. Bekkeni fikricha nematoblastli strukturada tolali minerallar chalkash agregatlarni hosil qiladi.
Fibroblastli stuktura. Bu struktura nematoblastli strukturadan jinsni uzun tolali minerallardan tashkil topganligi bilan farq qiladi. Halqasimon struktura serpentinitlarga xosdir.
Jinsda ko'p miqdorda yo'nalgan halqalar bo'ladi, serpentindan tashkil topgan yo'llar har xil tomonga yo'nalganligi xosdir. Yo'llar tolasimon tuzilgan serpentindan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |