Konchilik” fakulteti “konchilik ishi” kafedrasi “geodeziya”


- MA’RUZA. GEODEZIYADA QO‘LLANILADIGAN KOORDINATALAR SISTEMALARI. ORIYENTIRLASH BURCHAKLARI. TO‘G‘RI VA TESKARI GEODEZIK MASALALAR



Download 5,77 Mb.
bet6/64
Sana03.04.2022
Hajmi5,77 Mb.
#526369
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
Geodeziya maruzalar matni

2 - MA’RUZA. GEODEZIYADA QO‘LLANILADIGAN KOORDINATALAR SISTEMALARI. ORIYENTIRLASH BURCHAKLARI. TO‘G‘RI VA TESKARI GEODEZIK MASALALAR.


Reja:

  1. To‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasi.

  2. Astronomik koordinatalar sistemasi.

  3. Geodezik koordinatalar sistemasi.

  4. Zonaviy to‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasi

  5. Azimutlar. Rumblar. Direksion burchaklar.

  6. Direksion burchak bilan rumb burchak orasidagi munosabat.

  7. Haqiqiy va magnit azimutlar.



Tayanch iboralar: tekislikdagi, fazoviy, koordinatalar sistemasi, xususiy koordinatalar sistemasi, astronomik, geografik, kenglik, uzoqlik, astronomik meridian, geodezik meridian, geodezik parallel, ekvator, absolyut balandlik, absolyut otmetka, shartli balandlik, nisbiy balandlik. chiziqning yo‘nalishi, azimutlar, meridian, soat strelkasining yo‘nalishi, to‘g‘ri azimut, teskari azimut, meridianlarning yaqinlashish burchagi, rumb burchaklar, o‘tkir burchak, to‘g‘ri va teskari rumb, choraklar, direksion burchak, to‘g‘ri va teskari direksion burchak, haqiqiy va magnit azimut, magnit strelkaning og‘ish burchagi, to‘g‘ri va teskari magnit azimutlar, magnit strelkasining engashuvi.

Yer yuzasidagi uchastka planini yoki kartasini chizishda joydagi nuqtalar o‘rnini tekislikda to‘g‘ri tasvirlash uchun joy kattaligi va yer shaklining qanday olinishiga qarab, to‘g‘ri burchakli, geodezik va astronomik koordinatalar sistemasi ishlatiladi.


To‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasi. Bu sistema analitik geometriyadagi kabi ikkiga bo‘linadi: a) tekislikdagi koordinatalar, b) fazoviy koordinatalar. Agar joy kichik bo‘lib, yerning sfera ekanligi hisobga olinmay, u tekislikda tasvirlansa, to‘g‘ri burchakli yassi Dekart sistemasi koordinatalari qo‘llaniladi. Bunda meridian yo‘nalishi x deb qabul qilinib, y ning qiymati o‘qdan sharqqa tomon musbat, o‘qdan g‘arbga tomon manfiy ishorada olinadi. x o‘qqa perpendikulyar ekvator yo‘nalishi y o‘q bo‘lib, x qiymatlari y o‘qdan shimolga tomon musbat, janubga tomon manfiy ishora bilan olinadi. Ikki o‘q kesishgan O nuqta koordinatalar boshi bo‘ladi. A nuqtaning o‘rni koordinatalari (-3, +4) bo‘yicha 2.1-shakldagi kabi ko‘rsatiladi. Ikki o‘qning kesishuvidan hosil bo‘lgan choraklar nomeri shimoli-sharq choragidan boshlab, o‘ngga tomon shakldagi kabi oshib boradi.

2.1-shakl. 2.2-shakl.
Injenerlik ishlarida o‘qlari ixtiyoriy qabul qilingan koordinatalar sistemasi ham ishlatiladi. U xususiy koordinatalar sistemasi deyiladi.
Nuqta o‘rni fazoga nisbat berib (uch o‘qli qilib) belgilansa, fazoviy koordinatalar sistemasi deyiladi. Masalan, kosmik geodeziyada yuldoshlar o‘rnini aniqlashda fazoviy to‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasi qo‘llaniladi. Bunda koordinatalar boshi sifatida yer ellipsoidining markazi olinadi. Yerning qutbiy aylanish o‘qi z o‘qi deb, ekvator tekisligining bosh meridian bilan kesishgan nuqtasi x o‘qi, x o‘qiga perpendikulyar yo‘nalish y o‘qi deb qabul qilinadi. Bu sitema geodeziyada kam qo‘llaniladi.

Download 5,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish