Konchilik” fakulteti “konchilik ishi” kafedrasi “geodeziya”



Download 5,77 Mb.
bet16/64
Sana03.04.2022
Hajmi5,77 Mb.
#526369
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   64
Bog'liq
Geodeziya maruzalar matni

Masshtablar. Plan, karta va profil joyda o‘lchangan gorizontal, vertikal uzunliklarni bir necha marta kichraytib qog‘ozga tushirish orqali chiziladi. Uzunlikni kichraytib yoki kattalashtirib ifodalash masshtab deyiladi. Plandagi kesma uzunligi l ning shu kesmaning joydagi uzunligi L ga bo‘lgan nisbati plan masshtabi deb ataladi. Kichraytish darajasini son yoki chiziq bilan ifodalash mumkin; shunga ko‘ra, masshtab sonli va chizig‘iy (grafik) bo‘ladi. Surati bir bo‘lib, maxraji kichraytish darajasini ko‘rsatuvchi oddiy kasr sonli masshtab deyiladi. Masalan, plandagi l=5 sm joydagi L=100 m bo‘lsa, planning sonli masshtabi bo‘ladi, ya’ni plan chizishda joyda o‘lchangan chiziq o‘zunligi 2000 marta kichraytib qog‘ozga tushiriladi. Sonli masshtab maxraji kichik son bo‘lsa, yirik masshtab, katta son bo‘lsa, mayda masshtab deyiladi. Masalan, -yirik, -mayda masshtab. Injenerlik geodeziyasi ishlarida , , , va masshtablar ko‘proq qo‘llaniladi.
Kichraytish darajasini ko‘rsatuvchi sonli masshtab maxrajini M desak, bo‘ladi. Bundan
L=M l (3.1)
kelib chiqadi. Plan asosan chizg‘iy masshtab bo‘yicha chiziladi.
Kichraytirish uzunlik birligi bilan ifodalansa, bunday masshtab chizig‘iy masshtab deyiladi; chizig‘iy masshtab oddiy va ko‘ndalang chizig‘iy masshtablarga bo‘linadi.
Oddiy chizig‘iy masshtabda kichrayish bir to‘g‘ri chiziq kesmalari orqali grafikaviy ravishda ifodalanadi. Bir AB to‘g‘ri chiziq chap uchidan boshlab, 2 sm dan qo‘yib chiziladi. 2 santimetrli har bo‘lak msshtab asosi deyiladi va a bilan belgilanadi.

3.2-shakl.
CHapdagi birinchi asosi 10 ga teng bo‘lakka bo‘linadi (3.2-shakl). Asosining o‘ndan bir bo‘lagi, ya’ni eng kichik bo‘lak r dir.
Shunda bo‘ladi. Masalan, sonli masshtab 1:1000 bo‘lsa, plandagi 1 sm joydagi 10 m ga, 2 sm—20 m ga to‘g‘ri keladi, bunda a=20 m. Asos 10 bo‘lakka bo‘linganda bir bo‘lakning qiymati m bo‘ladi. Birinchi asosning o‘ng uchiga hamisha 0, chap uchiga esa asosning a qiymati (misolda 20) yoziladi. Qolgan asoslarning o‘ng uchiga to‘g‘ri kelgan qiymatlari shakldagi kabi (20, 40, 60) yoziladi. Masshtab bo‘yicha 47 m ni ko‘rsatish uchun o‘lchagichning bir oyog‘i 40 yozilgan bo‘lakka, ikkinchi oyog‘ini esa 0 dan chapdagi 3,5 bo‘lakka qo‘yiladi (0,5 m gacha chamalab olinadi). Oddiy chizig‘iy masshtabning aniqligi kichik bo‘lganidan, injenerlik ishlarida ko‘proq ko‘ndalang masshtab ishlatiladi.
Ko‘ndalang chizig‘iy masshtab geometriya qoidalariga asoslangan formula bo‘yicha yasalib, bunda chiziq uzunliklari aniq topiladi. Masshtab yasash uchun AF to‘g‘ri chiziqning chap uchidan 2 santimetrli AB=BC=CD kesmalar qo‘yib chiqiladi (3.3-shakl). Bular masshtab asoslari deyiladi. Asosning joydagi uzunligini a bilan belgilaylik. Asoslar uchidan chiqarilgan per-pendikulyarning uzunligi ixtiyoriy olinadi, ya’ni AK=BN va hokazo.
Masshtab kurimli bo‘lishi uchun perpendikulyar balandligini asosga teng qilib, ya’ni 2 sm olish qulayroq. Keyin K dan AV ga parallel o‘tkazilsa, kvadratlar yoki to‘g‘ri to‘rt burchakliklar chiqadi. CHapdagi asos m bo‘lakka, balandlik p bo‘lakka bo‘linsa, masshtab asosining bir bo‘lagi , balandlikning bir bo‘lagi esa bo‘ladi. V nuqta nolaviy nuqta deyilib, u N dan keyingi bo‘lak M bilan tutashtirilsa, VM qiya chiziq yasala-diki, bu chiziq tranversal deyiladi va masshtab tranversalli masshtab bo‘ladi. Asos bo‘laklaridan tranversal VM ga parallel chiziqlar o‘tkazilsa, KN ham t ta teng bo‘lakka bo‘linadi. AK ning bo‘laklari uchidan asosga parallel chiziqlar o‘tkazilsa, ko‘ndalang masshtab yasalgan bo‘ladi. Masshtabdagi eng kichik kesma xu (K ning tagidagi bo‘lak ham) masshtabning eng kichik bo‘lagi deyiladi. Buning qiymati masshtab yasash va undan foydalanishda qo‘llaniladi.


Download 5,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish