Концепция реализации денежно-кредитной политики



Download 460,71 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/20
Sana14.02.2023
Hajmi460,71 Kb.
#911159
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
Pul-kredit siyosatini amalga oshirish Konsepsiyasi - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

Kredit kanali
pul-kredit siyosatining asosiy ta’sir kanallaridan biri bo‘lib, ushbu kanal orqali foiz stavkasi iqtisodiyotning real sektoridagi jarayonlarga o‘z
ta’sirini ko‘rsatadi. Mazkur kanalning samaradorligi ko‘p jihatdan kredit resurslariga bo‘lgan talab va taklifning Markaziy bank foiz stavkalarining
o‘zgarishiga nisbatan ta’sirchanligiga bog‘liq hisoblanadi.
Bugungi kunda iqtisodiyotdagi pul massasi oshishining asosiy qismi kredit kanali hissasiga to‘g‘ri kelganligi bois, uning o‘zgarishi ichki bozordagi narxlar
darajasiga o‘zining salmoqli ta’sir ko‘rsatadi.
Xususan, 2017 yil birinchi yarim yilligida tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektorini kreditlash hajmlarining sezilarli darajada oshirilishi pul
massasi o‘sish sur’atining tezlashishi va iqtisodiyotdagi inflyatsion bosimning kuchayishiga olib keldi.
Iqtisodiyotni kreditlash darajasini barqarorlashtirish maqsadida 2017 yilning ikkinchi yarmidan Markaziy bank tomonidan qayta moliyalash stavkasi 14
foizgacha oshirilib, pul-kredit siyosati qat’iylashtirildi. Bu esa, o‘z navbatida, kredit resurslari foiz stavkalarining oshishiga olib keldi.
O‘z navbatida, tijorat banklari tomonidan kreditlarni bozor shartlari asosida berilmasligi, ya’ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturlari doirasida
imtiyozli va maqsadli kreditlar berilishi kredit kanali samaradorligining pasayishiga sabab bo‘lmoqda.
Bunday holatlarda Markaziy bank tijorat banklariga nisbatan prudensial nazorat talablarini kuchaytirish va pul-kredit siyosatining instrumentlaridan
oqilona foydalanish asosida milliy valyutadagi kredit va depozitlarning jozibadorligini oshirish siyosatini faol ravishda olib borishni ko‘zda tutmoqda.
Markaziy bankning foiz siyosatini amalga oshirishda kredit resurslarini moliyalashtirish manbalari xususiyatlari inobatga olinib, bozor mexanizmlariga
asoslanmagan kreditlar ta’sirini kamaytirish bo‘yicha choralar kuchaytiriladi.
Valyuta kursi kanali
. Mazkur kanal ta’siri pul-kredit siyosati shartlarining o‘zgarishi natijasida almashuv kursining ichki hamda tashqi tovar va xizmatlarga
bo‘lgan nisbiy talabning o‘zgarishi orqali namoyon bo‘ladi.
Boshqa tomondan, Markaziy bank foiz stavkasining o‘zgarishi milliy valyutadagi moliyaviy aktivlar daromadlilik darajasining mos ravishda o‘zgarishiga olib
kelib, almashuv kursiga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin.
Ichki valyuta bozorining liberallashtirilishi jarayonida milliy valyuta almashuv kursining devalvatsiyasi aholining inflyatsion kutilmalarini oshirib, valyuta
kanalining inflyatsion kutilmalar kanali bilan aloqasini kuchaytirdi.
Bunda, inflyatsion targetlashga o‘tish almashuv kursining erkin bozor sharoitida shakllanishi talab qilinishini inobatga olib, valyuta kursi kanali va aholining
inflyatsion kutilmalari darajasi orasidagi aloqadorlikning muntazam ravishda kamaytirib borilishi o‘rta muddatli davrdagi muhim vazifalardan biri
hisoblanadi. (
valyuta siyosati qismida batafsil yoritilgan
)

Download 460,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish