Kon mashinalarining texnik aniqlanishi (diagnostikasi). Reja: Texnik diagnostika Texnikaviy diagnostika vositalari


Ta’mirlash konstruktorlik-texnologik hujjatlashtirish



Download 213,44 Kb.
bet4/4
Sana08.04.2022
Hajmi213,44 Kb.
#537382
1   2   3   4
Bog'liq
Kon mashinalarining texnik aniqlanishi

Ta’mirlash konstruktorlik-texnologik hujjatlashtirish

Ta’mirlash hujjatlari ishlab chiqarish ta’mirlashga tayyorlash, ta’mirlash va ta’mirlashdan keyin buyumlarni nazorat qilish uchun mo’ljallangan bo’ladi. U iqtisodiy jihatdan texnik parametrlar va ularni xarakteristikasini tiklashni maqsadga muvofiqligi va texnik mumkin bo’lgan, ekspluatatsiya vaqtida o’zgaradigan va buyumlardan maqsadli foydalanish mumkinligini aniqlab beradigan buyumlar uchun ishlab chiqiladi.Ta’mirlash hujjatlari barcha ta’mirlash ishlari turiga alohida qilib tuziladi.
Ta’mirlash ishlab chiqarishida maqsadidan qat’iy nazar tajriba ta’miri uchun ta’mirlash hujjatlari belgilangan ta’mirlash seriyasi va belgilangan seriyaviy yoki ommaviy ta’mirlash ishlab chiqarishi bilan farqlanadi.
Ta’mirlash hujjatlari ta’mirlash ishlab chiqarishining hajmiga muvofiq ishlab chiqiladi (yakka, seriyali yoki umumiy ta’mir) iqtisodiy maqsadga muvofiqligini hisobga olgan holda va ta’mirlash korxonalarida texnik mumkin bo’lgan guruhlar ta’mirlash hujjatlari uchun mo’ljallanadi.
Ta’mirlash hujjatlarini ishlab chiqishda tayyorlovchi zavodning ta’mirga yaroqligi tahlili va ekspluatatsiya vaqtida detallarning buzilganligi, buyumning kafolat muddati davomiyligi; analogik buyumlar va boshqalar ta’miridagi tajriba borasidagi konstruktorlik, texnologik va ekspluatatsion hujjatlaridan foydalaniladi.
(13.2) tablitsada ta’mirlash hujjatlarini to’plami sifatida hujjatlar jamlanmasi (ishchi, ekspluatatsiya va ta’mirlash) tushunilishi ko’rsatilgan, ta’mirlashda buyumni texnik jihatdan to’g’ri tiklash uchun zarur bo’lgan va kelgusida ma’lum bir vaqt davomida undan foydalanish ehtimolini ta’minlash ifodalangan.
Ta’mirlash bo’yicha umumiy rahbarlik har bir ta’mirlash uchun alohida bo’ladi. U ta’mirlashni tashkil etish va texnologiyasi bo’yicha umumiy ko’rsatmalarni ifodalashi kerak: texnik talab; buyumni ta’mirlashdan keyin ehtiyojni qondirishini ifodalovchi ko’rsatkich va normalar. Rahbarlik quyidagi bo’limlardan iborat: kirish, ta’mirlashni tashkil etish, ta’mirlashga qabul qilish va uni ta’mirlash fondida saqlash, ob’ektni demontaj qilish va keyingi bo’laklash, defektlashni tashkil etish, namunali detallar ta’miri, yig’ma birliklarni birlashtirish, ob’ektda buyumlarni yig’ish va sinash, himoyalash qoplamasi, korservatsiyalash, markirovkalash, qadoqlash, transportirovkalash va uni saqlash.
“Ta’mirlashni tashkil etish” bo’limida keltiriladi: buyumni ta’mirlashdagi tipovoy texnologiya jarayoni sxemasi va uning tavsifi, ro’yxat va texnologik uchastkalarda buyumni ta’mirlashda talab qilinadigan umumiy tavsif, ishlab chiqarish binosiga ( zarur maydon, bino balanligi va boshq) talablar, bir shakldagi ish o’rinlarini tashkil etish afzalligi,ko’tarma-transport vositalariga xarakteristika, ta’mirlash va boshqalarda energiya kuchlari bilan ta’minlash.
Umumiy texnik shartlarda (TSH) kapital va (yoki) o’rta ta’mirlashda umumiy texnik talablar keltiriladi, bular ko’rsatkichlar va me’er barcha ta’mirlangan buyum talabga javob berishi kerak.
Ta’mirlash hujjatlari tiklanadigan detallarni ta’mirlash vaqtida (iqtisodiy maqsadga muvofiqligi doirasida) maksimal darajada lozim bo’lgan nomenklaturasini nazarda tutadi.
Ta’mirlash usullari, ta’mirlangan buyumga qo’yilgan texnik talab, buyumni ta’mirlashdan keyin undan foydalanishni belgilab beruvchi xarakteristikasi, boshqa ko’rsatkich va materiallar va ehtiyot qismlar sarfi me’erini o’z ichiga olgan ta’mirlash hujjatlari texnik asoslangan va tajribaviy tekshirilgan bo’lishi kerak.
Detalni ta’mirlashdan keyin tiklash va yig’ma birliklar o’lchami ko’rsatiladi, parametrlari va texnik tavsifi ishchi hujjati bo’lishi kerak, unda ta’mirga muhtoj emasligi, shuningdek ta’mirdan chiqarishga ruxsat berish va ular foydalanish uchun ta’mirsiz ruxsat etilishi mumkinligi ko’rsatiladi.
Ta’mirlash hujjatlarida ayrim operatsiyalar yuqori xavfsizlik talablari ko’rish bilan bog’liq holda bajarilgani alohida izohlanadi
Zarur hollarda ta’mirlash hujjatlari rasmlar bilan bezash mumkin.
Illyustratsiya elementlarida ta’mirlash usullari ko’rsatilishi, GOST 2.604-68 ga mos bajarilishi kerak bo’ladi.
Ta’mirlash chizmalari to’plamiga detallarni va yig’ma birliklarni ta’mirlash, yig’ish va ta’mirlangan buyumlarni nazorati, qo’shimcha detallarni va ularni o’lchamini tayyorlash, hamda ta’mirlash natijasida kiritilgan o’zgartirishning gabaritli va montaj chizmalari va turli sxemalar chizmalari kiradi.
Detallarning ta’mirlash o’lchami qat’iy va joyiga moslab qo’yish uchun xizmat qiladiganga bo’linadi. Qat’iy – detalning batamom ta’mirlashdagi o’lchami, joyiga moslab qo’yish uchun xizmat qiladigan- detallar o’lchami belgilangan hisob bo’yicha joyiga belgilangan “joyi bo’yicha” moslab o’rnatish.

Ta’mirlash chizmasida faqat o’lchamlar ko’rsatiladi, og’ish oxiri, tirqishlar va boshqa ma’lumotlar buyumni yig’ish va ta’mirlash jarayonida tekshirilgan va bajarilgan bo’lishi kerak.
Bu chizmalarda ( yig’ma birlik va yangi tayyorlanayotgan detallar chizmasidan tashqari) faqatgina yig’ma birlik va detalni ta’mirlash uchun qirqimlar, kesimlar turlari ifodalangan bo’lishi kerak. CHizmalarda detalni ta’mirlashning bir yoki bir nechta elementlari bir nechta variantlari tushuntirilgan holda ko’rsatilishiga yo’l qo’yiladi
Ta’mirlashga loyiq bo’lgan joy yaxlit asosiy liniya orqali va tasvirning boshqa qismi yaxlit yupqa liniya bajariladi. Payvandlash, kavsharlash va boshqalarni qo’llash 13.6. rasmda nomi, markasi, ta’mirlashda foydalaniladigan material o’lchami, materialdagi standart raqami ham ko’rsatilgan.

Detallarning yeyilgan qismini yangisiga almashtirish bo’yicha detalni ta’mirlash bo’yicha detalda olib tashlanadigan qismi ta’mirlash uchun eskizini tayyorlashda u shtrix nuqtali liniyada ifodalanadi.
Hamma yozuvlar, tablitsalar, detallar, yig’ma birliklar ta’mirlash buyumlarining ta’mirlash chizmasiga texnik talab GOST 2.316-68 asosida bajariladi.
Ta’mirlash chizmalarida detallar va yig’ma birliklarning belgisi uchun T(ta’mirlash)harfi qo’shiladi, masalan ta’mirlash yig’ish chizmasi – TYCH.
Agar chizma bir qat’iy o’lchamda bo’lsa, unda chizmadagi detalning ta’mirlash o’lchovi mos bo’lsa ta’mirlash chizmasi belgisi qatoriga 1,2.3. raqami qo’shiladi va boshq. Bunday hollarda ta’mirlash chizmasi detalning bir nechta toifali o’lchamiga ega bo’ladi, detalni bildiruvchi belgi oldiga kasr drob (/) qo’shiladi, birinchi toifali detalning ta’mirlash o’lchamiga muvofiq keluvchi son yonida R harfi va raqam turadi, uning maxrajida ta’mirlashning ikkinchi va uchinchi toifasini bildiruvchi – R harfi va raqam bo’ladi.Ta’mirlash chizmasini joyiga moslab qo’yish uchun xizmat qiladigan detal o’lchamini bildiruvchi P harfi qo’shiladi.
Download 213,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish